Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi



Download 21,09 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi21,09 Kb.
#412032
Bog'liq
2sem


Vаriаnt №4

  1. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi.

  2. O‘zbekistonda investistion faoliyatni ta‘minlash va uning shart-sharoitlari

  3. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyotga ta‘siri

1.Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari dеyiladi.

Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so’m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so’m (100000 × 1000) ga tеng bo’ladi.

Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bеra olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o’rin tutadi.

Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan kеyin qolgan qismi foyda dеb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda dеb ham yuritiladi.

Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi:

birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga kеladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;

ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.

Iqtisodiy foyda umumiy pul tushumidan barcha ichki va tashqi xarajatlar, shuningdеk, mе’yordagi foydani chеgirib tashlash orqali aniqlanadi.

Buxgaltеriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgaltеriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko’proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o’z ichiga mе’yordagi foydani ham oladi.

Iqtisodiy foydani izohlashda korxona xarajatlarini ham hisobga olish kerak. Bunda ushbu tushunchalar mavjud;

Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qilinadigan barcha sarflardir.

Ichki xarajatlar – korxonaning o’ziga tеgishli bo’lgan rеsurslardan foydalanish natijasida vujudga kеladigan xarajatlar.

Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan rеsurslarga to’lovlarni amalga oshirishga kеtgan xarajatlar.

Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o’zgarganda ham miqdorini o’zgartirmaydigan xarajatlar.

To’g’ri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bеvosita qo’shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.

Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan xarajatlar.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligida soha faoliyatining 2020-yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari sarhisob qilindi. Joriy yil yanvar- sentyabr oylarida boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarining umumiy oʻzlashtirilgan hajmi 7,2 milliard dollarni, (shundan asosiy kapitalga – 5,7 milliard dollar) shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 4,8 milliard dollar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablagʻlari – 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar boʻyicha tarmoq korxonalari tomonidan 1,8 milliard dollarlik investitsiyalar oʻzlashtirildi, shundan asosiy kapitalga 1,3 milliard dollar, (oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan — 126%), hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa 3,1 milliard dollar, shundan asosiy kapitalga 2,5 milliard dollar oʻzlashtirildi (oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan — 93%). Hisobot davri yakunlari boʻyicha xorijiy investorlar uchun eng jozibador elektrotexnika tarmogʻi (oʻsish — 2019-yilning shu davriga nisbatan 25 barobar), AKT sohasi (oʻsish — 3,6 barobar) va kimyo sanoati (oʻsish — 1,2 barobar) boʻldi. Hududlar kesimidagi koʻrsatkichlar koʻrib chiqilganda, Surxondaryo (1,1 barobar), Navoiy (1,7 barobar) va Namangan viloyatlariga (1,3 barobar) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻsishining yuqori dinamikasi kuzatildi. Investitsiya faoliyati koʻrsatkichlarining sezilarli oʻsishi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan Oʻzbekistonga ajratiladigan mablagʻlar oqimining koʻpayishi bilan ham bogʻliq boʻlib, ularning asosiy qismi Yaponiya hukumatining moliya tashkilotlari — JICA, JBIC (umumiy hajmga nisbatan 20% yoki 470,8 million dollar), Osiyo taraqqiyot banki (16,6% yoki 380,0 million dollar), Jahon banki (11,2% yoki 256,8 million dollar), Islom taraqqiyot banki (3,6% yoki 81,2 million dollar) va boshqalarga toʻgʻri keladi.

Ushbu mablagʻlar neft-gaz sanoati (884,3 million dollar), qishloq va suv xoʻjaligi (461,9 million dollar), kimyo sanoati (272 million dollar), energetika (205,7 million dollar), transport-logistika sektorlari (171 million dollar), sogʻliqni saqlash (70,0 million dollar) va taʼlim sohasidagi (32,4 million dollar) loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirildi.

Hisobot davrida jami 3,3 milliard dollarlik 65 ta yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi yakunlandi, buning hisobiga 13 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” loyihasi, Navoiy viloyatida “Navoiazot” AJ negizida azot kislotasi ishlab chiqarilishi, Toshkent shahrida “Texnopark” MCHJ va uning shoʻba korxonalarida 62,1 million dollarga maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarish, 466,1 million dollar miqdorida yer usti metro qurilishi (1-Faza), 103,8 million dollarlik Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichining qurilishi, Jizzax viloyatida esa 150 million dollarlik “Xuasin Sement Djizak” MCHJda sement ishlab chiqarilishi boʻyicha loyiha.

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “Oʻzbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratishni maʼqulladi. Bu haqda bankning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ma`lum qildi.

Taʼkidlanishicha, loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI) va universitetlarda xalqaro darajadagi tadqiqotlarni oʻtkazishga hissa qoʻshadi va ularning ish natijalarini tijoratlashtirishga imkon beradi.

Tadqiqot mavzulari qayta tiklanadigan energiya manbalari, kam uglerodli texnologiyalar, tibbiyot va virusologiya sohasidagi turli mavzular, shu jumladan COVID-19 hamda boshqa ilm-fan va texnologiyalarning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha boʻlishi mumkin. Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadqiqotlar natijalari boʻyicha xalqaro ekspert jurnallarida 50 ga yaqin maqolalarni nashr etish rejalashtirilgan.

3.Budjet taqchilligi  - budjet xarajatlarining daromadlar qismidan ortiqcha bo'lishi natijasida vujudga kelgan farq. Davlat qarzlari budjet taqchilligshi qoplash maqsadila davlat tomonidai jalb qilingan moliyaviy resursyaar.

Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez sur'atlar bilan o'sadi. Bu holning sabablari ko'p bo'lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayottining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o'sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi.

Budjet taqchilligining o'sishi mutloq miqdorda va uning YAPI milliy mahsulot (YAMM)ga iisbatida aniq namoyon bo'ladi. [999 yilda Respublikamiz davlat budjetining taqchilligi MMga nisbatan (1,8) faqat 2 foizni tashkil qilgan.

Byudjst taqchilliganing o'zgarishi xo'jalik konyukturalariga joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va rsjalanishlarni ham aks ettiradi, krizislar davrida davlat budjetga mablag'lari hisobidan iqtisodiyotning ma'lum sektorlari ishlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda, investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi.

Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash) ning muhim shroiti davlat krediti bo'lib chiqadi. Davlat krediti deganda, mavlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida chiqadigan barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig'indisi tushuniladi.

Moliyaviy resurslarni davlat qarz olishning asosiy shakli bu davlat zayomlarini chiqarish hisoblanadi.Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi.

Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko'payishi bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha massasini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjeti moliyalashtirish pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflyatsion ta'sir ko'rsatadi. Pul massasining o'sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko'payishi bilan birga bormaydi.

Davlat qarzlarining to'xtovsiz ko'payib borishi, milliy daromadni foiz to'lovlari shaklida, tobora ko'proq qayta taqsimlanishga olib keladi.

Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo'yicha foiz to'lovlari o'sish sharoitida, davlat qarzlarini to'lash vaqtini imkon darajada cho'zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o'rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo'yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berish va vaqtincha davlatnin moliyaviy ahvolini yengillashtirish mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshiish va qarzlar umumi miqdorining o'sishi bilan bog'liq.

Xo'jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o'sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o'ziga zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, bo'sh pul mablag'larining milliy chegaradan tashqaridagi manbaalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi.



Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi.

Xalqaro kreditning tez o'sishi kapitalning mamlakatlarar» migratsiyasi, mamlakat varegionlar iqtisodiy o'zaro bog'liqligining chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning extiyojlarini qondirish, ham davlat byudjei taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o'sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiy milliy vositalar bilan nazorat qilib bo'lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar iqtisodiyotini kuchayib boruvchi bog'liqligi hisoblanadi.
Download 21,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish