1-MAVZU. FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI.
Falsafa fanining predmeti va mazmuni, xamda ushbu fanning jamiyatdagi roli
va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi borasida sо‘z yuritar ekanmiz avvalo biz
birinchi navbatda “Falsafa” sо‘zining ma’nosi nima ekanligini anglab olgan xolda
mazkur tushunchaning mazmun moxiyatini yoritib berishimiz, falsafa va falsafiy
dunyoqarashning vujudga kelishi jarayonini insoniyat yaratilganidan beri mazkur
tushuncha bilan chambarchas bog‘liqligini asoslab berishimiz xamda falsafa fanini
fan sifatida shakllanishi mexanizmini ketma ket yoritib berishimiz lozim.
Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma
tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida paydo bо‘lgan. Shu ma’noda falsafa
yunoncha «filio» -sevaman, «sofiya»-donolik sо‘zlaridan olingan bо‘lib, donolik,
donishmandlik bilan shug‘ullanish deb qaraladi.
Falsafa tushunchasi keng qamrovli tushuncha xisoblanib u olam va uning
yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va
yо‘qlik kabi kо‘plab tushunchalarni о‘zida mujassam etganligi bilan axamiyatlidir.
Falsafa inson tarbiyasi va undagi dunyoqarashni shakllantirishdagi rolini,
insonning dunyoda tutgan о‘rnini aniqlab olishga yordamlashadi.
Hozirgi zamon falsafasi borliq, bilish, ilmiy bilish, qadriyatlar, ma’naviyat,
inson, shaxs, erkinlik kabi masalalarni hal qilishda yangicha fikrlash va yangicha
uslubga asoslanmoqda.
Eskicha yashash tamoyillari asoslari о‘zgarishi bilan hayotni yangicha fikrlash
asosida tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu masalani hal qilishda
falsafa fani asosiy о‘rinni egallaydi. Chunki jamiyat taraqqiyotining turli
bosqichlarida eskicha yashash asoslari о‘zgargandan sо‘ng falsafa endi qanday
yashash kerak, insonlar qaysi yо‘ldan ketmoqda, ularning faoliyati nimaga qaratilishi
lozim, odamlarning maqsadi, orzu – umidlari istaklarini qaysi yо‘l bilan amalga
oshirish mumkin, yashashning maqsadi, ma’nosi, tamoyillari nimadan iborat, inson
dunyoni nima maqsadda о‘rganadi, inson-dunyo, inson-jamiyat kabi masalalarni
9
qanday biladi kabi savollarga javob qidiradi va shu asosda nazariy fikrlar tizimini
ishlab chiqadi.
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so’zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir.
Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so’zini
«Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida
«donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va
insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida
ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat
insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri
tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof
etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo,
Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga
yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda,
ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan
alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
«Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi
ma’lum bo’lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u yunon
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan
xilma-xil qarashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga
nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga kelgan, bu atamaning
mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda
alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida “donishmandlikni sevish” degan
mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni
haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Masalan, “Ikkinchi
Arastu”, “Ikkinchi muallim” deya e’tirof etilgan mutafakkir Abu Nasr Forobiy
“filosofiya” sо‘zini “Hikmatni qadrlash” deb talqin etgan.
Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan
shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham
10
tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va
unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish
zaruratidan vujudga kelgan edi. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi
ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos
bo’lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydilar.
Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston va Rim bilan
bog’lash ham bu borada yetarli tasavvur bermaydi. Chunki ushbu hududning
dastlabki faylasufi Fales ko’p yillar Osiyoda bilim olib qaytganidan so’ng falsafly
fikrlarni alohida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani ma’lum. Alloma
Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarashlari qadimgi
yunonlarniki bilan o’xshash edi, degan fikri ham bejiz aytilmagan, albatta. Bu o’z
navbatida, falsafiy dunyoqarashning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli
umumiy hodisa ekanini isbotlaydi.
Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII—III asrlarda
ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy flkrning ifodasi, olamni yaxlit va
bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi
sifatida shakllangan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu fan
bilan ko’proq aslzodalar shug’ullangan, uning asosan ular uchun tushunarli bo’lgan
muayyan tushunchalari va atamalari, o’ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili
ham shakllangan.
Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida
ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni
tamoman rad etish, ko’r-ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos
barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish
demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim
xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qoyilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab,
ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan.
Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib,
alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan.
11
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi
ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan.
Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini
bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. Taraqqiyot
ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan mag’lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz
tutishlar ta’qib etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-
estetik taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun
ilg’or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomondan, madaniy-
intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o’zgarishlar
taqozosi deyish mumkin. Muayyan tarixiy burilish davrida «Falsafa nima o’zi?»
degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etganlar.
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o’tgan ikki ming yildan ziyodroq
vaqt mobaynida «Falsafa endi yo’q bo’ldi, uni o’rganishning hech bir zarurati
qolmadi» qabilidagi gaplar ko’p bo’lgan. Lekin zamonlar o’tishi bilan odamzod
baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos
ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda
yashab o’tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab: «Ustoz,
fanning boshqa sohalariga oid ilmlar juda ko’payib ketdi. Endi falsafani
o’rganishning hojati bormikan?» — debdi. Shunda ulug’ faylasuf bamaylixotir gap
boshlab: «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar yaratgan. Lekin
endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu fanni
o’rganmaslik har qaysi nodonning ham qo’lidan keladigan ish bo’lib qoldi», — degan
ekan.
Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa,
uning ayrim jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot
dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o’zgarishi va takomillashib borishi kabi
12
masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi
xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har
qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni
bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning mohiyati qanday?
Masalaning aynan shu taxlitda qoyilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga
aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan
falsafiy muammo tusini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |