O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
Milodiy II asr Rim imperiyasi- ning oltin davri hisoblanadi. Bu 
vaqtda imperiya eng katta hududga ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan 
janubda Nil ostonalarigacha, g‗arbdan Atlantika qirg‗oqlaridan sharqda Fors qo‗ltig‗igacha 
cho‗zilgan edi. Quldorlik tizimi o‗z taraqqiyotining yuqori cho‗qqisiga chiqdi. Ko‗p quldorlik 
xoja- liklari bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o‗tdi. Qullarga nisbatan shafqatsiz zulm 
kuchayib ketdi. 
Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu yerdagi sha- har hayoti o‗z taraqqiyotida 
yuqori bosqichga ko‗tarildi. Milodiy I-II asrlarda O‗rtayer dengizi hududidagi barcha xalqlar 
tarixda birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi tarkibiga kir - dilar. Rim 
provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar o‗rta- sidagi chegaralar tugatildi. Pul tizimlari 
ma‘lum darajada uni- fikatsiya qilindi. Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim 
imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr, 
Suriya, Kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuqori da - 
rajasiga erishdi. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi iberlar, kel‘tlar, Shimoliy Afrikadagi 
numidiyaliklar, liviyaliklar, Dunay bo‗yidagi pannonlar, illiriyaliklar va mezlar hali arxaik 
davrning so‗nggi bosqichida edilar. 
Rim istilolariga qadar g‗arbiy provinsiyalarda qishloq xojaligi qoloq bo‗lib, asosan g‗alla 
ekilgan. Yerga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim oroli aholisi qishloq 
xo‗jaligining rivojlangan shaklini g‗arbiy provinsiyalarga olib kirdilar. 
Gall vinolari, ispan zaytun moyi Italiya va yunon navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya 
hududida quldorlik xojaligi tez rivojlandi. O‗rta va yirik quldor xo‗jaliklari (villa) yetakchi 
o‗ringa chiqdi. Quldorlik xo‗jaliklarida qul mehnatidan keng foydalanildi. Barcha 
provinsiyalarda imperator yer egaligi keng tarqaldi. Milodiy II asrda imperator yerlari va 
xususiy kata latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli edi. G‗arbiy provinsi- yalarda o‗rta 
quldor pomestelari, mayda yer egaligi keng tarqal- di. Ayniqsa, kichik yer egaligi Pannoniya, 
Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va Fokeyada avj oldi. 
Afrika provinsiyalarida quldorlik xo‗jaliklarida asosiy ishchi kuchi sifatida qullar mehnati 
keng tarqaldi. Misr imperiyaning g‗alla ombori edi. Quldorlik latifundiyalari Galliya va 
Ispaniyada keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy provin- siyalarida kolonlar 
mehnatiga asoslangan latifundiyalar ko‗paydi. Qullarga ish qurollari va chek yerlar ajratib 
berila boshlandi. Lekin qul xo‗jayinning mulki bo‗lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuli y) bilan 
ta‘minlash mil.avv. III asrdayoq ma‘lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo‗lib qoldi. Qul 
pekuliydan foydalangan holda o‗ziga o‗rinbosar sotib olishi mumkin edi. O‗rinbosar qul uning 
xo‗ja- yiniga ishlab berishi kerak edi. Imperiya davrida qullarni ozod- likka chiqarish kuchaydi. 
Ozod bo‗lgan qullar o‗z patronlari bilan aloqani uzmas, u homiy-patron bo‗lib qolaverdi. Ozod 
qullar rim fuqaroligi yoki lotin fuqaroligi huquqini olganlar. Lekin ular - ning bolalari hech 


119 
qanday cheklovsiz erkin fuqarolar bo‗lganlar. Imperator saroyidagi ozod bo‗lgan qullar maxsus 
topshiriqlarni bajarganlar, hatto yuqori martaba bo‗lgan prokurator etib tayin- langanlar. Ozod 
qullar ko‗p hollarda tadbirkorlik bilan shug‗ul- lanib, boyib ketar edilar. Ular o‗z xo‗jayinlariga 
zarurat tug‗ilganda turli xil xizmatlarni ko‗rsatganlar. Misol uchun, diktator Sullaning ozod 
bo‗lgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli kishilar- dan biri bo‗lib, hatto uning 
oldida senatorlar ham titrab-qaltirar edilar. Ammo ko‗pchilik ozod bo‗lgan qullar o‗rta 
darajadagi mulk- ka ega bo‗lib, hunarmandchilik va savdo bilan shug‗ullanar ham- da 
oshxonalarning egalari edilar. 
Quldor latifundistlar o‗z yerlarini chek yerlarga bo‗lib, kolon- larga ijaraga berganlar. Milodiy 
II asrda kolonlar o‗zlari ye- tishtirgan bug‗doy, tariq, zaytun moyining 1/3 qismini quldor- ga 
berishi kerak edi. Bundan tashqari, kolon quldorning yerida bir necha kun ishlab berishi kerak 
edi. Yerga ishlov berish ta- komillashdi. G‗alla va boshqa ekinlarning, o‗g‗itning yangi nav- 
lari joriy qilina boshlandi. Qishloq xojaligi takomillashdi. G‗alla latifuniyalarida g‗allani 
yig‗adigan mexanizm, g‗ildirakli plug, suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyalarda shaharlar va 
shahar aholisining o‗sishi, qishloq xojalik mahsulotlarining Italiya va imperiyaning boshqa 
viloyatlariga chiqarish imkoniyatining paydo bo‗lishi provinsiya qishloq xojaligida yerdan 
unumli foydalanish va tovar xojaligining kirib kelishi uchun shart-sharoit yaratdi. 
Quldor xojaligi endilikda bozor bilan yanada yaqin bog‗landi. Qishloq xojaligida tovar 
munosabatlarining rivojlanishi lati- fundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi. 
Latifundiya egalari kulolchilik, to‗quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandchilik 
ustaxonalarini ochdilar. Ba‘zi gall latifundi- yalarida konlardan temir rudasi qazib olinib, 
metall ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Milodiy I asrlarda qishloq xojaligi bilan birga, 
hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hu- narmandchiligi uchun Ispaniyadagi 
qo‗rg‗oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Kiliki- ya 
va Kappadokiyaning boy temir konlari xomashyoni yetkazib berib turar edi. Ayniqsa, temir 
rudasini qazib chiqarish keng yo‗lga qo‗yildi. 
Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya, Kappadokiya va sharqda qazib 
chiqarildi. Barcha konlar im- peratorning mulklari bo‗lib, ko‗pincha ijaraga berilar edi. Hu- 
narmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish imkoniyatini berdi. Agar 
o‗tgan asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo‗lsa, milodiy 
II
asrda ularning soni 50 taga yetdi. 
Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mehnat taq- simotining o‗sishi uning 
iqtisoslashuvining o‗sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin mehnat yetakchi ro l 
o‗ynar edi. Tog‗-kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar konlari- da qul mehnatidan keng 
foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng og‗ir mehnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik 
taraqqi- yoti oshpazlik, g‗isht kuydirish kabi yangi sohalarning paydo bo‗lishiga olib keldi. 
Qurilishda betondan foydalanish keng tarqaldi. Milodiy II asrda provinsiyalarda 
hunarmandchilik, ayniqsa, yuksaldi. Bir qancha provinsiyalar o‗z mahsulotlari- ni boshqa 
provinsiyalarga, shuningdek, Italiyaga eksport qila boshladilar. Ayniqsa, gall shaharlari 
nihoyatda rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari, jun yoping‗ichlar va 
kulolchilik mahsulotlari g‗arbiy provinsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya shaharlari esa 
zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan 
asosiy markazlarga aylandi. 
Milodiy II asrda hunarmandchilik markazlari yarim oroldan Shimoliy Italiyaga ko‗ghdi. 
Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi an‘anaviy hunarmandchilik markazlari tushkunlikka uchra- di. 
Ularning o‗rniga gall provinsiyalari, Norika va Dalmatsiya- ning temir konlariga yaqin Milan, 
Akvileya va boshqa hunar- mandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa, Akvileya shahri 
metall buyumlar va qurol-yarog‗, shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab chiqaradigan 
yirik hunarmandchilik marka- ziga aylandi. 


120 
Milodiy I-II asrlarda barcha provinsiyalarda savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya 
savdogarlari Ispaniya, Suriya, Daki- ya, Misr, Mavritaniya va Britaniyaga kirib bordilar. Gall 
kema egalari, savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan provinsi- yalari bilan faol savdo 
qildilar. Palmira savdogarlari Dakiya va Misrga kirib bordilar. Shaharlarda ko‗plab savdo 
do‗konlari va omborxonalar qurila boshlandi. 
Milodiy II asrda Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qu- rildi. Savdo-sotiqning 
rivojlanishi provinsiyaning mahsulot ish- lab chiqarishining ixtisoslashuviga olib keldi. 
Ispaniya zaytun moyi va vino; Galliya vino, shisha idishlari, jun mahsulotlari; Misr g‗alla, 
papirus, granit, shisha buyumlari; Suriya vino, zarbof gazlamalar va zeb-ziynat buyumlari 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. 
Savdogar va hunarmandlar kollegiyalarga birlashdi. Savdo taraqqiyoti sarroflik va 
sudxo‗rlikning rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Tashqi savdo rimliklar uchun foydali edi. Rim 
imperiyasi Qora dengiz hududlari, Sharqiy Yevropa, Eron, O‗rta Osiyo va Hindiston bilan 
muntazam savdo aloqalarini o‗rnatdi. Milodiy II asrda Sharqdan 3 savdo yo‗li O‗rtayer dengizi 
qirg‗oqlariga bo- rar edi: 1.Petra - Transiordaniya - Damashq - O‗rtayer dengizi. 
2.
Frot - Palmira - Damashq - O‗rtayer dengizi. 3.Hindiston - Arabiston - Aleksandriya. 
Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavri- taniya va hatto Markaziy 
Afrikagacha kirib bordilar. Imperiya davrida yangi tanga - «aureus» zarb qilina boshlandi. O‗ng 
to- monida hukmdor-imperator tasviri tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi. 
Ko‗p tarqalgan Rim tangalaridan biri kumush denariy edi. Milodiy I asrda denariy sof kumush - 
dan, milodiy II asrning oxiridan esa mis qo‗shib, tarkibida 50 % kumush bilan zarb qilina 
boshlandi. Mis tanga asosan mahalliy 
muomalada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis tanga sestersiy (4 ass) va dupandiy (2 
ass) ishlatilar edi. 
Milodiy I-II asrlarda Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va 
quldorlar bo‗lib, ulardan tashqari mayda ishlab chiqaruvchilar, kichik chek yerlarning egalari 
yoki ijarachilar, kichik hunarmandchilik ustaxonalari egalari, mayda savdogarlardan iborat edi. 
Tabaqalar o‗rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlar qullar edi. Milodiy I-II asrlargacha quldorlik xo‗jaliklarida qullarga bo‗lgan ehtiyoj 
urushlar natijasida qondirilgan edi. Milodiy II asrda istilochilik urushlarining ni - hoyasiga 
yetishi qullar oqimining Rimga kelishini keskin ka- maytirdi. Lekin quldorlik xo‗jaliklarida qul 
mehnatiga ehtiyoj juda kuchli edi. Bu hol qullar narxining keskin o‗sishiga olib keldi. Qul 
mehnatining unumdorligidan manfaatdor quldorlar qullarning maishiy turmush sharoitini 
o‗zgartirishga majbur bo‗ldilar. Qishloq pomestelari va shaharlarda qul cho‗rilar soni o‗sib 
bordi. Qullarga oila qurishga ruxsat berildi va ular rag‗batlantirildi. 
Qullikda tug‗ilgan bolalar (ular vernlar deb atalgan) biror-bir hunarga o‗rgatilgan. Bunday 
qulning narxi qul bozorlarida yuqori edi. Qullarning oila qurishini rag‗batlantirgan quldorlar 
qul oilasi uchun chek yer, mehnat qurollari, kulba, kichikroq do‗kon va bir necha qoramol 
ajratar edilar. Quldor tomonidan ajratilgan bunday mulk «pekuliy» deb atalgan. Milodiy I-II 
asr- larda pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg‗a qilgan yerini istal- gan paytida tortib olishi 
mumkin edi. Qullarning huquqiy hola- ti ham o‗zgardi. Imperator Adrian qullarni sababsiz 
o‗ldirishni taqiqladi. Milodiy II asrda yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi. 
Mil.avv. I-II asrlarda qullar ozodlikka chiqarila boshlandi. Ozod bo‗lgan qullar o‗zlarining 
sobiq xo‗jayinlari bilan aloqani uzmadilar, u patron bo‗lib qolaverdi. Ozod bo‗lgan qullar rim 
fuqaroligi huquqi yoki lotin fuqaroligi huquqini olganlar. Ularning farzandlari hech qanday 
cheklovsiz ozod fuqaro bo‗lganlar. 
Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo‗lib, yer egasidan shart- noma muddati tugagandan so‗ng 
ketishi mumkin edi. Shartno- ma, odatda, 5 yil muddatga tuzilgan. Kolon 5 yil davomida qarz 
va boshqa turli majburiyatlar ostida qolib, huquqiy jihatdan o‗z yeridan ketishi mumkin emas 
edi. U noiloj bu yerda uzoq mud dat ishlagan. Erkin, o‗z yerini yo‗qotgan dehqon, batrak va 


121 
ozod bo‗lgan qul, yerga ishlashga qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi. Yerga 
biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar. Kolonatning yana bir manbasi chegara provinsi - 
yalarda asir olingan, yerga joylashtirilgan varvarlar edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish