O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Me‟morchilik va haykaltaroshlik. 
Rim me‘morchiligi va haykaltaroshligi yunon va 
etrusklarning kuchli ta‘siri ostida rivojlandi. Rimliklar etrusklardan qurilish texnikasining ba‘zi 
usullarini o‗zlashtirib oldilar. Mil.avv. 312-yilda senzor Appiy Klavdiy Seka davrida, rimliklar 
ilk bor tosh to‗shalgan Appiy yo‗lini qurdilar. Odatda, rimliklar yo‗llarni 5 qatlamli tuzilma 
bilan qurar edilar. O‗sha 312-yilda rimlik muhandislar Rim- ning suv ta‘minotini yaxshilash 
uchun arkli suv quvurlari - akveduklarni qura boshladilar. 
Mil.avv. II asrda beton kashf qilindi. Binolar qurilishida g‗isht, tuf, travertin va marmar 
ishlatila boshlandi. Rim qurilish san‘atining ko‗p asrlik tajribasi Mark Vitruviy Pollionning 10 
jildlik «Arxitektura to‗g‗risida» (mil.avv. I asrda) asarida umum- lashtirildi. Bu vaqtda Rimda 


129 
ko‗p qavatli uylar, ko‗priklar, ter malar, zafar arklari qurildi. Mil.avv. 55-yilda Mars 
maydonida toshdan qurilgan birinchi amfiteatr - «Pompeya» qurildi. 
Respublika davrida Rimning jamoatchilik markazi forum bo‗ldi. Bu yerda davlat xazinasi va 
arxivi (Tabulyariy), notiqlar minbari (Rostra), senat majlislari o‗rni (Kuriya), davlat qamoq - 
xonasi (Tullianium) binolari qurilgan edi. Ellin davrida Rim yunon haykallari va boshqa san‘at 
asarlari bilan bezatila boshlandi. Imperiya davrida forum, ibodatxona, bazilika, portik, za- far 
arklari, me‘morial kolonnalar va otliqlar haykallari bilan be- zatildi. Ularning ichida hashamatli 
Trayan kolonnasi va forumi ajralib turadi. Imperator Adrian barcha xudolar ibodatxonasi 
Panteonni bunyod qildi. Ulkan gumbaz diametri 9 metr bo‗lgan aylana teshigi bilan tugaydi. Bu 
teshik orqali quyosh nurlari pastga g‗aram bo‗lib tushib, marmar polda sinib, atrofga mayin va 
bir tekis yorug‗likda taraladi. 
Rim hammomlari (Terma) Rim davlatining ilk davrida gigi- yenik maqsadlarda qurilgan, 
keyinchalik katta hajmdagi ajo- yib inshootlarga aylangan. Inshoot sovuq, iliq va qaynoq, bug‗ 
hammomlari, gimnastika zali, gimnasion, kutubxona, sayr uchun xiyobonlar va hatto rasm 
galereyasidan iborat bo‗lgan. Imperator Karakalla hammomi (terma)da bir vaqtning o‗zida 
2500 kishi yuvinishi mumkin bo‗lgan. Konstantin davrida bunday hammomlar Rim shahrida 10 
ta bo‗lgan, kirish uchun oz haq to‗langan. 
Rimliklar jamoa binolarini qurishdan oldin, ulkan tosh akveduk - vodoprovodlarni qurdilar. 
Mil.avv. IV asr oxirida Ap- pey Klavdiy o‗sha vaqtda mashhur bo‗lgan vodoprovodni o‗tka- 
zib, birinchi sun‘iy yo‗lni bunyod qildi. Imperiyada 372 yo‗l bo‗lgan, yo‗lning kengligi 8 metr 
bo‗lib, tosh parapet har bir chaqirimda ustunlar qo‗yilgan. Rimda 9 ta tosh ko‗prik qurilgan. 
Ispaniyada imperator Trayan qurgan uzunligi 180 metr bo‗lgan ko‗prik hozirgacha saqlanib 
qolgan. 
Imperator Vespasian Rim shahrida milodiy 70-yilda sun‘iy ko‗l o‗rnida ulkan amfiteatrni 
(keyinchalik u Kolizey deb ataldi) qurishni boshladi. Qurilishda Rim aholisining 25 % ishtirok 
etdi. 690-yilda qo‗zg‗olon ko‗targan Yahudiya qo‗zg‗oloni bostirilib, Ierusalimning xazinasi 
Rimga olib ke- lindi. Asir olingan 30 ming yahudiy qullikka sotildi. Imperator hunarmandlar 
uyushmasi ko‗magida yuqori malakali hu- narmandlarni qurilishga jalb qildi. Xomashyo 
sifatida tosh, tuf ishlatildi. Qurilishning beshinchi yilida vulqon qumi va ohak qo‗shib, sement 
hosil qilindi, u toshdan yengil bo‗lib, Kolizeyning arklari ham juda yengil qurildi. Arklarning 
birinchi qavati toshdan bo‗lib, keyingi qavatlar ohaktosh va sementdan k‘otarildi. Qizil rangli 
g‗isht kashf qilindi. 200 ming tonna ohak tashib kelindi, I mln dona g‗isht ishlatildi. G‗isht 
zavodlari qurilib, ular tinimsiz konveyer usulida ishlatildi. Qurilishning o‗ninchi yili imperator 
Vespasian vafot etdi. Uning vorisi imperator Tit qurilishni ikki yil muddat - da tugatdi. 
Ulug‗vor inshootning balandligi 50 metr bo‗lib, 80 minggacha tomoshabin kirishi mumkin edi. 
Amfiteatrda tomoshabin senatorlar, suvoriylar o‗tiradigan lojalar, keyin oddiy fuqaro uchun 
oxirgi yog‗och o‗rinlarda eng kambag‗al- lar o‗tirar edi. Amfiteatrda beshta kirish yo‗li bo‗lib, 
har bir kirish ma‘lum bir ijtimoiy qatlamga mo‗ljallangan. Kirib joy- lashuv yarim soat vaqtga 
mo‗ljallangan bo‗lib, kirish uchun bir necha yo‗laklar qilingan edi. 
Rimliklar mohir kemasozlar bo‗lganlar. Karfagenning den- gizdagi cheksiz hukmronligi, 
etrusklarning dengiz raqobati- da yengilishi rimda kemasozlikning jadal rivojlanishiga turtki 
bo‗ldi. Rim shahrining o‗zida ko‗p qirrali Ostiya dengiz porti qurildi. Ostiya porti verflar (kema 
quriladigan, ta‘mirlanadigan), doklar (port xojaligi), omborlarga ega edi. Imperiya davrida 
dengiz bo‗yidagi har bir shaharning o‗z flotiliyasi bor edi. Den- giz portlari, gavanlar yaxshi 
jihozlangan edi. Fortifikatsiya in- shootlari ham mustahkam bunyod qilinib, muntazam 
ta‘mirlab turilgan. 
Boy rimliklarning hashamatli saroylari marmar kolonnalar, san‘at asarlari, mozaika, 
haykallar bilan bezatilgan va isit- gichlarga ega edi. Kambag‗al fuqarolar esa ko‗p qavatli, hech 
qanday qulayliklarga ega bo‗lmagan, rejasiz qurilgan uylarda yashar edilar. 


130 
Rim san‘atining eng katta yutuqlaridan biri haykal-portret- lar edi. Yunon haykallari 
barkamol fuqaro obrazini yaratgan bo‗lsa, Rim haykalida odamning o‗zi aynan ko‗rinishida 
bunyod qilingan edi. 
Qadimgi odatga ko‗ra, rimliklar uylarida ajdodlarining mum niqoblarini saqlar edilar. Ilk 
davrda etrusklar jez haykallarni yaratdilar. Mil.avv. I asrdan jezning o‗rniga marmar ishlatila 
boshlandi. Rim haykaltaroshligining so‗nggi respublika asar- laridan «Orator», «Togatus», 
«Brut» haykallari, Mariy, Pompey, Sitseron, Kichik Katon va Sezarning byustlarini ko‗rsatish 
mumkin. Bundan tashqari, ko‗pgina imperator va malikalar, amaldor, sarkarda, shoir va 
faylasuflarning marmar byustlari saqlanib qolgan. 
1.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish