Ix bob. Pul oqimlari tahlili


Investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlaridagi pul oqimining tahlili



Download 21,39 Kb.
bet7/8
Sana11.04.2022
Hajmi21,39 Kb.
#542549
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kitob Pul oqimi

Investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish
faoliyatlaridagi pul oqimining tahlili


Ko‘rsatkichlar

Satr

Kirim

Chiqim

Summa, ming so‘m

Salmo- g‘i,%

Summa, ming so‘m

Salmo-
g‘i,%

l.Operatsion faoliyat bo‘yicha pul mabalag‘larining sof holati

050

44518










2. Asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish

060-070

4630

100







3. Olingan va to‘langan foizlar

110

-

-

-

-

4. Olingan va to‘langan
dividendlar

120













5. Investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyatning boshqa jarayonlaridagi pul
mablag'larining harakati

080-090,
130-170













6. Jami to‘langan soliqlar

190-200

-

-

19500

100

Jami

-

4630

100

19500

100

Investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliq solishdan so‘ng sof pul oqimining natijasi




29648











9.4. Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari oqimining tahlili


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobot davrida xorijiy valyuta ishtirokida operatsiyalar sodir bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot”ga ilova qilinib, “Valyuta mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lu- motnoma” ham taqdim etiladi.


218





Mazkur ma’lumotnomada xo‘jalik subyektining xorijiy valyuta bo'yicha pul mablag‘larining harakati aks ettiriladi. Ya’ni, xorijiy valyutadagi pul mablag'lari kirimi va chiqimini quyidagicha tasniflash mumkin (9.8-jadval).


9.8-jadval


Xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘larining harakati

Pul tushumlari

Pul to'lovlari

Mahsulot (ish, xizmatjlami sotishdan tushgan xorijiy valyuta bo'yicha pul mablag‘lari tushumi

Ishlab chiqarish (muomala)
xarajatlariga kiritilgan xorijiy valyuta bo‘yicha sarf xarajatlar

Konvertatsiya hisobiga tushgan pul mablag‘lari tushumi

Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qilingan xorijiy valyuta bo‘yicha sarf xarajatlar

Xorijiy valyuta ko‘rinishida olingan kreditlar bo'yicha pul mablag‘lari tushumi

Mahsulot yetkazib beruvchilarga xorijiy valyuta bo‘yicha to‘lovlar

Boshqa manbalar hisobiga kelib tushgan xorijiy valyuta bo'yicha pul mablag‘lari tushumi

Kredit bo‘yicha to‘lovlar, shu jumladan foizlar

boshqa maqsadlar uchun sarflangan xorijiy valyuta bo‘yicha to‘lovlar


Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari oqimi tahlil qilib o‘rganilar ekan, birinchi navbatta xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud bo‘lgan valyuta mablag‘larining yil boshiga qoldig‘iga jami valyuta tushumlarini qo‘shish va jami sarflangan valyuta mablag‘lari ayirish orqali hisobot davri oxiridagi valyuta qoldig‘iga tengligi tekshiriladi. Pul mablag‘larining yil boshiga va yil oxiriga qoldiqlari “Buxgalteriya balansi”ning 320-satrida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari summasiga ham o‘zaro muvofiqligini o'rganiladi. Shundan so‘ng, xorijiy valyuta mablag‘lari qaysi manbalar hisobiga kelib tushganligi va qanday maqsadlarda sarflanganligiga baho beriladi. Tahlil yakunida xorijiy valyuta bo‘yicha sof pul mablag‘lari hajmini oshrish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 9 - sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli BHMSda belgilangan qoidalarga muvofiq xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun


219




belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi.
Xorijiy sho‘ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak.
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ulaming ekvivalentlariga ta’siri pul mablagdari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor operatsiya, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga qo‘shiladi.
9.5. Pul mablag‘Iari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul oqimi, ya’ni operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larining kelib tushushi va sarflanishi o‘rganilib baho berilgandan so‘ng, pul mablag‘larining yil boshiga va yil oxiriga mavjud bo‘lgan tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi va dinamikasi o‘rganilgan holda baho beriladi.
Tahlilda mavjud pul mablag‘lari tarkibi nimalardan tashkil topganligi, jami pul mablag‘lari tarkibidagi hissasi va yil boshiga nisbatan o‘zgarishi o‘rganiladi. Tahlil natijalari asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati uchun o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini uzishga mavjud mablagdarning yetarli yoki yetishmasligi, dividendlar to‘lash, qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun yetarli miqdorda pul mablag'larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi.


220





Pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlil qilishda “Buxgalteriya balansi” ma’lumotlaridan axborot manbai sifatida I'oydalanish mumkin. Ushbu axborot manbaiga ko‘ra pul mablag‘lari larkibiga quyidagilar kiradi (9.9-jadval).

  1. jadval


Pul mablag‘lari tarkibi

Ko‘rsatkichlar

Satr raqami

Pul mablag‘lari, jami

320

Kassadagi pul mablag’lari (5000)

330

Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari (5100)

340

Xorijiy valyutadagi pul mablag'lari (5200)

350

Boshqa pul mablagdari va ekvivalentlar (5500, 5600, 5700)

360


“Sharq” fermer xo‘jaligi pul mablag‘larining tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlil qilib o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (9.10-jadval).


  1. jadval


Sharq” fermer xo‘jaligi pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va
dinamikasi tahlili




Ko‘rsatkichlar

Hisobot davri boshiga

Hisobot davri oxiriga

O‘zgarishi
(+;-)

Summasi, ming so‘m

Sai- mog‘i %

Summasi, ming so‘m

Sal- tnog‘i %

Summasi, ming so‘m

Sal- nog‘i %

1

Kassadagi pul mablag‘lari, ming so‘m



















2

Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, ming so‘m

24729

100

54377

100

+29648




3

Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari, ming so‘m



















4

Boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlari, ming so‘m



















Pul mablag‘lari, jami, ming so‘m

24729

100

54377

100

+29648





  1. jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida jami pul mablag‘lari hisobot davri boshiga 24729 ming


221




so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot davri oxirida 54377 ming so‘mga teng bo‘lgan. Demak, hisobot davri oxirida pul mablag‘lari hisobot davri boshiga nisbatan 29648 ming so‘mga yoki 120 foizga ko‘paygan. Bunday natija fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holal hisoblanadi. Chunki, bunday o‘zgarish fermer xo‘jaligining hisobot davri boshiga nisbatan to‘lov qobiliyati oshganligidan dalolat beradi.
Fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hisobot davri boshida ham hisobot davri oxirida ham faqat hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan xolos.
Shunday qilib, pul mablag‘lari oqimining tahlili xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini kengaytirishga pul mab- lag‘larini jalb qilish va moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatlarini belgilab olish imkonini beradi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Pul mablag‘lari deganda nima tushuniladi?

  2. Pul oqimi atamasiga izoh bering?

  3. Pul oqimi tahlilining maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Pul oqimini tahlil qilishda qanday axborot manbalaridan foy- dalaniladi?

  5. Pul oqimi qanday jarayonlar bo‘yicha sodir bo‘ladi?

  6. Pul oqimini ifodalovchi qanday asosiy ko‘rsatkichlami bilasiz?

7.Operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari oqimi qanday tahlil qilib o‘rganiladi?

  1. Investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliq to‘lashlardagi pul mablag‘lari oqimini tahlil qilib o‘rganish tartibini tushuntiring?

  2. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari qanday tahlil qilib o‘rganiladi?

  3. Pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi qanday tahlil qilinadi?


Download 21,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish