O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Rim imperiyasining ikkiga bo„linishi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Rim imperiyasining ikkiga bo„linishi. 
Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayda 
hokimiyatdan voz kechdilar. Taxtdan voz kechgan Diokletian Adriatika dengizi bo‗yidagi 
Salnikaga ko‗chib borib, u yerda gul va sabzavot yetishti- rish bilan shug‗ullandi. U 313-yil 68 
yoshida vafot etdi. Kon- stansiy I Xlor va Galeriy imperator deb e‘lon qilindi. Voris- lar 
o‗rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining 
o‗g‗li Konstantin (306-337-yillar) g‗olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib 
borib, Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyaning to‗rtga 
bo‗linishini saqlab qoldi, lekin boshqaruvni birov bilan baham ko‗rish tizimini yo‗q qildi. 
Endilikda imperiya qismlarini unga bo‗ysunadigan prefektlar boshqardi. 
Konstantin uzoqni ko‗ra oladigan aqlli siyosatchi edi. U 200 yildan beri ta‘qib etilayotgan 
nasroniy dinining kuch-qudratini davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o‗rnini anglab 
yetdi. Shu sababli, u 313-yil o‗zining Milan edikti (qonuni) bilan nasroniylik dinini boshqa 
dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab nasroniy cherkovi imperator hokimiyatining 
ittifoqchi- si va himoyachisiga aylandi. 
Eski yunon koloniyasi bo‗lgan Vizantiy shahri qayta qu- rilib kengaytirildi. Imperator 
Konstantin 330-yil 11-may kuni poytaxtni Bosfor qirg‗og‗ining sharqiy qismiga tantana- li 
ko‗chirdi. Yangi poytaxtning qurilishi va bezatilishi uchun katta miqdorda mablag‗ sarflandi. 
Saroylar, stadion, ippo- drom (ot poygalari o‗tkaziladigan joy), termalar va kutubxo- nalar 
qurildi. Rimdan ulkan miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar imperator sharafiga yangi nom 
Konstantinopol deb ataldi. Poytaxtning sharqqa ko‗chirilishi tasodif emas edi. Sharqiy 
provinsiyalar g‗arbdagilarga qarganda, madaniy va boyroq edi. 
Imperator Konstantinning o‗limidan so‗ng taxt uchun yana kurash boshlandi. Nihoyat 
davlatning turli qismlari- da bir necha imperatorlar bir vaqtning o‗zida hokimiyatga da‘vo 
qildilar. Hokimiyatni Konstantinning o‗g‗li Konstansiy egalladi (337-361-yillar). Imperator 
Flaviy Klavdiy Yulian (361-363-yillar) eski Rim dinini qayta tiklashga urinib, 313-yilda 
Mediolan edikti bergan xristian cherkovining im- tiyozlarini bekor qildi. Shu sababli xristian 
dini peshvolari Yulianni apostata (dindan qaytgan) deb e‘lon qildi. Yulian 363-yilda forslar 


125 
bilan jangda halok bo‗ldi. Uning vorisi Yu- vian (363-364) xristian e‘tiqodini imperiyada 
hukmron din- ga aylantirdi. Imperatorlar Valentinian I (364-375) va Valent (364-378) bir 
vaqtning o‗zida imperiyaning g‗arbiy va sharqiy qismlarini boshqardilar. Ularning davrida 
germanlarning hujumi kuchaydi. 378-yil Frakiyadagi Adrianopol shahri yonida vesgotlar Rim 
qo‗shinlariga kuchli zarba berdi. Shundan so‗ng Rim imperiyasi hech qachon qayta tiklana 
olmadi. Imperator Valent jang maydonida halok bo‗ldi. Eng yaxshi zo- bitlar qurbon bo‗ldi. 
Endilikda Rim imperiyasi chegaralarini himoya qilish uchun yetarlicha qo‗shin to‗plash 
imkonoyati- dan mahrum bo‗ldi. Endi chegaralarni qo‗riqlash germanlar- dan olinadigan 
ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. Germanlar ko‗plab miqdorda Rim qo‗shiniga olina 
boshlandi. Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar. 
Imperator Feodosiy I (379-395) vestgotlarga Illiriya viloya- tini bo‗shatib berib, shu bilan 
Konstantinopolni bosib olini- shidan saqlab qoldi. Feodosiy 394-yil tarixda so‗nggi marta 
imperiyaning har ikkala qismini ham bir qo‗lga to‗pladi. U o‗limi oldidan imperiyani g‗arbiy 
va sharqiy qismga bo‗ldi, lekin u samoda quyosh yagona bo‗lganidek, yerda ham bit- ta 
imperator bo‗lishi kerak deb uqtirdi. O‗zi qadimgi Rimda mavjud bo‗lgan «reks» unvonini 
qabul qildi va imperiyaning boshqa hududlariga da‘vo qilishdan voz kechib, Italiyani boshqara 
boshladi. Imperiyaning g‗arbiy qismini uning 11 yoshli o‗g‗li Gonoriy (395-423), sharqiy 
qismini 28 yoshli ukasi Arkadiy boshqara boshladi. Gonoriy davri imperiya ning g‗arbiy 
qismini to‗la yemirilish davri bo‗ldi. Imperator saroyidagi fitnalar, rim qo‗shinida xizmat 
qilayotgan german qabilalaridan chiqqan harbiylarning xoinligi, qul va kolonlar- ning norozilik 
harakatlari davlatning parokandaligini yana- da chuqurlashtirdi. Diokletian va Konstantinning 
islohotlari 
imperiyaning yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi, lekin uni to‗xtata olmadi. IV asrda 
jonlangan ichki savdo to‗xtadi. Ko‗p shaharlar xonavayron bo‗la boshladi. Butun imperiya 
bo‗ylab natural xo‗jalikka qaytish boshlandi. Sharqiy Rim imperiyasining hukmdorlari 
germanlarning hujumlarini bartaraf qilib, o‗zboshimcha qo‗mondonlarni yo‗q qildilar. Sharqiy 
Rim im- periyasi 453-yilgacha yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi nomi bilan kirdi. 
G‗arbda pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to‗lash qiyin- lashdi. Shaharlardan aholi ko‗chib 
keta boshladi. Konstantin shahar aholisining ko‗chishi va kolonlarning o‗z yerlarini tash- lab 
ketishlarini rasman taqiqladi. Imperator yirik yer egalari 
-
latifundistlarga barcha soliqlarni natural tarzda to‗lash maj- buriyatini qo‗ydi. Katta yer 
egalarining hokimiyati kuchaydi. Shaxsiy erkin kolonlarning ahvoli qullarning ahvolid an kam 
farq qildi. So‗nggi imperiya davrida yirik yer egalari o‗zlariga qaram bo‗lgan mahalliy aholi 
ustidan o‗z amaliy hokimiyatlarini amalga oshirdilar. Ular o‗z qo‗shin va qamoqxonalarini 
tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning bunday yangi ko‗rinishining shakllanishi so‗nggi Rim 
jamiyatining asta-sekin feodallashu- vini bildirar edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish