Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar 
belgilash 
Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash, 
ya’ni depozitlarga to’lanadigan foizlarning yuqori chegarasini belgilash 
depozitlarning qimmatlashib ketishining oldini oladi. O’z navbatida, depozitlarning 
qimmatlashishi kreditlarning qimmatlashishiga olib keladi. Chunki, kreditlarning 
bahosini belgilovchi asosiy omil bo’lib, muddatli va jamg’arma depozitlarining 
foiz stavkalari darajasi hisoblanadi. 
Depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash nafaqat 
rivojlanayotgan mamlakatlarda, hatto eng taraqqiy etgan mamlakat hisoblanmish 
AQShda ham qo’llanilgan. 
AQSh tajribasi ko’rsatadiki, depozitlarning foiz stavkalarini yuqori 
chegarasini 
belgilash tijorat 
banklarining 
faoliyatiga, 
uning 
moliyaviy 
barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, tijorat banklari kreditlarga bo’lgan 
talab va taklifdan kelib chiqqan holda, depozitlarning foiz stavkalarini oshirish 
imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shu sababli, AQSh tijorat banklari depozitlarning foiz 


 
stavkalarini yuqori chegarasiga nisbatan o’rnatilgan cheklovni aylanib o’tish 
maqsadida NAU hisobraqamini ixtiro qildilar. Ya’ni, bunda tijorat banki mijoz 
bilan kelishgan holda, mijozning joriy hisobraqamidagi pul mablag’ini muddatli 
depozit hisobraqamiga olmasdan turib ishlatadi. Lekin mijozga yuqori foiz 
to’laydi. Bu erda Markaziy bank tijorat bankiga e’tiroz bildira olmaydi. Chunki, 
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan cheklov muddatli va jamg’arma 
depozitlariga tegishli. Bunda tijorat banki transaktsion depozitga, ya’ni mijozning 
talab qilib olinadigan depozit hisobraqamining qoldig’iga foiz to’layapti. 
Depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash instrumentiga xos 
bo’lgan kamchiliklar va muammolarni hisobga olgan AQSh FZT ushbu 
instrumentdan foydalanishni bekor qildi. 
Depozitlarning foiz stavkalari ularni tijorat banklariga keng ko’lamda jalb 
etishni ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli, tijorat banklari 
muddatli va jamg’arma depozitlarning foiz stavkalarini o’zgartirish yo’li bilan 
depozitlar taklifiga ta’sir eta oladi. Shu sababli, depozitlarning foiz stavkalariga 
nisbatan limitlar belgilash tijorat banklarining depozitlar taklifiga ta’sir etish 
imkoniyatini keskin pasaytiradi. 
Ta’kidlash joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari talab qilib 
olinadigan depozitlardan to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni ushbu mablag’larni muddatli 
depozit hisobraqamlariga olmasdan turib foydalanishga haqli emas. Buning sababi 
shundaki, banklar pul mablag’larini faqat uning egasini roziligi bilan ishlatishlari 
kerak. 
Respublikamizda esa, tijorat banklari mijozlarning talab qilib olinadigan 
depozit hisobraqamidagi pul mablag’laridan, ularning roziligisiz foydalanadi. 
Fuqarolik kodeksi bunga ruxsat etadi. Ammo talab qilib olinadigan depozitlar 
beqaror passiv bo’lganligi sababli, ulardan tijorat banklarining aktiv 
operatsiyalarini moliyalashtirishda foydalanish banklarning likvidliligiga nisbatan 
kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Depozitlar tijorat banklari resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Taraqqiy 
etgan mamlakatlarda, tijorat banklari resurslarining umumiy hajmida salmog’iga 
ko’ra birinchi o’rinni depozitlar, ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarni sotishdan 
olingan pul mablag’lari va uchinchi o’rinni umumiy kapital tashkil etadi. Shu 
sababli, banklarning depozit bazasini mustahkamlash, ularni jalb etish jarayoniga 
to’sqinlik qilmaslik banklar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish