Oziq-ovqat pigmentlari va rang beruvchi moddalari va ularni tahlil qilish
Reja:
1. Pigmentlar haqida tushuncha.
2. Ozuqaviy bo`yoqlar klassifikasiyasi.
3. Rang rostlovchi materiallar.
PIGMENTLAR PIGMENTLAR (lot. pigmentum — boʻyoq) — rangli (shu jumladan oq va qora ranglar) suvda, erituvchilarda va plyonka hosil qiluvchilarda erimaydigan, boshqa birikmalar yoki materiallarga rang berish qobiliyatiga ega bo'lgan individual yoki aralash dispers mahsulotlardir. - 1) (biologiyada) organizmlar toʻqimalari tarkibiga kiradigan boʻyoq birikmalar. Pigmentlar rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spektrining koʻzga koʻrinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi b-n bogʻliq. Pigmentlar sitoxromlar, katalaza va b. fermentlar, membrana struktura tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar bilan birga kompleks qosil qiladi. Hujayrada pigmentlar maxsus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va b.) ichida, baʼzan hujayra shirasida boʻladi. Koʻpchilik hayvonlarda maxsus pigmentlar hujayralari mavjud. Pigmentlar fotobiol ochiq jarayonlarida (fotosintez, koʻrish, fotoregulyatsiya) katta ahamiyatga ega; nafas olishda ishtirok etadi (gemoglobin, sitoxromlar, xromogenlar), organizmni ultrabinafsha nurlar taʼsiridan saqlaydi (oʻsimliklarda — karotinoidlar va flavonoidlar, hayvonlarda — melaninlar), hayvon va oʻsimliklar rangini belgilaydi. Pigmentlardan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.
2) (kimyoda) — suvda, organik erituvchilarda, parda hosil qiluvchi moddalarda va b. boʻyaladigan muhitlarda erimaydigan (boʻyagichlardan farqli oʻlaroq) yuqori dispers kukunsimon boʻyovchi moddalar. Pigmentlar materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik pigmentlar — kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Mono va disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalosianin pigmentlarning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa pigmentlardan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik pigmentlarning ham ahamiyati katta. - 2) (kimyoda) — suvda, organik erituvchilarda, parda hosil qiluvchi moddalarda va b. boʻyaladigan muhitlarda erimaydigan (boʻyagichlardan farqli oʻlaroq) yuqori dispers kukunsimon boʻyovchi moddalar. Pigmentlar materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik pigmentlar — kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Mono va disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalosianin pigmentlarning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa pigmentlardan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik pigmentlarning ham ahamiyati katta.
- Anorganik pigmentlar — tarkibida koʻp miqdorda temir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar boʻlgan tabiiy minerallar. Anorganik pigmentlarning rangi boʻgʻiq, organik pigmentlarga qaraganda zichligi katta, yorugʻlikka chidamli. Pigmentlar, asosan, lak-boʻyoq materiallar (emallar, boʻyoqlar, jumladan, bosmaxona boʻyoqlari va badiiy boʻyoklar), shuningdek, plastmassalar, rezinalar, qurilish materiallari, kosmetik preparatlar va b. tayyorlashda, sunʼiy va sintetik tolalarni boʻyashda, sunʼiy charm va gazlamalarga bosma rang berishda koʻplab ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |