O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

3.
 
Rim imperiyasi milodiy I asrda. 
Milodiy I asrda Rim im- periyasida ikki sulola Yuliylar - 
Klavdiylar va Flaviylar hoki- miyatni boshqardilar. Tiberiyning vorisi Germanikning o‗g‗li 24 
yoshli Gay Sezar Kaligula (37- 41-yillar) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjahl, axloqan buzuq, 


114 
o‗ta mag‗rur, takabbur shaxs edi. Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi si- yosatni 
olib bordi. Soliqlarni kamaytirdi. Bir necha oy ichida u isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan 
xazinani turli tomosha, mo‗l-ko‗l sovg‗alar tarqatish bilan talon-taroj qildi. Kaligula o‗zi- ni 
«Janob» (Dominis) va «Xudo» deb e‘lon qilib, omma oldiga Yupiter qiyofasidagi kiyimlarda 
chiqdi. O‗ziga xudolarga sig‗in- gandek sajda qilishni talab qildi. Senatorlar toifasini ta‘qib os- 
tiga oldi. Bo‗shab qolgan xazinani to‗ldirish uchun hukm qi- linganlarning mol-mulkini 
musodara qildi, provinsiyalar katta miqdorda soliqlar to‗ladilar. Bu aqlsiz imperatorning 
hukmron- ligi uch yil davom etib, 41-yil yanvar oyida pretor tribuni Kassiy Xerey 
boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o‗ldirildi. 
Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog‗asi Tiberiy Klavdiy Neronni (41-54-yillar) 
imperator deb e‘lon qildilar. Klavdiy senat bilan munosabatni yaxshiladi. O‗zining senatdan mus- 
taqil bo‗lgan ma‘muriyatini tuzdi. Uning ma‘muriyati bir necha muassasalardan tashkil topib, 
ularni ozod qo‗yilgan qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvning markazlashuvi 
va imperatorning shaxsiy hokimiyatini kuchayishi kuzatildi. Klavdiy hokimiyati qo‗shin, turli 
tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim plebsi hamda provinsiyalarning zodagonlariga 
tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o‗rniga diplomatik vositalar qo‗llanila boshlandi. Faqat 43-yil 
Britaniyaga harbiy ekspeditsi- ya uyushtirildi. Klavdiy o‗z ukasi Germanikning qizi Agrippina- 
ga uylangan edi. Klavdiyning ikkinchi xotini bo‗lgan 33 yoshli Agrippina 54-yil uni zaharlab 
o‗ldirdi va o‗zining 17 yoshli o‗g‗li Neron Klavdiy Sezarni (54-68-yillar) taxtga chiqardi. 
Neron Yuliy - Klavdiylar sulolasining so‗nggi vakili bo‗lib, axloqan buzuq, shafqatsiz kishi 
edi. U o‗zini taxtga chiqargan onasi Agrippinani (62-yil), ukasi Britanikni (55-yil), xotini Ok- 
taviyani (62-yil), ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o‗ldir- di. Neron senat bilan murosa 
qilishni istamadi. Pulga muhtoj bo‗lgani uchun juda ko‗p senatorlar va zodagonlarni qatl etib, 
ularning mol-mulkini o‗zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi xarajatlari haddan 
tashqari oshib ketdi. Neronning o‗zi musiqa va qo‗shiqchilik bilan shug‗ullanib, sahnada rol 
o‗ynar edi. Yunonistonda shoirlar ko‗rigida qatnashdi. Rimda 64-yil juda katta yong‗in bo‗lib, u 
bir hafta davom etdi va shaharning 14 kvartalidan 10 tasi to‗la yonib ketdi. Yong‗indan so‗ng 
Pala- tin va Eskvilin tepaliklari o‗rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun hashamatli «oltin» 
saroy qurildi. Xalq ommasi o‗rtasida Rimdagi yong‗inning asosiy sababchisi Neron degan mish-
mish tarqaldi. Neron yong‗inga Rimdagi nasroniylar jamoasini ayb- dor deb topib, ularni 
ommaviy qatlini uyushtirdi. 
Imperatorning shafqatsizligi, uning zo‗ravonligi zodagonlar- ning keskin noroziligini keltirib 
chiqardi. Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh etildi va fitnachilar shafqatsiz 
jazolandi. Ularning ichida faylasuf-stoik Lutsiy Anney Seneka, uning jiyani shoir Mark Anney 
Lukan va yozuvchi Gay Petroniy Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat keskinlashdi. Parfiya bilan 
Ar- maniston uchun uzoq davom etgan urush Rimning mag‗lubiya- ti bilan tugadi (66-yil). 
Neron hukmronligining so‗nggi ikki yilida davlat boshqa- ruvidan umuman chetlashdi. 
Britaniyada urush davom etib, 66-yilda Yahudiyada qo‗zg‗olon boshlandi. Neron hukmronligi- 
ga qarshi ommaviy norozilik boshlandi. Galliya, Germaniya va Ispaniyada 68-yil bahorida 
Neronga qarshi legionlar qo‗zg‗olon ko‗tardilar. Neron ko‗ngliga kelgan ishlarni qildi. Axloqsiz 
hayot kechirdi. Davlat xazinasini talon-taroj qildi. Uning davrida qaram Pon podsholigi Rimga 
qo‗shib olindi. Taxt vorisligiga 70 yoshli zodagon Serviy Sulpitsiy Galba nomzodi qo‗yildi. 
Neronni hech kim himoya qilmadi. Hatto pretorian qismlari ham Galba tomoniga o‗tdi. Neron 
yashirinishga urindi, lekin yashirina olmadi. Dushmanlar qo‗liga tushmaslik uchun u o‗zini 
qilichga tashladi. Neronning o‗limi bilan Yuliylar-Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga 
yetdi. 
Rim imperiyasiga sarkarda Galba qisqa vaqt 68-69-yillarda hukmron bo‗ldi. U xarajatlarni 
qisqartirishga urindi. O‗z taraf- dorlariga va‘da qilingan pul-mablag‗ni to‗lashdan bosh tort- di. 
Pretorian gvardiyasi provinsiyadagi qo‗shinlar, Galliyaning sharqiy va janubiy viloyatlari undan 
norozi bo‗ldilar. 69-yil 15-yanvarda Galba o‗ldirildi. Galbadan so‗ng Galliya va Bri- taniyadagi 


115 
legionlar qo‗llagan Vitelliy imperatorlik taxtiga qisqa muddatga o‗tirdi. 
Aleksandriyada 69-yil 1-iyulda Yahudiyadagi qo‗shin qo‗mon- doni Tit Flaviy Vespasian 
imperator deb e‘lon qilindi. Yangi im- perator qisqa muddatda boshqa da‘vogarlarni bartaraf 
qildi. 69-yil oxirida senat Vespasianni imperator sifatida tan oldi. Vespasian yangi Flaviylar 
sulolasini boshlab berdi. Bu sulola- ga yana ikki imperator - Vespasianning o‗g‗illari Tit (79-81) 
va Domisian (81-96) kirdi. Vespasian uzoqni ko‗ra biladigan aqlli hukmdor sifatida imperiyaning 
iqtisodiy va moliyaviy kuchini nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini qoplash 
uchun 40 mlrd sestersiy kerak edi. Imperator tejab-tergashga kirishib, xarajatlarni qisqartirdi va 
yangi soliqlarni joriy qildi. Hatto u dafn marosimlariga va Rim jamoa hojatxonalariga ham soliq 
soldi. Imperator Rim fuqaroligi huquqini mo‗l-ko‗l tarqatdi, senatorlar va suvoriylar toifasini 
provinsiya zodagonlari, boyib ketgan ozod qullar bilan to‗ldirdi. 
Flaviylar davridan boshlab imperatorlar provinsiya zodagon- lariga bevosita tayana 
boshladilar. Vespasian 79-yil iyunida 70 yoshida vafot etdi. Uning o‗g‗li Tit 79-81-yillar taxtga 
chiqib, 42 yoshga yetmasdan bezgak kasalligidan vafot etdi. Tit davri- da mashhur Vezuviy 
vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum shaharlari kul ostida qoldi (79-yil). Flaviylarning so‗nggi 
vaki- 
li
Domisian (81-96-yillar) bo‗lib, o‗zining mutlaq hokimiyatini o‗rnatishga harakat qildi va 45 
yoshida fitnachilar tomonidan o‗ldirildi. 
Flaviylar davrida imperiyaning shimoli-sharqiy chegarala- rida dakiya, sarmatlar, roksolanlar va 
markoman qabilalari harakatga keldilar. Rim legionlari dakiya podshosi Detgebal qo‗shinlari 
bilan urushda yengildilar va daklarga o‗lpon to‗lash- ga majbur bo‗ldilar. Sharqda Kommagen, 
Kichik Arabiston to‗la qo‗shib olindi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish