O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2.1.16.
 
So‟nggi Rim imperiyasi. (2 soat) 
2.
Dominat davrida imperiya. 235-yilda navbatdagi im- perator Aleksandr Sever o‗ldirilishi 
bilan hokimiyat uchun 
turli da‘vogarlar o‗rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik yarim asr davom etdi. Oddiy 
jangchilar ichidan ham imperatorlikka da‘vogarlar chiqdi. Jangchi-imperatorlar bir-birlarini 
tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi o‗ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixga 
Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39 yoshli Diokl (284-305-yillar) imperator deb e‘lon 
qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan Rim imperiyasining so‗nggi davri yoki 
Dominat (284-476-yil- lar) davri boshlandi. 
Ozod bo‗lgan qulning o‗g‗li, tegishli ma‘lumot olmagan, lekin aqlli va shafqatsiz bo‗lgan 
imperator Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida «dominat» (lotincha dominus 
-
«janob», «xojayin») nomini olgan siyosiy tizimning asoslari yaratildi. Diokletian va uning 
vorislari davrida Rim davlati- ning cheklanmagan monarxiyaga o‗tishi tugallandi. Imperator 
hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‗inish joriy qilindi. Unga ta‘zim bajo keltirish, 
uning oldida tiz cho‗kish, boshini yerga qo‗yib yiqilish va kiyimi etagini ochish rasm bo‗ldi. 
Imperatorning ko‗pchilik oldida namoyon bo‗lishi haqiqiy diniy bayram, an‘anaga aylandi. U 
hashamatli qim- matbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimi bilan boshqalardan ajralib turar edi. 
Senat o‗z siyosiy mavqeyini yo‗qotdi. Umum- davlat ishlari endilikda senatda muhokama 
qilinmaydigan bo‗ldi. Senat faqat sport o‗yinlari va senatorlarga tegishli ishlarni ko‗rib, uning 
qarorlarini imperator tasdiqlashi lozim edi. Bu davrda konsul, pretor, kvestor la vozimlari faqat 
faxriy bo‗lib qoldi. 
Diokletian yirik tashkilotchi va xushyor siyosatchi bo‗lgani uchun bir qator 
provinsiyalarning separat kayfiyatlarini hisob- ga olgan holda imperiyani 4 qismga bo‗ldi va 
o‗ziga uch yordamchi (tetrarxiya) belgiladi. Bundan tashqari, imperiya 101 provinsiyaga 
bo‗linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq ma‘muriy birlik - dioses (jami 12 dioses)ga 
birlashtirildi. 
Diokletian imperiyaning siyosiy ahvolini nisbatan barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va 
moliyani sog‗lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. 301-yil imperator 
Diokletian edikti bilan chayqovchilik va sudxo‗rlikka qarshi kurash boshlandi. Oziq-ovqatga 
qat‘iy baholar belgilandi. Hunar- mand va yollanma ishchilarning ish haqining qat‘iy stavkalari 
belgilandi. Pul muomalasi unifikatsiya qilindi. Provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 
286-yilda to‗laqonli tilla, kumush va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh 
qilindi. Ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko‗proq olinar edi. Imperator soliqqa 
tortish tizimini unifikatsiya qildi. 289-290-yillarda imperiya aholisi yalpi ro‗yxatdan o‗tkazildi. 
Ro‗yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi. Soliq kvotalari 5 yilda bir marta 
qayta ko‗rilar edi. Ekin yerlari va yaylov, o‗tloqlar kadastri (hujjat) tuzildi. Qishloq aholisi ekin 
yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer solig‗i to‗lar edi. Hunarmand-
savdogarlar esa qator soliqlarni to‗lar edilar. 
Diokletian juda ko‗p inshootlar bunyod qildi. Uning davrida saroylar, sirk, Rimda termalar, 
Illiriyadagi Salonika shahrida (hozirgi Bosniyadagi Split shahri)gi ulkan saroy ansambli bun - 
yod qilindi. Diokletianning eng oxirgi tadbirlaridan biri u nas- roniylik dinini ta‘qib qildi. 303-


124 
304-yillarda keksa va kasal Dio- kletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga 
qarshi o‗zini 4 ediktini (farmon) e‘lon qildi. Rim imperiyasi g‗arbiy va sharqiy qismlarga 
bo‗lindi. Italiya imperiya markazi sifatida im- tiyozini to‗la yo‗qotdi. 
II asr boshlarida Trayan davri provinsiyalarining soni 45 ta bo‗lsa, endilikda eski bepoyon 
provinsiyalarni bo‗lish yo‗li bilan ularning soni 108 taga yetdi. Diokletian markazi Niko - 
mediya bo‗lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. Markazi Mediolan (Milan, Shimoliy 
Italiya) bo‗lgan imperiyaning g‗arbiy qismini Maksimian boshqaruviga topshirdi. Diokletian va 
Maksimian «Avgust» unvonini olib, o‗zlariga yor- damchi belgilab, ularga «Sezar» unvonini 
berdilar. Sezarlar- ni Avgustlarning avlodi hisoblagan Diokletianning fikricha, bunday tartib 
imperiya birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda hokimiyatning zo‗ravonlik bilan tortib 
olinish im- koniyatiga yo‗l qo‗ymasligi va shuningdek, Rim davlat chega- ralarini qo‗riqlashni 
osonlashtirishi lozim bo‗lgan. German qabilalarining Rim hududiga doimiy ravishda bostirib 
kirishi harbiy islohot o‗tkazishga majbur qildi. 
Qo‗shinning soni ko‗paytirildi. Endilikda yirik yer egalari kolonlar va ozod bo‗lgan 
qullardan jangchilar berishga majbur edilar. Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari 
-
federatlar qabul qilina boshlandi. Bundan tashqari, qo‗shin- ning tezkor harakat qilishini 
ta‘minlash uchun qo‗shin che- gara qo‗shinlari va harakatdagi qo‗shinlarga bo‗lindi. Chegara 
qo‗shinlari imperiyaning mustahkamlangan qal‘alari va che- 
garalarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki zaxiradagi qo‗shin urush xavfi bo‗lgan chegara 
hududiga yuborish uchun doimo jangovar holatda saqlab turildi. Davlat hokimiyati narx-na- vo 
va ish haqining o‗sishi ustidan qat‘iy nazorat o‗rnatdi. Bir vaqtning o‗zida soliq va pul 
islohotlari o‗tkazildi va natijada ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. III asr 
oxiri IV asr boshlarida o‗tkazilgan ma‘muriy-harbiy va iqtisodiy islohotlar ulkan Rim 
davlatining umrini yuz yildan ko‗proq vaqtga uzaytirdi. 
1.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish