Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


-jadval  O’zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning yillik darajasi va tijorat



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

5-jadval 
O’zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning yillik darajasi va tijorat 
banklarining so’mda berilgan kreditlarining o’rtacha yillik foiz stavkasi, 
foizda
112
 
Ko’rsatkichlar 
Yillar 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 
Inflyatsiya darajasi 
6,8 
6,1 
5,6 
5,7 
14,4 
Kreditlarning o’rtacha foiz stavkasi 
13,0 
12,5 
11,4 
11,5 
19,6 
5-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2013-2016 yillarda respublikamizda 
inflyatsiya darajasi va tijorat banklarining so’mda berilgan kreditlarining 
o’rtacha foiz stavkasi o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjud bo’lgan. 
Ammo, 2003-2006 yillarda tijorat banklari kreditlarining o’rtacha tortilgan foiz 
stavkasining pasayishi tendentsiyasi kuzatilgan edi. Buning natijasida tijorat 
banklarining kredit emissiyasi hajmi sezilarli darajada oshishi, inflyatsiyaning 
o’sishi kuzatilishi lozim edi. Lekin bu holatlar 2003-2006 yillarda kuzatilmadi. 
Masalan, 2003 yilda inflyatsiyaning yillik darajasi 3,8 foizni tashkil etgan 
bo’lsa, 2004 yilda - 3,7 foizni, 2005 yilda - 7,8 foizni, 2006 yilda - 6,8 foizni 
tashkil etdi.
Foiz stavkalari va inflyatsiya o’rtasida bevosita aloqadorlikning mavjudligi 
kuzatilmagan sharoitda, milliy valyutaning nominal va real almashuv 
kurslarining import qilinayotgan tovarlarning va eksport qilinayotgan 
tovarlarning bahosiga ta’sirini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
salbiy ta’sirning oldini olish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
valyuta siyosatida muhim o’rin tutadi.
Markaziy bankning valyuta siyosati, an’anaviy monetar instrument sifatida, 
monetar siyosatning oraliq va pirovard maqsadlariga mos kelishi lozim.
Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida hal etilishi lozim bo’lgan 
masalalardan biri xorijiy valyutalardagi rasmiy valyuta zaxiralarini diversifikatsiya 
qilish masalasi hisoblanadi. Buning boisi shundaki, valyuta zaxiralarini 
diversifikatsiyalash Markaziy bankning balansidagi rasmiy valyuta zaxiralarini 
valyuta riskidan himoya qilishning ishonchli va kam chiqimli usuli hisoblanadi. 
Dunyo miqyosida, xalqaro zaxiralar hajmida AQSh dollarida shakllantirilgan 
zaxiralarning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Fikrimizcha, buning asosiy 
112
Monetar siyosat. 
www.cbu.uz



 
sabablari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: birinchidan, AQSh 
dollarining boshqa etakchi valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursining 
tebranish diapazoni katta emas; ikkinchidan, AQSh dollarida emissiya qilingan 
AQSh hukumatining va Federal fondlarining qimmatli qog’ozlari yuqori likvidli va 
ishonchli investitsiyalash ob’ektlari hisoblanadi; uchinchidan, hozirga qadar 
dunyoning ko’plab mamlakatlarida, shu jumladan, MDH davlatlarida valyuta 
interventsiyasi vositasi bo’lib AQSh dollari hisoblanadi; to’rtinchidan, ko’plab 
mamlakatlar hukumatlari tashqi qarzining asosiy qismi AQSh dollarida 
shakllangan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati asosida 
mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xalqaro kreditlarning valyutaviy tarkibida 
AQSh dollarida jalb etilgan kreditlar salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni egallaydi. 
Shunisi xarakterliki, dunyoning ko’plab mamlakatlarida xorijiy valyutadagi 
zaxiralarning tarkibini tashqi qarzning tarkibiga mos ravishda shakllantirish 
tendentsiyasi kuzatilmoqda. Chunonchi, Braziliyada xalqaro zaxiralar uchta 
valyutada – AQSh dollari, evro va Yaponiya ienida shakllantirilgan. Chunki 
mamlakatning tashqi qarzi mazkur uch valyutadagi qarzdan iborat. Janubiy 
Koreyada xalqaro zaxiralarning investitsion tarkibi tashqi qarzning valyutaviy 
tarkibiga va joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha to’lovlarni qaysi valyutalarda 
amalga oshirilayotganligiga mos ravishda shakllantirilmoqda. Chexiyada esa 
rasmiy valyuta zaxiralari AQSh dollari va evroda shakllantirilgan. Uni 
shakllantirishda e’tiborga olinadigan asosiy omillardan biri tashqi qarzning 
valyutaviy tarkibi hisoblanadi
113
.
Gold svop operatsiyalari mamlakatda favqulodda holatlar yuz berganda tashqi 
to’lov uchun zarur bo’lgan xorijiy valyutalarni topish imkonini beradi. Masalan, 
mamlakatga xorijiy valyutada mablag’ favqulodda zarur bo’lib qolsa, u holda, 
Markaziy bank oltinni spot sharti bo’yicha sotadi va olingan xorijiy valyutadagi 
mablag’ni hukumatga beradi. Keyin esa, hukumat bilan berilgan mablag’ni 
qaytarish muddatini kelishib oladi va ushbu muddatdan kelib chiqqan holda, 
xorijiy bank bilan oltinni sotib olish to’g’risida forvard shartnomasi tuzadi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish