113
komisiyalari yig‗ini tugadi. Magistratlar saylovi senat ix- tiyoriga o‗tdi. Boshqa Tiberiy senat
bilan kelishib hukmron- lik qildi. Uning hukmronligi yillarida chegarani qo‗riqlaydigan bir necha
legionlar o‗zlarining og‗ir hayotlaridan norozi bo‗lib, qo‗zg‗olon ko‗tardilar. Tiberiy
provinsiyalarni qo‗llab-quvvatladi, ularning soliq to‗lovlarini oshirmadi. Hammaga shubha bilan
qaraydigan Tiberiy pretorian gvardiyasining prefekti Lutsey Eliy Seyanni o‗ziga yaqinlashtirdi.
Shuhratparast Seyan o‗z g‗arazli
maqsadlarini ko‗zlab Tiberiyning o‗g‗li Druzni zaharlab o‗ldirdi. Qator senatorlar ta‘qib qilindi.
Tiberiy 27-yildan umrining oxi- rigacha (37-yil) Kapri orolida yashadi va imperiyani shu yerdan
boshqardi. O‗zining yaqin kishisi Seyanning fitnasi ochilib qoldi, uning hamtovoqlari shafqatsiz
jazolandi.
Senator-suvoriylar an‘anaviy elitasining siyosiy tushkunligi
bilan pretorian gvardiyasi
boshliqlarining mavqeyi kuchaydi. Agar Tiberiyni senat hokimiyat tepasiga keltirgan bo‗lsa, 33-
yildan so‗ng uning jiyani Klavdiy Neronni pretorian gvardiyasi impera- tor deb e‘lon qildi.
Buning evaziga yangi imperator har bir pretorian gvardiyachisiga 15 ming sestersiy miqdorida
mukofot berdi. Senat hukmdorning shaxsiy qo‗riqchilari (pretorian gvardiyasi) qabul qilgan
qarorlarni tasdiqlaydigan oddiy tashkilotga aylandi. Tez orada qo‗shin ham o‗zining
siyosiy
huquqini talab qilib chiq- di. Milodiy 68-yillari qonli fuqarolar urushi natijasida Tit Flaviy
Vespasian imperator deb e‘lon qilindi.
Vespasian (69-79-yillar) fuqarolar urushida qo‗shin- ning qo‗llab-quvvatlashi bilan g‗olib
chiqib, Flaviylar sulolasi (69-96-yillar)ga asos soldi. Flaviy va uning birinchi merosxo‗rlari
davrida Rim davlati ma‘lum darajada mustahkamlandi. Davlat xazinasi to‗ldirildi. Flaviylar
provinsiya zodagonlaridan senat tarkibini to‗ldirdilar va senat bilan murosa qilgan holda ich- ki
va tashqi siyosatni olib bordilar. Vespasianning kichik o‗g‗li Domitsian (81-96-yillar)
davrida
siyosiy terrorning yangi to‗lqi- ni boshlandi. Domitsian cheklanmagan hokimiyatga intilib,
senatni o‗zini xudo va hukmdor deb e‘lon qilishga majbur qildi va o‗zi raqib deb hisoblagan
senator va boshqa boy fuqarolarni qatag‗on qildi.
Shu sababli, u milodiy 96-yili fitnachilar
tomoni- dan o‗ldirildi.
Domitsian o‗ldirilganidan so‗ng imperatorlar 100 yil davomida senat bilan kelishgan holda
davlatni boshqardilar. Imperatorlar provinsiyalar ravnaqi uchun qator
tadbirlarni amalga oshir-
dilar, g‗olibona tashqi urushlar olib bordilar. Imperiya chega- ralarini tashqi dushmanlardan
himoya qildilar. Shuningdek, ular Rimning qadimgi urf-odatlari va an‘analariga
hurmat bilan
qaradilar. Fan va san‘atga homiylik qildilar. Ayniqsa, Itali- yadan tashqarida tug‗ilgan birinchi
Rim askar-imperatori Mark Ulpiy Trayan (98-117-yillar) va imperator-faylasuf Mark Avreliy
(161-180-yillar) davlat hokimiyati va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun o‗zlarining
namunali ichki va tashqi siyosat- lari bilan shuhrat qozondilar.
Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasining tashqi siyosati mudofaa xarakteriga ega bo‗ldi.
Keyinchalik, imperiya hudud- lari bir qadar kengaydi. Britaniya oroli
Rim imperiyasi provin-
siyasiga aylandi. Afrika va Bolqon yarim orolida yangi provin- siyalar paydo bo‗ldi. Ammo
bepoyon hududlarda barqarorlikni saqlab turish, provinsiyalarda tez-tez ko‗tarilgan qo‗zg‗olonlar
faol istilochilik siyosatini olib borishga xalaqit berdi. Galliya va Yahudiyadagi kuchli
qo‗zg‗olonlar, Quyi Dunaydagi daklar, shi- moldagi german qabilalari bilan urushlar, sharqda esa
Parfiyaning kuchayishi Rim davlatining chegaralari mudofaasini mustahkamlashni talab qildi.
Imperatorlar Trayan (mil.98-117-yillar), Adrian (117-138-yil- lar) va Mark Avreliy (161-180-
yillar) davrida yaxlit mudofaa lini- yalari shakllandi. Adrian davrida Rim fuqaroligiga ega
bo‗lma- gan provinsiya aholisi ham legionlarga harbiy xizmatga qabul qilina boshlandi. Milodiy
I-II asrlarda prinsepslar hokimiyati- ning moddiy asoslari kuchaydi. Provinsiyalarning
ko‗pchiligini daromadlari imperator xazinasi (fisk)ga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: