O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

1.
 
Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr). 
Domit- sian o‗limidan so‗ng senat 66 
yoshli senator Mark Koksey Ner- vani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi 
bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmron- ligi boshlandi. U qadimgi senator 
urug‗idan bo‗lib, uning sayla- nishi senat va imperator o‗rtasidagi kelishuvning ramziy belgisi 
edi. Nerva qo‗shinda tayanchga ega bo‗lish uchun Germaniya provinsiyasi noibi Mark Ulpiy 
Trayanni taxt vorisi etib tayin- lashga majbur bo‗ldi. Trayan askarlar o‗rtasida obro‗-e‘tiborga 
ega edi. Nerva agrar qonun qabul qilib, eng kambag‗al fuqa- rolarga 60 mln sestersiyli yerni 
taqsimlab berdi. Kam ta‘min- langan fuqarolar, bolalarga mablag‗ ajratilib, ijtimoiy ta‘minot 
jamg‗arma tizimi asoslari yaratildi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan 
paytdan imperiya o‗zining iqti- sodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho‗qqisiga 
chiqdi (96-196-yillar). Bu imperiyaning oltin davri edi. 
Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib bo- rildi. U faol tashqi siyosat olib 
borib, imperiya hududlarini ken- gaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Rim 
qo‗shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo‗ylari- dagi kuchli Dakiya podsholigini 
bo‗ysundirdi. Dakiyaning podshosi Detsebal o‗z joniga qasd qildi. Dakiya Rim provinsiyasiga 
aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari Rimga katta o‗lja 
bo‗ldi. Dakiya g‗alabasiga bag‗ish- lab Rimda 123 kun turli tomoshalar ko‗rsatildi. Plebeyga 
mo‗l- ko‗l sadaqa ulashildi. Trayanning ajoyib termalari (hammom- lari), yangi suv quvuri 
hamda balandligi 30 metrli Trayan ko- lonnasi bunyod etildi. 106-yilda Arabistonda Nabatey 
davlati Rimga qo‗shib olindi. 
Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun 113-yilda urush 
boshladi. Keyingi yil Armaniston- ni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G‗ayratli imperator 
115-116-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo‗shinlarini tor- 
mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi. Butun Mesopotamiya Fors qo‗ltig‗igacha imperiya 
tarkibiga kirdi. Mahalliy aholining Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda 
vaziyatning notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg‗og‗idan olib ketishga majbur qildi. 
Sharqda yangi bosib olingan yerlar- ni rimliklar qo‗ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda 
Kilikiyada Trayan kasal bo‗lib, 117-yil avgustida vafot etdi. 


116 
Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o‗g‗li Publiy Eliy Adrian chiqdi (117-13 8-yillar). 
U Trayanga loyiq, juda puxta ma‘lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va 
uzoqni ko‗ra oladigan siyosatchi sifatida o‗z oldida turgan muammolarni juda yaxshi tushunar 
edi. Adrian davlat resurs- larining to‗la tugagani va Sharqda bosqinchilik siyosatining 
samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo‗yi chegaralarini tiklash sharti bilan 
tinchlik shartnomasini tuz- di. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa 
inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi.
Sharqda ishlarni tugallab, Adrian Yevropa va Afrikada im- periya chegaralarini 
mustahkamlash maqsadida chegara isteh- komlarini qurish bo‗yicha ulkan ishlarni amalga 
oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniya- da hozirgacha 
saqlanib qolgan. 
Adrian qo‗shinning yuqori jangovar holatda saqlab turish- ga katta e‘tibor berdi. U legionlarni 
Rim yoki lotin fuqaroli- gi bo‗lmagan provinsiya aholisidan to‗ldirishga ruxsat berdi. Chunki bu 
vaqtda qo‗shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy 
mashinasini var- varlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi 
tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tad- birlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini 
qayta tashkil qildi. Kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb 
qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasining ko‗plab vakillarini taklif qildi. Qullarni qatl 
qilishni taqiqladi. Uning vorisi Antonin Piy qullarga ibodatxona meh- robi va imperatorlar 
haykallari oldida panoh izlash huquqini berdi. U davlat pochtasini joriy qildi. Provins iyalar 
boshqaruvi- ni qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‗rnat- di. Adrian uzoq 
sayohat qildi va ko‗plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalari, mashhur Rim 
panteo- nini bunyod qildi. Panteon hashamatli marmar va ma‘budlar 
haykallari (inshoot markazida Yupiter haykali) bilan bezaldi. Panteon binosi hozirgi kunda 
mashhur kishilar dafn qilinadi- gan mavzoley. Adrian deyarli barcha provinsiyalarga safar qil- 
di. Safar davomida aholining turmush tarzini o‗rgandi, joylarda turli ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni hal qildi. Provinsiya zoda- gonlari Adrianning siyosatini qo‗llab-quvvatladilar. 
Rim shahri aholisi bilan provinsiyaliklar o‗rtasidagi farq yo‗qoldi. Adrian 138-yil og‗ir 
kasallikdan vafot etdi. Uning tantanali dafnidan so‗ng kuli solingan idish maxsus qurilgan 
mavzoleyga qo‗yildi. Uning vorisi Antonin Piy (138-161-yillar) boy senator bo‗lib, uning 
davrida iqtisodiy o‗sish davom etdi. U daklarning qo‗z- g‗olonini, Mavretaniyadagi norozilikni 
bostirdi. Parfiyaga bir vaqtlar bosib olingan podsho taxtini qaytardi. 
Adrianning vorisi kelib chiqishi Gall shahri Nimdan bo‗lgan Antoniy Piy (mil.avv. 138-161-
yillar) boy senatorlardan biri edi. Uning boshqaruv tamoyili aeguetas, felieitas, fides (ado - lat, 
baxt, sadoqat) edi. U Trayan va Adrian erishgan yutuqlarni mustahkamladi. Uning davrida 
Yahudiylar qo‗zg‗oloni (mil.avv. 152-yil), Misr (mil.avv. 155-152-yillar)da norozilik 
harakatlari yuz berdi. Qo‗zg‗olon ko‗targan gaklarga qarshi urush olib bor- di. Tashqi siyosatda 
Adrianning hamkorlik siyosatini olib bordi. Parfiya, Hindiston, Gerkaniyadan Rimga elchilar 
keldi. Trayan Parfiyadan tortib olgan taxtni Vologez III ga qaytarishdan bosh tortdi. 
Parfiyaning bosqinini murosa-muzokara bilan yo‗q qildi. 
Antoniylar sulolasining taniqli vakillaridan biri, tarixga taxt- dagi faylasuf sifatida kirgan 
Mark Avreliy (161-180-yillar) edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan 
yuqori bo‗lib, imperiya taqdiri uchun o‗z mas‘uliyatini to‗la anglab yet- gan edi. U senator va 
suvoriy toifalari bilan yaqin hamkorlik- da ish olib bordi. Senat tarkibiga ko‗pgina provinsiya 
zodagon- larini, ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo‗lgan nufuzli kishilarni 
kiritdi. Mark Avreliy 19 yil hukmronlik qildi. Unga qarshi shu yillar davomida b irorta ham 
fitna uyushtiril- madi. U 180-yil 59 yoshida Vindobana (Vena) shahrida vafot etdi. Rimda 
uning sharafiga kolonna bunyod etildi. 
Uning vorisi 18 yoshli o‗g‗li Kommod (180-192-yillar) imperator bo‗ldi. Antoniylar 
sulolasining so‗nggi vakili Kommod qo‗pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. 
Otasining o‗limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180 -


117 
yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o‗zining ochko‗z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga 
berildi. O‗z rafiqa sini qatl etib, buzuqchilk yo‗liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo‗lgan 
imperator o‗zini rimlik Gerkules deb e‘lon qildi. U omma oldida arslon terisini yopinib, yelkasida 
kaltak bilan paydo bo‗lar edi. Amfiteatr sahnasiga gladiator sifatida chiqdi. Oxir- oqibatda es-
hushini yo‗qotib, kalendarning barcha oylarini o‗z nomiga o‗zgartirdi. Hatto Rimning nomini 
o‗zgartirib, uni «Kom- mod» shahri deb atashga buyruq berdi. 
Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtirildi, lekin u amalga oshmadi. Shundan so‗ng 
senatorlar toifasiga qarshi ta‘qib, qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakat - 
lari, daklar va markomannlar qo‗zg‗olonlari qo‗shin tomonidan zo‗rg‗a bostirildi. 193 -yilga 
o‗tar kechasi Kommod gladiatorlar kazarmasida ma‘shuqasi va pretor gvardiyasi boshlig‗i qat- 
nashgan fitnada o‗ldirildi. U keyingi kun gladiator kiyimida konsullikni qabul qilishi kerak edi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish