O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Falsafaning predmeti.
Endi «Falsafa nimani о‘rganadi?», degan savolni 
berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan 
javoblaridan qoniqmagan insonning о‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan 
e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga 
harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq 
falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson о‘z qiziqishi obyekti 
haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bо‘lishi mumkin 
bо‘lgan hamma narsa falsafaning predmeti bо‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan u 
yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi tо‘g‘risida sо‘z 
yuritish mutlaqo о‘rinli bо‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun 
jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa 
qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta’rifda «inson» tushunchasi 
yig‘ma ma’noda qо‘llanilgan. Bu yerda shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, garchi 
falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtai nazardan ancha keng ta’rif bergan bо‘lsak-
da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga kо‘ra muayyan masalalar 
doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi о‘ringa chiqadi.
Masalan, qadimgi Yunonistonda 
kosmotsentrizm 
ilk falsafiy ta’limotlarning 
о‘ziga xos xususiyati bо‘lib, bunda asosiy e’tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab 
yetishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar-polislari ravnaq topgan 
davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi 
masalalari о‘rin oldi. Yevropada xristianlikning, Sharqda islom dinining vujudga 
kelishi va mustahkamlanishi natijasida о‘rta asrlar falsafasi 
teotsentrik
(yunon. 
theos


13 
– markazdan о‘rin olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya’ni Xudo va u yaratgan olam 
falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa 
san’at 
(estetika)ga
va kо‘p jihatdan 
insonga murojaat qilindi.
. Yangi davr deb nomlanuvchi 
XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, 
natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan 
bilish va ilmiy metodlar
masalalari о‘rin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va oqilonalik 
inqirozi 
irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik
muammolarini namoyon etdi, XX asrning 
birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu 
esa, о‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida 
qiziqish uyg‘onishiga olib keldi. XX asrning sо‘nggi о‘n yilliklarida hozirgi 
madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot texnologiyalarining, shuningdek 
ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan 
belgilangan muammolarni kun tartibiga qо‘ygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu 
falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma’nolar va 
g‘oyalar «aytib bо‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson о‘ziga yog‘ilayotgan 
axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e’tiborni qaratar ekan, notizimlilik, 
Yevropa an’anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini 
о‘zgartirish
 
g‘oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi о‘ringa chiqqan 
va eng muhim mavzular qatoridan о‘rin olgan yana bir mavzu 
globallashuv
jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yо‘nalishini aniqlashga alohida 
e’tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha 
jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga 
keltirdiki, ularning nazariy va amaliy yechimini topish bu muammolarni shu 
jumladan falsafiy darajada anglab yetishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda 
alohida e’tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim 
muammolar qatoriga 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish