O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2.
 
Imperium Romanum. 
Milodiy I asrga kelib Rim asrlar davomida kichik bir shahar 
davlatdan bepoyon hududga ega bo‗lgan davlatga aylandi. Bu vaqtda deyarli butun O‗rtayer 
dengizi davlatlari Rimga bo‗ysunar edi. Provinsiyalar Rim davlatining bir qismi emas, balki 
rim xalqining pomestesi (ya‘ni daromad oladigan yeri) (praedia populi Romani), uning 
hokimiyati (imperium) tarqaladigan viloyatlar deb qaraldi. II asrga kelib qachonlardir rim 
hokimiyatini bildirgan Imperium Romanum Rim imperiyasi ma‘nosini oldi; bu so‗zning ostida 
Rimning hokimiyati qamrab olgan bepoyon hudud tushuniladi. Boshda imperator unvoni 
ramziy ma‘noda qo‗llanib, urushda muhim g‗alabaga erishgan rim qo‗shini qo‗mondonlariga 
berilgan. Rim respublikasi o‗rnida mutlaq monarxiya qaror topgach, hokimi- yatni egallagan 
har bir hukmdor o‗zini harbiy qo‗shin bilan alo- qasini ko‗rsatish uchun imperator unvonini 
oldi. Chunki mut- laq monarxiyaning ishonchli tayanchi qo‗shin edi. Boshqaruv tizimi va 
apparati imperator qo‗lida to‗plana boshladi. Senat o‗z siyosiy mavqeyini yo‗qotishi bilan 
uning tarkibi ham o‗zgardi. 
Respublika davrida yuqori mavqega ega bo‗lgan zodagon oilalari fuqarolar urushi va 
proskripsiyalarning qurboni bo‗ldi- lar. Qolganlari esa kambag‗allashib qoldi. Prinsipatning 
birinchi yillarida ularning o‗rnini suvoriylar, munisipiylardan chiqqan boy zodagonlar 
egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari 
uchun yo‗l ochildi. Vespasian davrida senatga munisipiylar, koloniyalar va provinsiyalardan 
yangi kishilar kiritildi. Milodiy I asr so‗nggida 
kelib chiqishi gallardan bo‗lgan kishilar senatga kiritildi. Keyin- gi 100 yillik boshida senat 
tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko‗pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi 
Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat 
kayfiyati ham yo‗qoldi. 
Prinsepslar hokimiyatining yana bir tayanchi suvoriylar toifasi edi. I-II asrlarda suvoriylar 
savdo-moliya zodagonlari mavqeyini saqlab qoldi. Lekin bu davrda suvoriylar xizmatda - gi 
odamlarga aylana boshladi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o‗zgardi. Yangi suvoriylarning kelib 
chiqishi Italiya munisipiy- lari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, eng 
avvalo, boyib ketgan moliya zodagonlari, o‗rta qatlamni esa davlat xizmatiga ko‗tarilgan 
amaldorlar tashkil qildi. Suvoriy- larga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps 
mulk- larining boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xiz- mati qo‗riqchilarining 
prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar prinsepsning shaxsiy 
devonxonasida xizmat qila boshladilar. Shu vaqtgacha prinsepsning shaxsi y devon- xonasida 
barcha ishlarni imperatorlarning ozod qullari baja- rar edi. Avgurt davridan suvoriylar 
toifasining vakili uchun eng oliy daraja pretor prefekti lavozimi bo‗lib, undan keyingi o‗rinda 
Misr prefekti turar edi. Suvoriylar toifasi imperator hokimiyati- ning mustahkamlanishiga va 
imperator boshqaruvining oqilo- na bo‗lishiga yordam berdi. 
Rim shaharlari budjeti turli boj to‗lovlari, ijaraga berilgan yerlardan olngan ijara puli 
hisobidan shakllantirilgan. Nerva va Trayan davrlarida shahar prokuratorlari lavozimi joriy 
qilinib, ular keng vakolatga ega bo‗lib, shahar moliyasini ham nazorat qilganlar. Shaharlarda 


118 
shahar senati (keyinchalik kuriya deb atalgan), boshqaruv organi bo‗lgan ikki edil shahar 
obodon- chiligi, o‗yinlar va bayram uchun mas‘ullar bo‗lgan. 
Rim shahrining aholisi mil.avv. II asrda 1 mln kishi, rim dunyosining barcha aholisi 50 -60 
mln kishini tashkil etgan. Rim imperiya poytaxti sifatida hashamatli jamoa binolari bilan 
bezaldi. Har bir imperator o‗z nomini abadiylashtirish uchun terma, ibodatxona yoki zafar arki, 
bazilika (ayvon) bunyod qildi. Tomoshalarni uyushtirishga juda katta mablag‗lar sarflan- di. 
Rim shahrining 200 mingga yaqin plebsi muntazam bepul non olar edilar; deyarli har bir 
imperator davrida favqulodda pul tarqatilar edi (congiaria). Imperiya davrida Rim olomoni- 
ning asosiy talabi shoir Yuvenal aytganidek, «non va tomosha» 
edi. Rim plebsi sirk va amfiteatrlarda tomoshalar vaqtida ba‘zi paytda hukmronlik qilayotgan 
imperatorga uning faoliyatini yoqlab olqishlar yoki boshqa talablarni qo‗yar edilar. Rimdagi 
ko‗pchilik plebs kambag‗al bo‗lib, o‗z patronlarining xayr-ehsoni bilan yashar edilar. Rimning 
oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish 
bilan, ko‗pchiligi davlatdan tekin non olib, zodagonlarning uylari- da kliyent majburiyatini 
bajarar edilar. Poytaxt Rim iste‘molchi markaz bo‗lib, g‗alla Afrika va Misrdan keltirilgan. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish