Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


-rasm. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
7-rasm. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit 
operatsiyalari hamda obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini sotish orqali 
jalb etilgan mablag’lari hajmi,trln. so’m
116
 
7-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2002-2016 yillarda O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining sterilizatsiya operatsiyalari hajmi, ya’ni 
Markaziy bankning depozit hisobraqamlariga tijorat banklarining “Nostro” vakillik 
hisobraqamlaridagi pul mablag’larini jalb etish hamda Markaziy bankning 
obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini tijorat banklariga sotish yo’li bilan jalb 
qilingan mablag’larning hajmi o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Bu esa, 
Markaziy bank tomonidan pul massasi o’sishining prognoz ko’rsatkichlariga 
erishishni ta’minlash va bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni olib qo’yish 
maqsadida amalga oshirilgan. 
Mamlakat bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni o’z vaqtida olib qo’ymaslik 
pul massasining yuqori sur’atlarda o’sishiga olib kelishi mumkin. 
7.Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash 
 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan 
limitlar belgilash muomaladagi pul massasini tartibga solish, xususan, pul 
massasining oldindan belgilangan maqsadli o’sish ko’rsatkichiga erishishni 
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 
XX asrning 70-yillarida bir qator Evropa mamlakatlarida, shu jumladan, 
Frantsiyada tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash 
amaliyoti mavjud bo’lgan. Bunda limit summasi tijorat banklarining kapitaliga 
nisbatan belgilangan. Limit belgilashning ushbu usuliga xos bo’lgan asosiy 
kamchilik shundan iboratki, bunda kapitali miqdori katta bo’lgan tijorat banklari 
boshqa banklarga nisbatan katta miqdorda kreditlar berish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, banklararo raqobatga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Hozirgi davrda Xitoy Markaziy banki tomonidan davlat banklarining 
kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash amaliyoti mavjud. Buning sababi 
shundaki, Xitoy iqtisodiyotining “qizib ketish” xavfi mavjud. Shu sababli, Xitoy 
Markaziy banki tijorat banklari kredit quyilmalarining o’sish sur’atini pasaytirish 
siyosatini amalga oshirmoqda. Ushbu siyosatni amalga oshirish uchun, asosan, ikki 
monetar instrumentdan – tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar 
belgilash va majburiy zaxira siyosatidan foydalanilmoqda. 
Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash ma’muriy 
mazmunga ega bo’lgan instrument hisoblanadi. Shu sababli, mazkur instrumentdan 
foydalanish milliy ssuda kapitallari bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tijorat banklari kreditlaridan 
foydalanish darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Ammo pul massasining 
maqsadli ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlashning iloji bo’lmasa, Markaziy 
banklar ushbu ma’muriy usuldan foydalanishga majbur bo’lishlari mumkin. 
116
Monetar siyosat. 
www.cbu.uz



 
Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining kredit 
emissiyasi natijasida paydo bo’ladi. Shu sababli, Xalqaro Nobel mukofotining 
laureati, Chikago universitetining professori, marhum M.Fridmen o’zining ilmiy 
tadqiqotlarida tijorat banklari kredit emissiyasining muomaladagi pul massasining 
o’sishiga bevosita ta’sirini asoslab bergan va tijorat banklariga nisbatan 100 foizli 
majburiy zaxira talabnomalarini joriy qilishni taklif qilgan. Garchi M.Fridmenning 
100 foizli majburiy zaxira talabnomalari dunyodagi biron-bir mamlakatning bank 
amaliyotida qo’llanilmagan bo’lsa-da, uning banklarning kredit emissiyasini 
tartibga solish va nazorat qilishning zarurligi xususidagi takliflari o’zining amaliy 
ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.
Monetar siyosat instrumentlaridan foydalanish amaliyoti takomillashmagan 
mamlakatlarda ham tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar 
belgilash usulidan foydalanadilar. Buning sababi shundaki, mazkur mamlakatlarda 
Markaziy banklar monetar siyosat instrumentlari orqali pul massasining o’sish 
sur’atlari barqarorligini ta’minlay olmaydilar. Masalan, ochiq bozor operatsiyalari 
rivojlanmaganligi sababli, ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul 
massasini olib qo’yish imkoniga ega bo’lmaydilar. Yoki qayta moliyalash siyosati 
orqali kreditlarning foiz stavkasiga va kreditlar taklifiga ta’sir eta olishmaydi. 
Bunday sharoitda Markaziy banklar ma’muriy mazmunga ega bo’lgan 
instrumentlardan, xususan, banklarning kreditlash hajmiga nisbatan limitlar 
belgilash, majburiy zaxira siyosatidan foydalanishga zo’r berishga majbur 
bo’lishadi. Shuning uchun ham taraqqiy etgan mamlakatlarda ushbu 
instrumentlarning ahamiyati past. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish