Texnologik jarayon tavsifi 8



Download 362,47 Kb.
bet1/13
Sana18.07.2022
Hajmi362,47 Kb.
#823824
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Said kamol BMI (Автосохраненный)





Mundarija


Kirish 3
Texnologik jarayon tavsifi 8
Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning funksional chizmasi va bayoni 10
Avtomatlashtirish vositalarning buyurtma spesifikatsiyasi 12
Elektr manba prinsipial chizmasining bayoni 16
Avtomatik rostlash hisobi 21
W(p) = 23
Tizimning MATLAB dasturidagi modeli 23
Texnik - iqtisodiy hisob qismi 26
Atrof muhit muhofazasi qismi 29
Fuqoro muxofazasi 35
Mehnat muhofazasi 39
Xulosa 44
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 45


Kirish



Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar – benzin, kerosen, dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar plastmassalar, sintetik kauchik va smola, sun`iy tola va yuvish vositalari, dori–darmonlar va shu kabi bir qator xalq ho’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida foydalaniladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasini isloh qilishga doir qaror qabul qildi. Respublikaning neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. So‘nggi yillarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirish hamda energiya resurslariga tobora oshib borayotgan ehtiyojni ta’minlashning muhim omili bo‘lgan energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, geologiya qidiruv ishlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va narxlarni shakllantirish ishlarining samarasizligi respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlanmasligiga, neft-gaz tarmog‘i korxonalari moliyaviy holatining yomonlashuviga olib keldi.
Jumladan, so‘nggi 20 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmi 8 foizga oshgani holda mamlakat korxonalari tomonidan uni qazib olish hajmi 29 foizga pasaydi, 2008-2018yilda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 4 foizga qisqardi, o‘tgan 5 yil davomida tabiiy gazning tabiiy zaxiralari o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 70 foizga yaqin hajmni tashkil etdi.
2017-2018 yillarda moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi va moddiy-texnik resurslarning taqchilligi natijasida tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 42 foizni tashkil etgan xolos.Tartibga solish funksiyalari va tijorat faoliyatini o‘zida birlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof bo‘lmagan tizimi neft-gaz tarmog‘i korxonalarida zamonaviy menejmentni joriy etishga, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, neft-gaz tarmog‘i korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilg‘or boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida bir qator chora tadbirlar qabul qilindi.
Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e`tibor berildi. 1971- yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo’jaligi uchun eng arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 tabiy gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni tashkil etdi. 1984- yil to’rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi.Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xomashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli (4,5-5,0%) O’rtabuloq,Dengizko’l-Hauzak, Samantepa konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi.
1997-yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan xorijiy
davlatlarning ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fransiya “Teknip”
kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga
tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2.5 mln. tonna neft va gaz kondensati
aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda neft va gaz kondensati
aralashmasini birlamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Zavodni asosiy
xomashyo manbai Ko’kdumaloq konlaridan olinyotgan gazkondensatlari va
olinadigan mahsulotlari esa asosan suyultirilgan gaz, yuqori sifatli benzin navlari,
kerosin va dizel yoqilg’ilari, hamda qoldiq - mazut hisoblanadi.
Oxirgi yillarda yurtimizda texnika texnologiya va avtomatika sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, yurtimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modernizasiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar ham amaliy samarasini bermoqda.
Bundan tashqari avtomatlashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. Sanoatni avtomatlashtirishning istiqbollarini baholashda faqat avtomatik boshqarish tizimlari va avtomatikaning texnik vositalari tavsifnomasi bilangina cheklanib qolmasdan balki avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish boshqarishning tizim va vositalarini tashkil etishning hamda iqtisodning o‘zaro shakllanilgan muommolarini keng qamrovda qarab chiqish kerak. Bunda avtomatlashtirishning uzluksiz rivojlanuvchi jarayon ekanligini, u ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchlik sohalari bilan uzviy bog‘langanligini ham hisobga olish kerak. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish dinamikasiga quyidagi ko‘p sonli qonun va tasodifiy omillar tasir ko‘rsatadi. Texnalogiya va qurilmaning, holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi xomashyo chala mahsulotlar, energitik resurslarning sifati hamda kadrlarning malakasi, ishchi va mutaxasislar faoliyatini tashkil etish va hokozalar.
Texnologik jarayonlar va yordamchi xizmatlarni avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirishning va mehnat sharoitlarini yaxshilash emas balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish birlamchi mahsulotga ketadigan moddiy va mexanik xarajatlarni pasaytirib, uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ortirish bilan bog‘liq. Iqtisodiy omillar avtomatlashtirishning samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkoniyat bo‘lmaydi. Chunki zamonaviy zavodlar, sexlar, bo‘limlar uchastkalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitida zararli ishlarni yo’qotish hisobiga yaxshilash, loyihalanayotgan va ko‘rilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilgan texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Iqtisodiy samaradorlikka bir qancha chora tadbirlarni o‘tkazish hisobiga erishiladi va u ishlab chiqarish hamda korxona uchun yaxlit bog‘lanadi. Bu hollarda avtomatlashtirishni mustaqil ravishda iqtisodiy baholash ko‘pincha qiyinlashadi. Chunki bu yangi ishlab chiqarishning yoki korxonaning umumiy iqtisodiy bahosi bilan qo‘shilib ketadi. Jadal texnik taroqqiyot tufayli yosh ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng yangilanishni talab qiladi. Shu jumladan amaldagi avtomatlashtirish tizimlari va vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlar bilan almashtirishni talab qiladi.
Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishdagi, shuningdek texnologiya va jihozlarni modernizatsiyalashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lish mumkin. Texnologiya jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprossesor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo’llab keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda avtomatlashtirish eng katta samara beradi. Aytilganlardan avtomatlashtirishning ilmiy texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyotini xodimlarning madaniyatini va turmush darazasini ko‘rsatishda, ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lishi kelib chiqadi. Biroq sanoatni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti institutlarda konstruktorlik binolarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini yuqori ilmiy texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika bo‘yicha ya’ni o‘z sohasida shu sohani yaxshi biladigan ko‘p sonli malakali xodimlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat. Hozirgi kunda Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini tubdan yaxshilashdir.
Yangi qurilayotgan hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarda zamonaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini joriy qilinishi, ularni samarasi ishlashi ko‘p jihatdan loyiha hujjatlarini rasmiylashtirilishi, mazmuni va tarkibiga, montaj ishlarini zamonaviy usullarda olib borilishiga, avtomatlashtirish tizimi texnik vositalarini ishlatilish va sozlash talablariga rioya qilinishiga bog‘liq.

Texnologik jarayon tavsifi


Mazutni destruktiv hayjash jarayonidan maqsad katalitik kreking qurilmalari uchun xom ashyo hisoblangan gazoyl frakstiyalari miqdorini ko’paytirishdir. Jarayonni muhimligi shundaki, xom ashyo termik parchalanishi bilan uning smolali qoldiqlari bug‘latgichda qoladi.destruktiv haydash vaqtida benzin va kerosin frakstiyalari asosan zmeevikli pechda hosil bo’lsa, gazoyl frakstiyalari past bosimlarda va 320-360 oC da ishlovchi bug‘latishda hosil bo’ladi. Krekinglanadigan suyuqlikning bug‘latgichda bo’lish davomiyligi taxminan 1,5 soatni tashkil etadi. Xom – ashyoni pechdan chiqishdagi harorati 460-475 oC ga teng. Xom – ashyoni bir karrali o’tkazishdagi uzluksiz ishlovchi qurilma tarkibiga qizdirish pechi va bug‘latuvchini o’z ichiga oluvchi yuqori temperaturali sekstiya va frakstiyalash, hamda sovutish sekstiyalari kiradi.


Neftni haydash qurilmasidan kelayotgan mazut 8-nasos yordamida 5 va 6-issiqlik aralashtirgichlardan o’tib 2-zmeevikli pechga beriladi. Mazut zmeevikli konvekstion quvurlari bo’ylab o’tib, radiant qismi quvurlariga tushadi. Radiant qism quvurlar ikkinchi qatori bo’ylab qizdirilgan bug‘ kiritiladi. Aralashma zmeevikni radion qismidan chiqib, 3-bug‘latgichni pastki qismidan beriladi bu erda ham aralashma berilayotgan qismni pastidan qizdirilgan suv bug‘i beriladi. Bug‘latgich hajmi suyuqlikni bo’lish vaqti va u orqali suv bug‘ini haydash uchun etarlidir
Bug‘latgichdan 4-porshenli nasos yordamida chiqariladigan og‘ir qoldiqni qovushqoqligini kamaytirish maqsadida 2-nasos yordamida suyultiriluvchi qo’shimcha qo’shiladi. Sukyultiriluvchi qo’shimcha sifatida qurilmadan olinayotgan dizel frakstiyasidan oz miqdorda qo’shiladi.
Bug‘latgich yuqoridan chiquvchi tarkibida oz miqdorda kreking gaz bo’lgan aralashma bug‘lari 5 – issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchilar hisoblanadi, bu erdan uglevodorod kondensati, gazlar va bug‘lar 9-rektifikastionkolonna pastki tarelkasidan beriladi. Bu kolonnani 6 va 7-tarelkalar oralig‘ida ichki tub joylashtirilgan. Aralashma bug‘lari 6-tarelkaga etganda, 6-issiqlik almashtirgichda yuboriladi. Bu erda hosil bo’lgan suyuq flegma 5-tarelkaga oqib tushadi, bug‘lari esa 7-tarelka ostidan kiritiladi, kolonnadagi tarelkalarning umumiy soni 15 ta.
Kolonna pastki mahsuloti boshlang‘ich qaynash harorati 340 oC atrofidagi gazoyl frakstiyasi hisoblanadi. Dizel yoqilg‘isi frakstiyasi 10-bug‘latish kolonnasi orqali chiqariladi.
Oltingugurtli mazut (zichligi 20 oC da 942 kg/m3, koks darajasi 9,5% (massa, oltingugurt miqdori 2% massa) va 350 oC gacha bo’lgan frakstiya 4,7% massani mazutni destruktiv haydashdagi qurilma ish rejimi quyida keltirilgan.


Download 362,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish