9.1. Pul oqimlari tahlilining maqsadi, vazifalari va
axborot manbalari 9-sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy standard (BHMS)ga muvofiq pul mablag‘lari - bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankning hisob- kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘lardir. Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlaming asosiy muammolaridan biri bu zarur miqdordagi pul mablag‘lariga ega emasligi va pul oqimlarini tahlil qilib o‘rganmasligi hamda boshqara olmasligidir. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt sotib olingan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun ulami yetkazib beruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bilan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat budjeti bilan, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan va boshqa hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshira olmaydi. Bulaming barchasi kreditorlik qarzlarining ko‘payishiga, penyalar hisoblanishi va turli moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli yomonlashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati ko‘p jihatdan pul mablag‘Iarining mavjudligi va ulaming harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, xo‘jalik yurituvchi subyektlar pul mablag‘lari manbalarini izlab topishi, mablag‘lardan samarali foydalanishi, pul mablag‘lari harakatini kuzatib borishi va umuman ulaming harakatini to‘g‘ri boshqarishlari uchun pul oqimlarini tahlil qilib o‘rganishlari lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari harakatiga to‘g‘ri, aniq va xolisona baho berish orqali uning sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatini yaxshilash pul oqimlari tahlilining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda pul oqimlari tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - xo‘jalik subyektining pul mablag‘larining harakatiga to‘g‘ri, aniq va xolisona baho berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektning investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimini va chiqimini aniqlash hamda baho berish;
pul mablagdari kirimi bo‘yicha manbalarini, chiqimi bo‘yicha harakatlarining tarkibini chuqur o‘rganish;
xo‘jalik yurituvchi subyektning valyuta mablag‘lari harakatini o‘rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
xo‘jalik subyektini sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlash.
Pul oqimlari tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari;
“Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari;
pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schyot ma’lumotlari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligi va moliyaviy holatining barqarorligi ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga bog‘liq. Shu sababli, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati pul mablag‘lari oqimini bilish uchun asosiy axborot manbai hisoblangan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot”da keltirilgan ma’lumotlarni o‘qiy olishi, pul tushadigan manbalami belgilay olishi hamda ulardan samarali foydalanish tartibini bilishi lozim. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot - moliyaviy hisobotning shakli bo‘lib, unda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag'lari kelib tushishi, sarflanishi va ulaming yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Ushbu hisobotga ko‘ra pul oqimlari asosan to‘rtda jarayon bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bular:
investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi va chiqimi;
moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘larining sof kirimi va chiqimi;
soliqqa tortish (to‘langan soliqlar).
211
Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlar bo‘yicha pul mablag‘lari oqimining tahlilini “Sharq” fermer xo‘jaligi misolida o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (9.1-jadvaI).