1-mavzu: Neft va gaz kimyosi fanini asosiy maqsad va vazifalari.
"Neft va gaz kimyosi fanini o’qitishdan maqsad — talabalarni neft, gaz kondensati va gazlarni fizik va kimyoviy xarakteristikalari bilan: neft, gaz kondensati va gazlarning kimyoviy tarkibiy qismi bilan: termodestruktiv va gidrogenizatsion jarayonlarda neft, gaz kondensati va gazlarning utlevodorod tarkibini o’zgarishi mexanizmi bilan tanishtirishdir.
" Neft va gaz kimyosi " fanini o’qitishning vazifasi talabalarda neft, gaz kondensati va gazlarni kimyosi va fizikasi bo’yicha nazariy asos shakllanishini:Kelgusida o’tiladigan "Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi" fanini o’zlashtirish uchun nazariy asos tayyorlashni ta’minlashdan iboratdir.
Talabalarning bilimi, malakasi va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar " Neft va gaz kimyosi " fanini o’zlashtirgan talaba quydagilarni bilishi shart: neft, gaz kondensati va gazlarni va ularni qayta ishlaganda hosil bo’ladigan mahsulotlarni, asosiy fizik — kimyoviy xarakteristikalarini: laboratoriya ishlarini bajarish texnikasini to’la egallashi, olingan natijalarni hisoblay olishi: zarur bo’lgan material va issiqlik hisob-kitoblarini bajara olishi: neftni qayta ishlash, neft kimyosi va gazni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan xom ashyo, tayyorlangan maxsulotlarni sifatini nazorat eta olishi lozim.
Mazkur fanni o’zlashtirish uchun zarur fanlar va ularning bo’limlari " Neft va gaz kimyosi " fanini o’qiydigan talaba matematika, fizika, informatika, anorganik va organic kimyo, fizik kimyo fanlaridan etarli darajada ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
Fanni o’qitishda Kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy o’qitish texnolo giyalarining qo’ llanilishi " Neft va gaz kimyosi " fanini o’qitish Kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy o’qitish texnologiyalarining qo’llanilishi bilan amalga oshiriladi.
Neft odamlarga qadim zamonlardan ma’lum. XVIII asrdan boshlab undan Kerosin olib, XIX asrda — benzin olib ishlatila boshladi.
Hozirgi vaqtda neft — asosiy energiya manba hisoblanadi. SHu bilan birga neft va undan olinadigan mahsulotlar plastmassa, KauchuK, sun’iy tola, sirt —aKtiv moddalar, mineral o’g’itlar, xattoKi oqsillar va boshqa sun’iy buyumlar olish uchun ishlatiladi. SHu sababli neftning tarKibini va undan olinadigan mahsulotlarni xossalarini o’rganish Katta ahamiyatga ega.
Neftni eng Ko’p qismi yaqin va o’rta sharqda, SHimoliy AmeriKa, Janubiy AmeriKani ba’zi rayonlarida, SHimoliy va g’arbiy AfriKa, Sharqiy — Janubiy Osiyo mamlaKatlarida joylashgan.
Volga va Ural rayonlarida, g’arbiy Sibir, Shimoliy KavKaz, ZaKavKaze, g’arbiy UKrainada, TurKmaniston, O’zbeKiston, Qozog’iston rayonlarida joylashgan.
XIX asrni oxirida BaKu rayonida, KeyinchaliK Krasnodar o’kasida, Grozniyda, Dog’istonda, Saxalin va boshqa rayonlarda neft olina boshlandi. XX asrni birinchi yarmida Volga —Ural rayonida neft olina boshladi, KeyinchaliK g’arbiy Sibirda neft boyliKlari topildi. Asrimizning boshidan boshlab o’rta Osiyo va Qozog’iston rayonlarida neft Konlari topilib, ishga tushirildi. Gaz ham tabiiy boyliKKa Kiradi. U anchadan beri odamlarga ma’lum. Uni yoqilg’i sifatida ishlatib Kelingan. 50 nchi yillarga Kelib o’rta Osiyoda, KeyinchaliK g’arbiy Sibirda va boshqa rayonlarda gazni yiriK Konlari ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |