9.2. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimining tahlili
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul oqimini tahlil qilib o‘rganishda asosiy axborot manbai bo‘lib, “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” hisoblanadi. Ushbu hisobot shakli 9 - sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli BHMS hamda “Moliyaviy hisobot shakllarini tofldirish bo‘yicha qoidalari”da belgilangan talab va qoidalar bo‘yicha tayyorlanadi. Mazkur me’yoriy - huquqiy hujjatlarga ko‘ra pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda hisobot yili bo‘yicha pul mablag‘larining harakati operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyat bo‘yicha guruhlangan holda aks ettirilishi lozim. Xususan, operatsion faoliyat 9 - sonli BHMSda quyidagicha ta’riflanadi: “Operatsiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek, subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati”.
213
Demak, operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining harakati xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati bilan bog‘liq muomalalarda yuzaga kelib, ular quyidagicha bo‘ladi (9.2-jadval).
jadval
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati
Pul tushumlari
|
Pul to‘lovlari
|
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun xaridorlardan olingan pul tushumlari
|
Mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlar
|
Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari
|
Xaridorlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag'lari
|
Operatsion faoliyat bilan bog‘liq boshqa to'lovlar
|
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari oqimini “Sharq” fermer xo‘jaligi misolida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (9.3-jadval).
jadval ma’lumotlariga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi hisobot davrida 44518 ming so‘mni tashkil qilgan. Fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha jami pul mablag‘larining kirimi 672375 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, u to‘liq mahsulotlami sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri keladi. Sarflangan pul mablag‘lari esa 627857 ming so‘mni tashkil qilib, uning 581753 ming so‘mi yoki 93 foizi mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lariga, 16423 ming so‘mi yoki 2 foizi xodimlarga todangan pul mablag‘lari hisobiga, qolgan 29681 ming so‘mi yoki 5 foizi operatsion faoliyat bo‘yicha boshqa pulli toMovlar uchun sarf qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi 44518 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 7%ni tashkil etadi. Albatta, fermer xo‘jaligi uchun bunday natijani ijobiy holat sifatida baholash mumkin.
214
jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha pul
oqimining tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Satr
|
Kirim
|
Chiqim
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
1. Mahsulot (ish, xizmat)lami sotishdan kelib tushgan pul mablagdari
|
010
|
672375
|
100
|
|
|
2. Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to'langan pul mablagdari
|
020
|
|
|
581753
|
93
|
3.Xodimlarga va ular
nomidan todangan pul
mablagdari
|
030
|
|
|
16423
|
2
|
4.Operatsion faoliyat bo‘yicha boshqa pul tushumlari va todovlari
|
040
|
|
|
29681
|
5
|
JAMI:
|
-
|
672375
|
100
|
627857
|
100
|
Operatsion faoliyat bo‘yicha sof pul kirimi yoki chiqimi
|
050
|
44518
|
7
|
|
|
Shunday bo‘lsada, fermer xo‘jaligi rahbariyati operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimi hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz. Chunki, mazkur faoliyat bo‘yicha pul mablagdari sof kirimining ko‘payishi kelgusida fermer xo‘jaligi moliyaviy holatining barqarorligiga va to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |