Tayanch
tushunchalar:
falsafa,
falsafaning
milliyligi,
falsafaning
umuminsoniyligi, faylasuf, falsafiy muammolar, dunyoqarash, tafakkurning
o‘zgarishi, dunyoqarashning yangilanishi, dunyoqarashning vazifalari, mifologik
dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafaning vazifalari.
Takrorlash uchun savollar
1.
«Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?
2.
Falsafaning bahs mavzulari nima?
3.
Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz?
4.
Falsafa milliy bo‘lishi mumkinmi?
5.
«Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.
25
2-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti jarayonida inson va uning mohiyati, borliqqa
munosabati, borliq haqidagi umumiy bilimlarning shakJlanishi va rivojlanishiga oid
bo’lgan turli ta’limotlar yuzaga keldi. Bu ta’limotlarda insonning mohiyati va
borliqqa munosabati masalasi o’sha davrdagi nazariy fikrlar, dunyoqarashlar asosida
tahlil etildi. Ayrim falsafiy ta’limotlar tarix sahnasidan tushib, o’rniga yangilari
shakllandi. Lekin, inson o’zini qiziqtirgan falsafiy muammolarga hanuz to’la javob
topa olgani yo’q. Biror muammo falsafiy chuqur tahlil etilsa, o’rniga ko’plab
yangilari kun tartibiga qoyila boshladi. Shu asosida o’rganiladigan falsafiy
muammolar doirasi ham tobora kengayib,murakkablashib bordi. Umar Hayyom
yozganidek:
„Azal sirin bilolmasmiz, na sen-i, na men,
Bu jumboq, hal etolmasmiz, na sen-i, na men.
Parda orqasidadir bu g’uvurimiz,
Parda ketar-u, qolmasmiz, na sen-i, na men“.
Tarixda, men o’zimni qiziqtirgan barcha savollarga to’liq javob topdim, degan
dono mutafakkir bo’lgan emas. Donolarning donoligi — bilganidan ko’ra, bilmagani
ko’pligini anglashidir. Tarixda falsafa rivojiga hissa qo’shgan buyuk allomalar ham
umrining oxirida, men hech narsa bilmay dunyodan o’tib ketmoqdaman, deb armon
bilan hayotdan ko’z yumganlar. Ular hayot vaqtida
«parda orqasida»
bo’lib
ko’ringan sirlar keyin ochilgan. Lekin buni ko’rish ularga nasib etmagan. Shu sababli
insoniyat tarixida yuzaga kelgan har bir yangi ta’limot haqiqatni bilish yo’lidagi
kichik bir pog’onadir. Bu yo’ldagi falsafiy bilimlar rivojining har bir pog’onasi xoh
idealistik bo’lsin, xoh materialistik bo’lsin, inson ma’naviyati taraqqiyotida o’ziga
xos o’rni va ahamiyati bor.
Qadimgi Sharqda falsafaning rivojlanishi, о‘ziga xosligi va betakrorligidan
qat’iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur
Sharqda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi
mifologiya
negizida vujudga
kelgan. Mifologiya inson о‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy
26
sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni
va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi.
Ikkinchidan, Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bо‘lishi bilan ijtimoiy ong
shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga
kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan
avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa bu yerda jamiyatning sinfiy
tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer
mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan
miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Shu bilan birga, Sharqning о‘ziga xosligi, unga mansub bо‘lgan madaniy
taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qо‘shilgan
munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari
tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq
sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani vauning qadriyatlarini о‘zida aks
ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir kо‘rsatganini doimo esda
tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, kо‘pgina mutaxassislar
bizning Vatanimiz о‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi
sivilizatsiyalaridan biri bо‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri
insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining о‘ziga xosligi, boshqarish va
iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bо‘lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu
madaniyat о‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida “Eng qadimgi tarix"
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar о‘sha davrlarda qanday siyosiy
jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bо‘lganini yaxshi biladi. Biz
bugun о‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-
mulohazalari, о‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq
tanishmoqchimiz. Kо‘hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bо‘lgan Misr,
qadimgi zamonda ilk о‘troq hayot va о‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan
27
Nil daryosi bо‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi
2
.
Uchinchidan, Sharq falsafasi
umuminsoniy qadriyatlar
ga qarab mо‘ljal oladi.
U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni о‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da
kо‘rsatilgani kabi «qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi sо‘zlash va yaxshi ish kо‘rish
mumkin», degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan
bahramand bо‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni о‘zlashtirishi lozim: u
dunyo va uni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa
shunga о‘xshash muammolarda mо‘ljal ola bilishi kerak.
Qadimda Sharq falsafasi
yaxshilik va yomonlik, gо‘zallik va xunuklik, adolat va
adolatsizlik, dо‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob
chekish
kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon о‘sha davr buyuk
faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bо‘rtib namoyon bо‘ladi:
Zardо‘sht: “Ezgu fikr, ezgu sо‘z, ezgu amal”
Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan
bog‘langan sahovatlilik”;
Aristotel: “Dо‘stlik birga yashashning zaruriy shartidir”;
Konfusiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, о‘zing odamlarni
bilmasligingdan g‘am chek”;
Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala
bо‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bо‘lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib
chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”.
Beshinchidan, falsafiy bilimning
dunyoqarash
bilan bog‘liqligi Sharq falsafasi
rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yо‘qmi, lekin falsafiy g‘oyalar,
qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba’zan eklektik (bu
ikki dunyoqarashning birikmasi) bо‘ladi. Masalan, hindlarning qadimgi falsafiy
kitobi «Upanishada»da, shuningdek «Chorvaka» qadimgi hind falsafiy maktabiga
doir manbalarda
suv, olov, yer, havo,
Zardushtiylik ta’limotida
olov
butun borliqning
substansional asosidir, deb qayd etiladi.
2
Falsafa asoslari: o‘quv qo'llanma / Q.Nazarov va boshq. — Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati, 2018. - 380 b.
28
Sharq falsafasi rivojlanishining navbatdagi umumiy qonuniyati uning
metodologik
ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yо‘lida ilmiy
izlanishlar olib borishidir. Bu yerda gap fanga va falsafaning metodologik
funksiyasiga
bо‘lgan
munosabat
haqida
ketmoqda.
Falsafiy
ta’limotlar,
konsepsiyalar, g‘oyalar yordamida turli hodisalarning tahlili amalga oshiriladi,
amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda vujudga kelib,
Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan
konfusiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik.
Masalan, «syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom kо‘rsatish
konsepsiyasi yosh jihatidan ham, ijtimoiy iyerarxiya bо‘yicha ham kattalarga
nisbatan о‘z xulq-atvorini barcha fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yо‘lga
qо‘yishni taklif qiladi.
Sharqda faylasuflar narsalar va hodisalarni о‘rganish, tahlil qilish,
tushuntirishning о‘z metodlarini yaratganlar. Yangi davr tadqiqotchilari, Gegeldan
boshlab, ikki asosiy falsafiy metod –
dialektik
va
metafizik
metodlarni ilgari
surganlar. Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar
tomonidan ongli ravishda idrok etilmagan. Ular stixiyali, aniqroq aytganda, falsafiy
ta’limotlar, tizimlar va qarashlarga ichdan xos bо‘lgan metodlar sifatida amal qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |