FZT ochiq bozor operatsiyalari doirasida qimmatli qog’ozlarni sotib olganda
o’ziga nisbatan chekni yozish yo’li bilan to’lovni amalga oshiradi. Sotuvchining
banki chekni olishi bilan uni FZT ga to’lovni amalga oshirish uchun uzatadi. FZT
sotuvchining bankini FZB dagi zaxira hisobraqamining qoldig’ini ko’paytirish
yo’li bilan chekni aktseptlaydi. Shunisi xarakterliki, qimmatli qog’ozni
sotuvchining bankini hisobraqami qoldig’ining o’sishi boshqa bankdagi zaxiraning
kamayishiga olib kelmaydi. Demak, Markaziy bank qimmatli qog’ozlarni sotib
olsa milliy bank tizimi zaxiralarining umumiy miqdori oshadi. Bu esa, Markaziy
bank ochiq bozor siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi.
FZT ochiq bozor siyosati doirasida qimmatli qog’ozni sotsa, buning natijasida
sotib oluvchining bankini FZB dagi zaxira hisobraqamining qoldig’i kamayadi.
Ushbu kamayish boshqa bankning FZB dagi zaxira hisobraqami qoldig’ining
ko’payishiga olib kelmaydi. Demak, FZT qimmatli qog’ozlarni sotsa milliy bank
tizimi zaxiralarining umumiy miqdori kamayadi.
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari milliy bank tizimi
zaxiralarining miqdoriga bevosita ta’sir qilish yo’li bilan pullar taklifiga va tijorat
banklarining kredit emissiyasi hajmiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi.
AQSh ikkilamchi bozorida hukumat qimmatli qog’ozlari muomalasi
hajmining nihoyatda katta ekanligi AQSh hukumati tashqi va ichki qarzining katta
miqdorda ekanligi bilan izohlanadi.
Davlatning qarzi miqdorining katta ekanligi uni qimmatli qog’ozlar
emissiyasini oshirishga majbur qiladi. Buning natijasida, bir tomondan,
hukumatning qarzini noinflyatsion yo’l bilan yopish imkoniyati yuzaga keladi;
ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari orqali
muomaladagi pul massasini tartibga solish imkoniyati oshadi.
O’z
navbatida,
Markaziy
bankning
ochiq
bozor
siyosatini
takomillashmaganligi uning REPO operatsiyalari orqali so’mning almashuv
kursiga va milliy bank tizimining likvidliliga sezilarli darajada ta’sir etish imkonini
bermaydi. Bu esa, pirovard natijada, majburiy zaxira siyosati kabi ma’muriy
instrumentlardan foydalanish zaruriyatini kuchaytiradi.
Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari ob’ektlari sonini ko’paytirish,
ularning investitsion jozibadorligini oshirish, ochiq bozor siyosatini qayta
moliyalash va majburiy zaxira siyosati bilan muvofiqlashtirilgan tarzda amalga
oshirish ushbu siyosatning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: