Mineral moddalar
. Don tarkibidagi mineral yoki kul moddalar miqdorining o’zaro
nisbatini donni 600-900°S haroratgacha kuydirib maydalab aniqlash mumkin. Don
tarkibida fosfor, kaliy, magniy, kaltsiy, natriy, temir, xlor va boshqa moddalar bo’ladi.
Juda kam miqdorda marganets, nikel, kobalt va boshqa moddalar uchraydi. Bu elementlar
turli organik birikmalar tarkibiga kiradi.
Don tarkibida turli miqdorda pigmentlar, vitaminlar hamda fermentlar bo’lib, ular
donni saqlash hamda qayta ishlash jarayonida sifat hamda miqdor jihatidan ham o’zgarib
turadi. Masalan, don massasi saqlash davrida o’z-o’zidan qiziy boshlasa, don tarkibidagi
oqsil hamda kraxmallar parchalanishi natijasida qo’ng’ir rangga kiradi. Bu esa mahsulot
sifatining nafaqat pasayishiga, balki to’liq yaroqsiz holga kelishiga ta`sir etadi.
1.4. Don uyumlarini saqlash tartibi va usullari
Don uyumlarini saqlash tartib va usullari uziga xos xususiyatlarga
asoslangan.
Saqlashni muvaffakiyatli tashkil etishda don uyumining xar birini aloxida
xususiyati va axamiyatini tushunish kamlik kiladi. Ular orasidagi uzaro bog`liqlik
xususiyatlarini fakat tugri ishlata bilish xamda don uyumi bilan uning atrof muxiti
urtasidagi uzaro xarakat kuprok texnologik va iktisodiy samaradorliknn
ta`minlaydi.
Don uyumlarini saqlash ob`ekti sifatida urganilishi lozim bo’lgan ularning
xolati va saqlan ishiga ta`sir etuvchi omillar quyidagilar xisoblanadi: Don
uyumining namligi va uning atrof-muxiti; Don uyumi va atrof-muxitning
xarorati; Don uyumiga xavoni etib borishi (uning aeratsiya darajasi).
Ushbu omillar don uyumlarini saqlash tartibi asosida quyilgan. Xozirgi
paytda quyidagi saqlash tartibi kullaniladi: don uyumini kuruk xolda saqlash; don
uyumini sovutilgan xolda saqlash; don uyumini xavosiz joyda saqlash.
Don uyumlarini saqlashda uning barkarorligini oshirish uchun saqlash
tartibiga zaruriy ravishda kushimcha yordamchi tadbirlar kullaniladi. Bunday
tadbirlarga
don
uyumini
omborlarga
joylashtirishdan
avval
begona
aralashmalardan
tozalash,
faol
shamollatish
kimyoviy
moddalar
bilan
konservalash, don zararkunandalariga karshi kurashish xamda kompleks operativ
tadbirlarga rioya kilish va boshkalar kiradi.
Turli ekin donlarini kancha muddatgacha saqlash imkoniyatini bilish juda
muximdir. Saqlan ish muddatlari don turlariga karab emas, balki foydalanish
soxalariga karab xam fark kiladi. Donning iste`molga yarokli bo’lgan don
tayyorlashdagi
hamma
sifat
ko’rsatkichlari,
unuvchanligi
va
boshka
xususiyatlarining tulik saqlan ish davriga donning saqlan ish muddati deyiladi.
Urug`lik donlarning saqlan ish muddati iste`mol uchun foydalaniladigan
donlarning saqlash muddatidan biroz kiska bo’ladi. Urug`lik donlarni saqlan
ishiga karab ikki muddatga bo’linadi. Birinchisi — u biologik saqlan ish muddati
bo’lib, donning oxirgi aklanish muddati deyiladi yoki bir dona bo’lsa xam ning
unuvchanlik kobiliyatini saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan muddatdir. Ikkinchisi
esa xujalik uchun xamiyatga ega bo’lgan saqlan ish muddati bo’lib, don turiga
karab davlat standartlari talabiga javob beradigan, unib chikish kobiliyatini
saklagan muddatga aytiladi.
Bo’lardan tashkari, donlarda yana texnologik saqlan ish muddati xam
xisobga olinadi. Bu muddat don uyumining foydalanish soxasiga karab (iste`mol
uchun va texnik maksadlarda) davlat standarta buyicha konditsiya talabiga tulik
javob beradigan muddatdir. Donning saqlan ish muddati kupgina omillarga:
botanik turiga, ustirilgan sharoitga, pishish darajasiga, shlov berish sifatiga
(tozalash, kuritish) va saqlash sullariga bog`liq. Biologik saqlan ish muddatlariga
karab hamma ekin donlari asosan mezobiotik va mikrobiotik guruxlarga bo’linadi.
Mezobiotik guruxga unuvchanligi, kukarish krbiliyati bir necha kundan uch
yilgacha, mikrobiotik guruxga kiradiganlari uch yildan 15 yilgacha, yana bir
guruxi esa 15 yildan 100 yil va undan uzoq muddat saqlan ish kobiliyatiga ega
bo’lgan donlar kiradi. Don ekinlarining kupchiligi mezobiotik guruxga taallukli
bo’lib, kulay sharoit yaratilganda besh-un yilgacha saqlan adi. Masalan, bug`doy
va javdar donlari kulay saqlash sharoitida etti-un yil saqlan gandan keyin xam non
tayyorlashdagi sifat ko’rsatkichlari, un chikish mikdorini yukotmaydi va
tegirmonda maydalash uchun ishlatiladi. Ayrim tashki sharoit omillari, ya`ni xavo
xaroratining tez uzgarishi va mexanik ta`sirlar donning tezda buzilishiga olib
keladi xamda dondan olinadigan maxsulot sifatining pasayishiga ta`sir etadi.
Don massasini quruq xolda saqlash. Don massasi turlari bœyicha kritik
namlikdan past holda saqlanganda don tarkibidagi barcha tirik komponentlar anabiotik
holda bœladi, ya`ni modda almashininsh jarayonlari, nafas olish va boshqa barcha
fiziologik jarayonlar keskin pasayadi. Don massasi bu usulda saqlanganda xœjalik
ahamiyatga ega bœlgan barcha kœrsatkichlari (unuvchanligi, texnologik belgilari) uzoq
muddatgacha tœliq saqlanadi. Tashqi sharoit omillaridan yaxshi muhofaza qilinib,
tozalanib saqlansa, donlarni omborlarda 4-5 yilgacha, siloslarda 2-3 yilgacha hech
qanday qœshimcha ishlov bermasdan saqlashmumkin.
Bu usulda saqlangan donlarda hamma vaqt kuzatuv ishlarini olib borish tavsiya
etiladi, chunki sal qulay sharoit tuђilsa don tarkibida zararkunanda va turli
mikroorganizmlar rivojlanib, don massasining œz-œzidan qizishiga olib keladi. Don
massasini quruq holda saqlashda havoning namligi juda katta ahamiyatga ega.
Don va dukkakli donlarning namligi 12-14% bœlganda omborlarda uzoq vaqt
saqlanishi mumkin. Moyli ekinlar doni esa tarkibidagi moyning miqdoriga qarab
uruђning namligi 6-11% bœlganda yaxshi saqlanadi.
Don massasini qizdirilgan havo, atmosferaning quruq havosi va quyosh nuri
yordamida quritiladi. Bundan tashqari don massasi turli xil sorbentlar (xlorli kaltsiy,
sulfat, natriy silikagel va boshqa moddalar) yordamida quritiladi. Issiqlik yordamida
quritishda vakuum, yuqori chastotali tok, infraqizil nur, namligi sun`iy kamaytirilgan
havodan keng foydalaniladi.
Don massasi qaysi usulda quritilishidan qat`i nazar, uning sifat kœrsatkichlari
tœliq saqlanishi lozim. SHu sababli don massasini quritishda uning fizik va fiziologik
xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Don massasini quritish donchilik xœjaliklarida tabiiy va sun`iy issiqliklardan
foydalanib olib boriladi. Tabiiy usulda quritish quyosh nuri yordamida amalga oshiriladi.
Bu usulda donni quritish O’rta Osiyoda keng qœllaniladi. Donni qœyoshda quritishda
uning yuza qismida joylashganlari obdon quriydi, uning ichki qismdagilari esa yaxshi
qurimaydi. Demak donni quyoshda quritishda uning uyum qalinligi muhim ahamiyatga
ega ekan. Ђalla ekinlari donini quyoshda quritishda uning qalinligi 10-20 sm, dukkakli
don ekinlari donini 10-15 sm, tariq doni esa 4-5 sm qalinlikda yoyib qœyish tavsiya
qilinadi.
Donni quritish uchun foydalaniladigan maydonchalar asfaltlangan yoki
yoђochdan pol qilingan bœlishi lozim. Donni tsementlangan yoki brezent tœshalgan
maydonlarda quritish tavsiya qilinmaydi.
Quritish maydonchalari janubga qarab biroz qiyalikda bœlgani ma`qul bœlib,
bunda donning qurishi ancha tezlashadi. Donni quyoshda quritishda uni muntazam
ravishda (har 2-3 soat mobaynida) aђdarib turish kerak. Agar donni quyoshda quritish
texnologiyasi tœђri amalga oshirilsa, uning namligi bir kunda 1-3% ga kamayishi
mumkin. Quritiladigan don massasi kechasi albatta uyib brezent va boshqa material bilan
yopib qœyilishi lozim.
Don massasini quyoshda quritish uning pishib etilish jarayonini tezlashtiradi va
saqlashga chidamliligini oshiradi. Don massasi quyosh nurida ma`lum miqdorda
sterilizatsiya bœladi. Mikroorganizmlar, hasharotlar va kanalar miqdori don massasida
keskin kamayib ketadi.
Don massasini sovitilgan holda saqlash. Bu usul termoanabioz qonuniyatiga
asoslangandir. Don tarkibidagi turli xil tirik komponentlar past harorat ta`sirida œz
faoliyatini sekinlashtiradi yoki butunlay tœxtatishi mumkin. SHu bilan birga, donda
bœladigan bir qator fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishi ham sekinlashadi.
Don massasidagi begona aralashmalarnnng ham hayot faoliyati ancha sustlashadi.
Donni sovitilgan holda saqlashuning nssiqlikni yomon œtkazish xossasiga
asoslangan bœlib, mamlakatimizning kœpgina ђallachilik mintaqalarida donni
sovitilgandan keyin bir yil va undan ortiq vaqtgacha saqlashimkoniyatini beradi. Donni
sovitilgan holda saqlashuni tabiiy sovitish imkoniyati bor zonalarda keng qœllaniladi.
Don partiyasi uning harorati 10°S dan oshmagan taqdirda sovitilgan hisoblanadi.
Don massasining hamma qatlamlarida harorat 0S dan 10S gacha bœlgan holatda birinchi
darajali sovitilgan, harorat 0S dan past bœlsa ikkinchi darajali sovitilgan hisoblanadi.
Agar don massasi uzoq vaqt saqlashga mœljallangan bœlsa hamda don
tarkibidagi namlik 12,0-12,5% bazis konditsiyadan past bœlsa 5-8S gacha sovitish
mumkin.
Don massasini qanday haroratgacha sovitishni aniq aytishdan oldin donning
turinigina hisobga olmasdan, balki uning tarkibidagi namlik, qanday maqsadlarga
ishlatilishi, pishish darajasi va boshqa omillarni ham hisobga olish talab etiladi.
Don massasini sovitish ikki usulda œtkaziladi: passiv sovitish, faol sovitish.
Passiv sovitishda don massasini havo salqin paytlari sovuq havo bilan
aralashtirish yoki bir joydan ikkinchi joyga kœchirish yœli bilan sovitiladi.
Faol sovitish maxsus statsionar yoki kœchma moslama yordamida don tozalagich
mashinalarda, transportlarda yoki siloslarda œtkaziladi.
Don massasini sovitishning ilђor usuli faol shamollatish hisoblanadi. Donni
sovitishda uni namlantirishdan ehtiyot bœlish lozim. SHu sababli donni sovitishda
muntazam ravishda œning namligini aniqlab turiladi.
Don massasini havosiz (germetik) joyda saqlash. Bu usul anoksianabioz
qonuniyatiga asoslangan bœlib, don massasining oraliђida kislorod bœlmasligi natijasida
don va boshqa har qanday tirik aralashmalarda aerob nafas olish jarayoni susayadi. Don
massasi tarkibidagi turli xil aerob mikroorganizmlar hamda zararkunandalarning
rivojlanishi uchun imkoniyat bœlmaydi. Don massasi bu usulda saqlanganda uning
barcha sifat kœrsatkichlari uzoq muddat davomida tœliq saqlanibgina qolmasdan, balki
saqlashdavrida bœladigan nobudgarchilik miqdori ham keskin kamayadi.
Don massasi germetik sharoitda sifatli saqlanishi uchun uning namligi kritik
namlikdan kam bœlishi lozim. Aks holda don qorayadi, ta`mi œzgaradi va yoqimsiz
hidga ega bœladi, natijada uning texnologik va oziqlik xususiyatlari birmuncha pasayadi.
Germetik sharoit karbonat angidridning tabiiy tœplanishi va tirik organizmlarning
nafas olishi natijasida kislorodning kamayishi hisobiga, don massasiga turli xil gazlarni
yuborib, don oraliђidagi havoni siqib chiqarib va don massasida vakuum hosil qilish yœli
bilan yaratiladi. Don massasini germetik sharoitda saqlashuchun maxsus germetik
omborlar bœlishi talab qilinadi. Hozir amalda don massasini germetik usulda
saqlashuchun qazilgan zovurlardan foydalaniladi. Don saqlanadigan zovurlarning
chuqurligi 3,5 m, eni 3 m, uzunligi keragicha bœlishi mumkin.
Œrta Osiyo Respublikalarida em-xashak uchun ajratilgan donlar zovurlarda
yaxshi saqlanadi. Don massasini saqlashzovurlarni germetiklashtirish darajasiga boђliq.
Namligi yuqori bœlgan don massasini quritmasdan faqat germetik sharoitda
sifatli saqlashmumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |