O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Adabiyot. 
Rim adabiyotining shakllanishi va taraqqiyoti- da xalq og‗zaki ijodi va yunon 
adabiy an‘analari muhim o‗rin tutadi. Rim adabiyoti tarixi mil.avv. III asr o‗rtalarida yunon 
janrlariga taqlid qilish bilan boshlandi. Tarentlik ozod qo‗yil- gan qul, yunon Liviy Andronik 
(mil.avv. 280-204-yillar) birinchi lotin muallifi edi. U Gomerning «Odissey»sini lotin tiliga 
tarjima qildi. Shuningdek, u yunon dramalarini erkin tarjima qilis h va badiiy qayta ishlash 
bilan shug‗ullandi. Liviy Andro- nikdan Rim badiiy adabiyoti boshlanadi. U rim patrisiylari- 
ning bolalari uchun maktab ochib, yunon tili va adabiyotini o‗qitishni boshladi. 
Uning zamondoshlari shoirlar Neviy va Enniy edi. Giney Neviy (mil.avv. 201-yilda vafot 
qilgan) Rim syujetlariga asoslangan birinchi tragediyalarni yaratdi. Yunon mualliflari 
syujetlaridan o‗zlashtirib, dramalar yozdi. Neviy I Puni urushi to‗g‗risida 7 jildda epik poema 
yaratdi. Kvint Enniy (mil.avv. 239-169-yillar) Rim tarixiga bag‗ishlangan «An‘analar» epik 
poemasini 18 jildda yozdi. Bu shoirdan 1100dan ortiq she‘rlar meros qoldi. Tit Maksesiy Plavt 
(mil.avv. 250-184-yillar) birinchi Rim komedi- ografi bo‗lib, uning 130 komediyasidan 21 tasi 
saqlanib qolgan. Ikkinchi buyuk Rim komediografi afrikalik Publiy Terensiy (mil. avv. 185-
159-yillar) bo‗lib, uning pyesalaridan 6 tasi bizgacha yetib kelgan. 
Rimda tragediya keng tarqalmadi. Rim tragiklari Mark Pakui (mil.avv. 220-130-yillar) va 
Lusiy Aksiy (mil.avv. 170-90-yillar) o‗z tragediyalarini yaratish uchun buyuk yunon 
dramaturgla- rining asarlaridan foydalandilar. Rimda keng tarqalgan adabiy janr satira (she‘r, 
masal, latifa va dialoglar aralashmasi) edi. Vaqt o‗tishi bilan u bizga yaxshi tanish bo‗lgan 
satiraga aylan- di. Birinchi Rim satirigi Gay Lusiliy (mil.avv. 180-102-yillar) 30 kitobdan 
iborat satiralar to‗plamini yaratdi. Lotin prozasi- ning ilk namunalaridan biri Mark Porsiy 
Katon Kattaning (mil. avv. 234-249-yillar) «Dehqonchilik to‗g‗risida» nomli asari edi. Uning 7 
jildli Rimning qadimgi davrlaridan II Puni urushiga- cha bo‗lgan tarixi yoritilgan kitobi, 
tibbiyot bo‗yicha traktatlari, notiqlik san‘atiga bag‗ishlangan asarlari, 150 ta nutqlari bizga cha 
yetib kelmagan. So‗nggi respublika davrining lotin poeziyasi Tit Lukretsiy Kar (mil.avv. 95-
51-yillar) va Gay Valeriy Katull (mil. avv. 87-54-yillar) kabi taniqli vakillari bilan mashhur. 
«Narsalar- ning tabiati to‗g‗risida» nomli 6 jildli falsafiy poema Lukretsiyga tegishli. Katull 
mashhur Rim lirik shoiri bo‗lib, u 116 she‘rdan iborat to‗plam qoldirgan. 
Lotin madaniyatining mashhur vakillari Mark Terensiy Var- ron (mil.avv. 116-27-yillar) va 
Mark Tulliy Sitseron (mil.avv. 106-43-yillar) adabiyot sohasida muhim iz qoldirdilar. Var- ron 
620 jildda 74 asar muallifi bo‗lgan ensiklopedist yozuv- chi edi. Uning asosiy asarlari 
«Qadimiyatlar» (41 jild) va «Lotin tili to‗g‗risida» (25 jild) kitob edi. Sitseron qadimda notiq-
lik san‘atining nazariyotchisi va amaliyotchisi, davlat arbobi, huqushunos va advokat, fayl asuf 
va filolog-tarjimon, adabiy tanqidchi va san‘atshunos edi. Uning 58 siyosiy va sud sohasi - dagi 
nutqlari, 12 ta falsafiy to‗plami, notiqlik san‘ati bo‗yicha 7 traktati, 800 xatlari, ko‗pgina 
nutqlari va poetik asarlari mavjud bo‗lgan. 
Avgust davri lotin poeziyasining oltin asri hisoblanadi. Bu davrda buyuk shoirlar Publiy 
Vergiliy Maron (mil.avv. 79-19-yil- lar), Kvint Goratsiy Flakk (mil.avv. 65-8-yillar), Publiy 
Ovidiy Nazon (mil.avv. 49-yil - milodiy 18-yillar) yashab ijod qildilar. 
Vergiliy dehqonlar mehnatiga bag‗ishlab 14 jildli didaktik poe- ma, 12 jildli «Eneida» poemasi 
va «Bukolika» she‘riy to‗plamini yaratdi. 
Goratsiy imperator kotibi lavozimini rad etdi. U shoir sifatida erkinlik va mustaqillikni afzal 
ko‗rdi. Harbiy tribun unvoniga sazovor bo‗ldi. Kvestor kotibi lavozimida ishlab tirikchilik 


128 
qildi. Goratsiy o‗z ijodini satira va munozara janrida boshladi (Epod- lar, 2 jildda satiralar). 
Keyin esa 4 jildli «Odalar», «Maktublar» kitobini, 5 jildli elegiyalar, parodiya-didaktik janrda 
«Sevgi fani», «Sevgi da‘vosi» asarlari, 15 jildli «G‗amgin elegiyalar», 4 jildli «Pontdan 
maktublar» asarlarini yozdi. Publiy Ovidiy Nazon (mil.avv. 43-yil - milodiy 17-yil) mifologik 
syujetlarga murojaat qildi. Uning asosiy asarlari «Fastlar», «Metamorfozalar», «Pont- dan 
maktublar». Qobiliyatli lirik shoirlar Albiy Tibull (mil.avv. 50-yil - milodiy 19-yil) va Sekst 
Propersiy (mil.avv. 49-15-yil- lar) elegiyalar yozdilar. Tibul Rim suvoriysining o‗g‗li edi. 
Tibull o‗zidan elegiyalarning ikki to‗plamini, Propersiy bir to‗plamini qoldirdi. Oktavian 
Avgustning o‗zi proza va she‘riyatda ko‗p asarlar yozdi. 
Satirik janrda Kichik Seneka (mil.avv. 4-yil - milodiy 65-yil- lari) va Petroniy Arbitr 
mashhur edilar. Petroniyning mashhur romani «Satirikon» bo‗lib, uning 20 bobidan 3 bobi 
bizgacha yetib kelgan. Persiy Flakk (34-62-yillar), Mark Valeriy Marsial (40-102-yillar), 
Detsiy Yuney Yuvenal (60-127-yillar) hamda Lukian (120-190-yillar) satira janrida ajoyib 
asarlar yaratdilar. Bizgacha bu davrning qimmatli yodgorliklari mashhur notiqlar Dion 
Xrizotomning 78 nutqi, Eliy Aristidning 55 nutqi yetib kelgan. IV asr ritorika - notiqlikning 
yangidan gullab-yashnagan davri bo‗ldi. Antik O‗rtayer dengizining notiqlik maktablarida 
bo‗lg‗usi oliy amaldorlar va xristian targ‗ibotchilari tarbiyalan- di. Bu davrda Afinada Gimeriy, 
Konstantinopolda Femistiy kabi mashhur ritorlar dars berdilar. 
Eng kuchli notiq va notiqlik san‘ati o‗qituvchisi Libaniy (314-391-yillar) edi. U Antioxiyada 
imperatorlar, lashkarboshi- lar va oliy amaldorlarga qarata ijtimoiy dolzarb muammolar yu- 
zasidan erkin nutqlar bilan murojaat qilgan. Libaniy «Kichik Demosfen» taxallusini oldi. 
Libaniy ma‘jusiy dinga e‘tiqod qildi. U imperator Yulianning ashaddiy muxlisi bo‗lib, Yulian 
ham unga homiylik qiladi. Ko‗pgina taniqli xristian targ‗ibotchilari, jumladan, nazianlik 
Grigoriy va Ioann Zlatous uning makta bidan chiqqan edi. O‗sha davrdagi Rim notiqlaridan IV 
asr oxir- larida oliy davlat mansablarini egallagan Kvint Avremiy Sim- maxni aytish mumkin. 
Sarguzasht roman janriga Apuliyning «Oltin eshak», «Af- nis va Xloya»; Geliodorning 
«Efiopika» asarlari mansubdir. Bu davrda dramatik janr deyarli rivojlanmadi. Undan faqat 
pantomima, atellan va mim shakllari qoldi. Bizgacha yunon klassik obrazlariga taqlid qilib 
yozilgan Senekaning 10 trage- diyasi yetib kelgan. 
IV-V asrlarda poeziyada klassik namunada asarlar yaratish an‘anaga aylandi. Bu davrning 
eng mashhur mifologik eposi misrlik Nonning «Dionis to‗g‗risida»gi dostoni deb e‘tirof etish 
mumkin. Bu asar boy fantaziya, ifodali obrazlarga ega bo‗lib, epik tarzda yozilgan. 
IV-V asrlarda lotin shoirlari mifologiyadan tashqari, tabi- atni tasvirlashga jiddiy e‘tibor 
berdilar. Ana shunday lotin shoirlaridan biri Detsim Magin Avzoniy edi. U tajribali ri - tor, 
yunon, lotin tillari va adabiyotining bilag‗oni, salohiyatli shoir edi. So‗ng ikki mashhur Rim 
shoirlari: Aleksandriya- lik Klavdiy Klavdian, kelib chiqishi Galliyadan bo‗lgan Klavdiy 
Rutimiy Namasian o‗z she‘rlarida Rimga murojaat qilib, uning buyuk o‗tmishi va g‗alabalarini 
kuyladilar. Klavdian imperator Gonoriy saroyida yashab, hukmdorning yaqinlari - dan biri 
Stilixonga bag‗ishlab «Stilixonga maqtov» va «Gotlar bilan urush to‗g‗risida» poemasida 
Rimning buyuk kelajagini bashorat qildi. 
3.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish