O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi nazariya



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi nazariya.
Eng qadimgi 
miflardayoq, odamning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi g’oya bilan bir 
qatorda antropogenezni tabiiy-tarixiy idrok etish unsurlari ham mavjud edi. 
Insonlarning paydo bo’lishi ularda mo’jizali shakliga ega, ammo ushbu tasavvurlarda 
insonning xudo tomonidan yaratilganligi akti mavjud emas. To’g’ri, miflarda 
ko’pincha tabiiy-tarixiy va diniy elementlar shunchalik qorishib ketadiki, aks hollarda 
ularni bir-biridan ajratish qiyin bo’ladi. 
Avstraliyadagi 
dieri
qabilasining afsonasida odamlarning kelib chiqishi shunday 
bayon qilinadi. Perigundi ko’lining o’rtasida yer yorilib u yerdan 
mardu
deb 
ataluvchi totem mavjudotlar chiqqan. Ular kuchga kirib olgunlariga qadar oftobda 
yotdilar, keyin esa odamlarga aylanib yer yuziga tarqaldilar. 
Keraki
qabilasida 
mavjud tasavvurlarga ko’ra odamlarni hech kim yaratmagan: afsonaviy qahramon 
Kambel daraxt kesayotib, ularni urug’lari bilan yashayotgan joyidan topib olgan. 
Qadimgi xitoy mifologiyasiga ko’ra esa, odamlar Pan-Gu deb ataluvchi kosmik 
odamning jasadi ustida o’rmalab yurgan parazitlardan kelib chiqqan. 
Qadimgi falsafiy tasavvurlarda ham insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi 
haqidagi gipotezani uchratish mumkin. Hind faylasuflari 
charvak-lokayatlar
 
ta'limotiga ko’ra ongga ega bo’lgan tirik tan ham butun dunyo singari to’rt unsurning, 
ya'ni yer, olov, havo va suvning qo’shilishdan paydo bo’lgan. 
Odamning tabiiy ravishda kelib chiqqanligi g’oyasi qadimgi yunon falsafasida 
ham o’z aksini topgan. Odamning hayvondan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezani 
birinchi bo’lib 
Anaksimandr
 
oldinga surgan edi. Uning ta'limotiga ko’ra odamlar 
baliqlar qornida paydo bo’lgan va xuddi akulalar singari parvarish qilingan. Ular 
kuchga kirib o’zlarini eplay oladigan bo’lganlaridan so’ng tashqariga chiqqanlar va 
yerga yetib borganlar. Qadimgi yunon faylasufi 
Empedokl
 
dastlab inson tanasining 


203 
ayrim qismlari: boshlar, qo’llar va h.k. paydo bo’lgan deb hisoblagan. Birlashtirish va 
ajratish qudratiga molik bo’lgan 
sevgi
 
kuchlarining dunyoda ustuvor bo’lishi bilan 
turli xil qismlar bir-biri bilan qo’shila boshlagan. Buning natijasida turli 
kombinatsiyalar yuzaga kelgan: ikki boshli odamlar, ho’kizpeshona odamlar, inson 
boshi singari boshga ega bo’lgan ho’kizlar, ayollarga xos belgilarga ega bo’lgan 
erkaklar va hokazl. Ular orasidan mukammallikka ega bo’lganlari yashab qolgan, 
qolganlari esa qirilib bitgan, shu jumladan yuqorida sanab o’tilganlar tipidagi 
mavjudotlar ham yo’qolib ham ketgan. Atomizmning asoschisi bo’lgan 
Demokrit
 
esa 
inson loy va suvdan paydo bo’lgan deb hisoblar edi. yer paydo bo’lgandan so’ng 
uning loyqasimon yuzasida plyonka bilan qoplangan pufaklar (badboy va suvli) 
yuzaga kelgan. Ularni kunduzi quyosh qizdirar, tunda esa namlikni o’zlariga 
singdirar edilar. Ular shu tariqa ko’payib borgan va so’ngra yorila boshlagan hamda 
ulardan odamlar va hayvonlar paydo bo’lgan. 
Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi to’g’risidagi falsafiy konsepsiyalar to XIX 
asrning oxiriga qadar faqat mushohadalardan iborat bo’lib, hech qanday isbot-
dalillarga ega emas edi. Biroq ilmiy ma'lumotlarning to’planishi bilan mazkur 
yondashuv ilmiy hamjamiyatda tobora ko’proq ustunlikka ega bo’la boshladi. 
Insonning hayvonlarga o’xshab ketishini odamlar juda qadimgi zamonlardayoq 
payqaganlar. Antik fanning paydo bo’lishi bilan inson va hayvonlarni qiyosiy tahlil 
qilish yo’lidagi dastlabki urinishlar ham yuzaga keldi. Bunday harakatlarning 
dastlabkilaridan birini Qadimgi Gretsiyada 
Arastu

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish