Yaratish nazariyasi.
Ibtidoiy miflarda
odamlarning kelib chiqishi ko’pincha
mifik qahramonlarning transformatsiyasi, totem ajdodlar, butun mavjudot yaratilgan
mifik davrdagi personajlarning transformatsiyasi natijasi yoki ularning ijod mahsuli
sifatida tasavvur etiladi. Ayrim miflarda odamlarning paydo bo’lishi tasodifiy
xususiyatga ega bo’lsa, boshqalarida demiurglar totem ajdodlarning ongli ishi sifatida
aks ettiriladi.
Yangi Gvineyadagi papuaslarning tangu qabilasi miflarida afsonaviy qahramon
odamlarni qapqonga ilingan to’ng’izlarning maydalangan bo’laklaridan yaratadi.
Tasmaniyaliklarning tasavvurlariga ko’ra dastlabki odamlar Mopxerni nomli mifik
mavjudot tomonidan dumli, bo’g’insiz oyoqlarga ega bo’lgan hayvon qiyofasida
yaratilgan. Keyinchalik boshqa bir afsonaviy mavjudot Drumerdim ularning
dumlarini kesib tashlagan va yog’lar yordamida tizzalarini bo’qiladigan qilgan.
Avstraliya aborigenlari va Yangi Gvineyadagi papuaslarning marind-anim
qabilasining afsonalariga ko’ra odamlar dastlab yarim odam, yarim hayvon
qiyofasida, ko’zlarsiz va og’izsiz, oyoq-qo’llarining uchlari yopishgan holda mavjud
bo’lgan. Demiurglar pichoqlar yordamida ularni hozirgi holatga keltirganlar.
Ancha keyinroq paydo bo’lgan miflarda birinchi odamning paydo bo’lishi
xudolar tomonidan yaratilish g’oyasi bilan bog’lanadi. Jahon dinlarida mavjud
200
bo’lgan yaratilish aktining barcha tasvirlari o’z ildizlariga ko’ra aynan mifologiyaga
borib taqaladi. Masalan, jahon dinlarida keng tarqalgan insonning xudo tomonidan
loydan yaratilganligi haqidagi tasavvurning mifologik ildizlarga ega ekanligi yaqqol
ko’rinib turadi. Vavilonda yaratilgan poema "Enum Elish»da tasvirlanishicha
dastlabki odam tartib xudolari va tartibsizlik (xaos) xudolari o’rtasida bo’lib o’tgan
urushdan so’ng loy va qondan paydo bo’lgan. Qadimgi Misrdagi afsonalardan birida
Xnum degan xudo odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasalganligi aytildi.
Ayolning erkak kishining qovurg’asidan yasalganligi motivi Mesopotamiyada
yaratilgan miflarga borib taqaladi. Insonning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi
paradigma har doim
diniy e'tiqodlar
va ishonchlarga asoslangan. Fan antropogenez
jarayonini yoritib bera boshlashi va dindan bu sohani tortib olishi munosabati bilan
kreatsianizm
o’z mavqeini mustahkamlay boshladi. Bu hol tegishli institularning
yaratilishi, ilmiy anjumanlar o’tkazilishi, kreasinistik adabiyotlar va filmlarning
paydo bo’lishida o’z aksini topdi.
Hozirgi zamon kreatsianizmi quyidagi yondashuvlarga asoslanadi:
Birinchidan, bu odamning azaldan mavjud bo’lganligi g’oyasidir va u odamning
eng qadimgi davrlarga oid qazib topilgan hayvonlar (masalan, dinozavrlar) bilan bir
paytda mavjud bo’lganligini isbotlovchi dalillarni qidirib topishda ifodalangan. XX
asr 60-80 yillarda Texasdagi Palluks daryosi havzasida topilgan 120 million yil ilgari
qoldirilgan bir izni ana shunday dalillardan (insonning eng qadimgi davrdagi izi) biri
sifatida ko’rsatishga urinishlar bo’lgan edi. Ammo keyinchalik ma'lum bo’ldiki, u
qadimgi kaltakesakning izi ekan.
Ikkinchidan, bu insonning va qazilmalar orqali topilgan primatlarning tadrijiy
taraqqiyotida qandaydir oraliq bo’g’inlar bo’lganligini inkor etishdan iborat.
Kreatsianistlarning fikricha, qazilmalar chog’ida topilgan barcha suyaklarni yoki
odamniki, yohud maymunniki sifatida tasnif qilish lozim. Boshqacha qilib aytganda
xudo hamma turlarni ular qanday bo’lsa shunday yaratgan va odam ham avval
boshdanoq odam bo’lgan. Biroq, fanga ma'lum barcha qazilmalar chog’ida topilgan
gominidlar bunday bir xillikka ega emas, chunki ularda maymunlarga xos
xususiyatlar bilan odamga xos xususiyatlar birlashib ketgan.
201
Uchinchidan, bu yetarli ma'lumotlar bo’lmaganligi uchun gipoteza sifatida
qaraluvchi antropogenezga oid bir qator nazariyalarning tanqid qilinishidir.
Kreatsianizm
bugungi
kunda
ham
keng
tarqalgan.
Bir
qator
mamlakat(davlat)larda insonning kelib chiqishi haqidagi kreatsianistik va evolyusion
qarashlarni maktablarda o’qitish masalasida keskin kurash bormoqda. 1925 yilda
(AQShning) Tennesi shtatidagi Dayton shahrida o’qituvchi Djon Skops ustidan
o’tkazilgan sud bugungi kunda barchaga ma'lum. U o’quvchilarga Darvin nazariyasi
va uning odamning maymundan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezasi xususida
so’zlab bergan edi. 1986 yilda esa Mobayla shahri sudi Alabama shtatining ta'lim
boshqarmasiga qarshi da'vo bilan ish qo’zg’adi. Bunga ta'lim boshqarmasining
«dinga va xudoga qarshi mazmundagi 45 darslikdan o’rta maktablarda foydalanishga
ruxsat berganligi» sabab bo’lgan edi. Kaliforniyaning ayrim shaharlarida evolyusiya
nazariyasini o’z ichiga olgan darsliklardan foydalanish taqiqlangan.
Shu sababli yaqinda amerikalik yirik 72 ta olimlar Nobel mukofotining
sovrindorlari kreatsianistlarning insonning xudo tomonidan yaratilganligi g’oyasi va
evolyusiya nazariyasini «teng huquqli» ravishda o’quv dasturlariga kiritish va
o’qitish uchun urinishlariga qarshi chiqdilar. Bironta boshqa hujjat shunchalik ko’p
sonli Nobel mukofoti sovrindorlari tomonidan nizolanmagan edi. Ularning mazkur
qadami shu bilan taqozo etilgan ediki, zamonaviy, ilmiy bilishning yutuqlariga
asoslangan ta'lim fan mezonlariga javob bera oladigan nazariyalarga asoslanadi. Bu
eng avvalo, tegishli tarzda asoslab berish va isbotlashdir, kreatsianizm esa o’zining
haqligini ko’rsatuvchi isbot-dalillarga ega emas.
Keyingi paytda
«kosmik tajriba»
nazariyalari paydo bo’ldiki, ularning
markazida ham odamning yaratilganligi haqidagi g’oya turadi. Diniy talqinlardan
farqli o’laroq, ushbu nazariyalarda inson qandaydir o’zga planetaga mansub
sivilizatsiya tomonida yaratilgan deb tasdiqlanadi.
Ushbu konsepsiyaga ko’ra, yerdagi ko’plab noyob inshootlar (Misr ehromlari,
Pasxa orolidagi toshdan yasalgan ulkan haykallar, faqat tepada qaraganda
ko’rinadigan benihoyat ulkan rasmlar va hokazo) ana shu o’zga sayyoraliklar
tomonidan yaratilgan deb hisoblanadi.
202
Fan o’zga sayyoralarda sivilizatsiyaning mavjudligini va ular yerga kelgan
bo’lishlari mumkinligini prinsip jihatidan inkor etmaydi. Biroq, insonning o’zga
sayyoraliklar tomonidan
yaratilganligini
tasdiqlovchi hech qanday dalillar mavjud
emas. Bu mavzuga oid barcha mulohazalar hozirga qadar mushohada-gipoteza bo’lib
qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |