ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik,
energetika resurslari, qashshoqlikka chek qо‘yish
muammolarini kiritish mumkin.
14
Kо‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan,
muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va obyektiv
sabablar tо‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui
tarzida birinchi о‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va
muammolar о‘z ahamiyatini yо‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning
tahlil predmeti bо‘lmay qoladi, degan ma’noni anglatmaydi. Bosh mavzularni
ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi о‘ringa surib qо‘yadi, ular muayyan
davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan о‘rin olish yoki falsafiy
muammolarning ustuvorliklar yunalishi bо‘ylab yuqoriga kо‘tarilish uchun о‘z
vaqtini «kutib», gо‘yoki panada turadi, desak, tо‘g‘riroq bо‘ladi. Ayni shu sababli biz
falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil о‘zgarishini, u yoki bu
masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e’tibori ma’lum vaqt
mobaynida unga qaratilishini kо‘ramiz.
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. «Filosof» so’zini ham
yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo’llagan.
Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya oyinlari misolida quyidagicha tushuntirib
bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi
va o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq qilish, boyligini
ko’paytirish uchun, uchinchisi esa, oyindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va
aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor
talqiniga ko’ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi
nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shunday. «Dunyo teatrga o’xshaydi, unga
kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o’z rolini oynab dunyoni tark etadi», degan
fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to’g’risida bosh ham
qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uyro’zqor tashvishlari bilan o’tkazadi.
Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qoyadi. Uchinchisi esa, olam
hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun
ibrat bo’larli hayot kechiradi.
15
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega
bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni
faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanganlar.
Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash
ko’zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillarda
yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor
o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda
tutgan.
"Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470—399-yillarda
yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O’z-o’zingni yerga urish,
tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa —
faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy,
imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi
donishmand bobolarimiz o’z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish,
insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan
to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki
mutafakkir deb bo’lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular
o’z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Xudoning o
’
zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega
bo’lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran
insoniy g’oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan
donishmand odamlar bo
’
lgan.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual
dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos
dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy
dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish
mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga
olish lozim.
16
Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha
rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar
shakllanadi. Bu — dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli
hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bolib, ongning sodda namoyon bo’lish
shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa
yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli
sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har
kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglanaladi. Demak, dunyoqarash
o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan
stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim
masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni
ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |