O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
 
© Falsafa (mantiq, etika, estetika), T.T.Malikov, 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, 2020 y. 



MUQADDIMA 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani rivojlantirish 
uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qо‘ygan 
о‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari 
mavjud. Bu borada, avvalo, О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov 
asarlarida bugungi о‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilganligi, 
xamda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan falsafa fani oldidagi dolzarb 
muammolarning mazmun-mohiyati, ularni hal qilish yо‘llari va barcha ijtimoiy fanlar 
qatorida falsafa fani taraqqiy etishi masalasiga alohida e’tibor berilayotganligini 
ta’kidlash lozim.
Shu bilan birga, bugungi о‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi 
jihatlar alohida о‘rin tutadi: 

xalqimizning о‘z milliy an’analariga sodiqligi; 

mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi; 

muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi; 

mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar. 
Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy 
muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad 
va ehtiyojlarining о‘zgarishi, inson ma’naviyati oshirish va yoshlar ongiga milliy 
g‘oyani singdirish xamdir. Bu borada davlatimiz raxbari Sh.Mirziyoyev 2019 yil 23 
avgust kuni о‘tkazilgan Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning 
malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlodni ma’naviy yuksaltirish 
masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish 
sari” tamoyiliga asoslangan xolda milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta 
ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruxida 
tarbiyalash dolzarb masalamiz bо‘lishi kerak” deb о‘rinli ta’kidladilar. 
«Falsafa» fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va 
boshqa oliy о‘quv yurtlarida о‘rganish uchun majburiy xisoblangan fundamental 
fanlardan biri bо‘lgan va shunday bо‘lib qolmoqda. 



Mazkur fanni mohiyatini о‘rganishimiz jarayonida, uning о‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson о‘z-о‘zini xamda о‘zini qurshagan 
dunyoni anglab yetishida qanday rol о‘ynashini tushuna boshlaymiz. 
О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek 
«Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam meditsina yoki ta’lim, 
san’at yoki madaniyat sohasi vakili bо‘ladimi, bundan qat’i nazar hayotning, о‘z 
kasbining ma’no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish 
uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur 
xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi bо‘lish uchun falsafiy tafakkur 
qobiliyatiga ega bо‘lish darkor»
1
. Shundagina inson buyuk allomalar orzu qilgan fozil 
odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa 
qо‘sha oladi. 
Ma'lumki, falsafa inson ma'naviy hayoti va bilimlarining qadimiy tarmog‘i 
hisoblanadi. Barcha mamlakatlar va mintaqalardagi odamlar qariyb uch ming yildan 
buyon turli shakllarda, avval afsonalar shaklida, keyinchalik muayyan nazariy 
tuzilmalar tizimi va bir butun konsepsiyalar shaklidagi «insonni o‘rab turuvchi olam 
aslida nima hamda unda inson qanday o‘rin va vazifani egallaydi?» degan savolni 
ko‘ndalang qo‘yadi va bu savolga javob berishga urinadi. Hozir, XXI asrda ham 
dunyoda ko‘rsatib o‘tilgan savollarga javob berishga urinuvchi ko‘plab nazariy 
konsepsiyalar mavjud. Shuni ta'kidlash joizki, o‘tmishdagi va hozirgi kundagi falsafiy 
qarashlar ko‘p jihatdan bir-biridan farq qiladi. Biroq shunday bir umumiylik ham 
mavjudki, u mazkur savollarni aynan falsafiy savollarga tenglashtirish imkoniyatini 
beradi. Falsafa tarixining har bir bosqichida, har bir falsafiy tizimda inson mazkur 
savollarga oid javoblardan haqiqat zarralarini izlab topishga urinadi. Aynan mana shu 
zarralar falsafiy bilim tuzilmasiga kiritilib, har bir muayyan bosqichda umuman 
falsafa asoslarini tashkil etadi. Taqdim etilayotgan mazkur o’quv qo’llanmada aynan 
mana shu asoslar to‘g‘risida so‘z boradi. 
Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan 
1
Karimov I.A. Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini rо‘yobga chiqarish - bugungi 
kunning ustuvor vazifasidir // Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. -T.: «О‘zbekiston», 2006 y. 
117-b 



hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari muhim o‘rin tutadi. 
Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati 
hamda orzu intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va 
millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni 
buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga 
aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Insoniyat azal-azaldan olam 
va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida 
yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlaydi. Umrning 
mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday ma’no 
bor kabi masalalar barchani o‘ylantiradi. Falsafa ana shunday masalalar bilan 
shug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Falsafaning asosiy vazifasi inson onggida 
sog’lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Olam va odamlar 
o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, 
o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari 
falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi. Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik 
tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ilm va madaniyatning ajralmas tarkibiy 
qismidir.
Falsafa fanining dolzarbligi bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida 
vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy me’rosini 
asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini 
turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zarurligi 
bilan belgilanadi. Ushbu fan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘tilishi 
belgilangan bo‘lib, o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qarashlarini 
mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, unga munosabat 
bildirishni shakllantiradi.
Barcha falsafiy ta’limotlar milliy, mintaqaviy jihatlarga ega bo’lsa ham, olamni 
bilish, fan va amaliyot yutuqlarini ilmiy umumlashtirishning bir-biri bilan bog‘langan 
turli yo‘llari va usullaridir. Tabiat, jamiyat, inson va uning ma’naviyati tahlili tarixida 
ularning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati bor. Shu sababli naterializm va idealizmni bir-
biriga qarama-qarshi qo‘yish, ulami progressiv va reaksion sinflarning mafkurasi 



sifatida ta’riflab: birini ijobiy, ikkinchisini salbiy deb baholash ilmiy tafakkur 
mezonlariga ziddir. Falsafa aniq tarixiy davrlarda, sharoitlarda muayyan darajada 
rivojlangan, yaxlit fan hisoblanadi. 
Falsafa inson bilimlarining oddiy yig‘indisi emas, balki ularni aqliy 
umumlashtirish asosida shakllangan, ilmiy, axloqiy asoslangan umumiy xulosalar 
tizimidir. Inson falsafiy tafakkur orqali o‘z mohiyatini, borliqdagi o‘rnini biladi, 
avlodlar qoldirgan meros, o‘z davrining amaliy, ilmiy yutuqlarini umumlashtirib, 
olamni bir-biri bilan bog'langan, taraqqiyotda bo'lgan jarayon sifatida anglaydi, 
istiqbol rejalarini belgilaydi.
 
Falsafa — tafakkur madaniyati, borliq haqidagi 
bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining 
umumlashgan ifodasidir. 
Falsafa insoniyat tarixida amalga oshirilgan boy tajribani yaxlit o‘rganib, 
umumlashtirib, ulaming ijobiy, salbiy jihatlarini tahlil etib, kelajakni oldindan 
ko'rishga imkon beradigan, kishilarning yangi sharoitlardagi faoliyatiga asos 
bo‘ladigan umumiy xulosalar tizimini yuzaga keltiradi. Falsafada o‘tmish tahliliga 
katta e’tibor berilsa ham, asosiy maqsad — jamiyatning, insonning istiqboli bilan 
bog‘liq bo‘lgan muammolami o‘rganishdir. Shu jihatdan jamiyatning tarixi va 
kelajagini yoritishga qaratilgan barcha ijobiy ijtimoiy, siyosiy g‘oyalar, jumladan 
milliy g‘oyalar ham o‘ziga xos falsafiy umumlashmalar va xulosalardir. 
Falsafaga yangicha yondashish uning inson ijtimoiy, ma’naviy kamolotidagi 
o‘rni va ahamiyatini ko‘rsata bilishni ham taqozo etadi. Bu fan faqat 
faylasuflargagina emas, barcha sog‘lom fikrlovchi, aqlli insonlarga xos tafakkur 
usulidir. Falsafani bilmaydiganlar ham, hatto uni inkor etuvchilar ham, o‘z hayoti va 
aqliy salohiyatida falsafiy fikrlash ehtiyoji doirasidan chiqib keta olmaydilar. 
Jamiyatda, jamoa ichida yashash, faoliyat ko‘rsatish ehtiyojlari, imkoniyatlari, hayot 
quvonchlari va tashvishlari bizni hamma vaqt falsafiy fikrlar girdobiga tortadi. 
Falsafaning ilmiy umumlashmalar qilish sohasidagi imkoniyatlari boshqa birorta 
fanda yo‘q. Falsafani fan sifatida o'rganish: inson o‘z hayoti va aqliy faoliyatida, 
fikrlash jarayonida o'tgan ajdodlar yaratgan meros, qadriyatlar, an’analar, fikrlash 
usullariga, mukammal g‘oyalarga tayanishiga imkon beradi. Falsafani yoshlarga 



o‘rgatish esa ularni erkin, ijodiy fikrlab, hayot saboqlaridan, olgan bilimlaridan 
mustaqil xulosalar chiqarishga o‘rgatishdir.
Shubhasizki, bu muhim vazifani bajarish falsafa fanini ijodiy rivojlantirish, uni 
oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishni yaxshilash, davrimizning talab va ehtiyojlariga mos 
keladigan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish bilan ham bog'liq. Zero, 
falsafa inson dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir etadigan ma’naviy omillardan 
biri, uning ilmiy-nazariy asosi bo‘lmog‘i zarur. 
Falsafaning yuqorida bayon qilingan mohiyati va ahamiyatidan kelib chiqqan 
holda ushbu o‘quv qo‘llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi tomonidan 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 
“Falsafa fani dasturi” asosida oliy o‘quv yurtlaring oqituvchilari va falsafa asosiy 
mutaxassislik fani bo’lmagan yo’nalishdagi talabalar hamda keng kitobxonlar 
ommasi uchun yozildi.





Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish