O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


 G‟arbiy Rim imperiyasining qulashi. (2 soat)



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

 
2.1.18. G‟arbiy Rim imperiyasining qulashi. (2 soat) 
3.
G„arbiy Rim imperiyasining qulashi. 
Rim imperiyasining to‗la ikkiga bo‗linishi 
asosida O‗rtayer dengizining ikki hududini romanlashgan G‗arb va sharqning tarixiy taraqqi-
yotining o‗ziga xos xususiyatlari bilan belgilanar edi. G‗arbiy provinsiyalarda shaharlar, tovar 
ishlab chiqarish, savdo-hu- narmandchilik tushkunlikga yuz tutdi. Aholining xonavayron 
bo‗lishi, umumiy iqtisodiy turg‗unlik kuzatildi. Markaziy hokimiyat zaiflashib, magnatlar 
kuchaydi. Aholining varvar- lashuvi, harbiy qo‗shinlar tarqab ketishi yuz berdi. Aksincha, 
sharqda kuchli imperator hokimiyati mavjud bo‗lib, provinsiyalar kamroq talandi. Shaharlar, 
savdo-hunarmandchilik rivojlandi. 
Qo‗zg‗olon ko‗targan vestgot federatlari Alarix boshchiligi- da 395-396-yillar Makedoniya va 
Yunonistonni taladi. Kelib chiqishi varvar bo‗lgan rimlik sarkarda Flaviy Stilixon (360-408-
yillar) Yunonistonning janubida Alarix qo‗shinlarini tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix 
bilan shartnoma tuzdi. Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon vestgotlarni 2 marta tor-
mor qildi va Italiyadan haydab chiqardi. Rimda vestgotlar ustidan g‗alaba sharafiga so‗nggi 
marta triumph o‗tkazildi. Rimliklar baribir vestgotlarni Illiriyada yashashlar- iga ruxsat 
berishga majbur bo‗ldilar. Italiya 405-yil konung Radagays boshchiligidagi germanlar 
bosqiniga uchradi. Flo- rensiya yaqinida Stilixon Radagays hujumini qaytardi. Shu bilan birga, 
himoyasiz qolgan g‗arbiy provinsiyalar german qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon 
kuchli sarkarda va diplomat edi. U imperiyani himoya qilishga urindi. Lekin bu maqsadni 
german qabilalarini harbiy xizmatga tortish va ularning yo‗lboshchilari bilan shartnomalar 
asosida amalga oshirishga harakat qildi. 
Stilixon Alarix bilan tinchlik bitimi tuzdi. Alarix bitimga ko‗ra, Konstantinopol bilan 
urushda Rimga yordam berish majburi- yatini oldi. 406-yil varvar qabilalari Reyndan o‗tib 
Galliyani ta- ladilar. Alarix 408-yil Pannoniya (Vengriya) va Norikani egalladi va keyin 
Italiyaga qo‗shin tortdi. Stilixonning o‗z qo‗shini uchun pul mablag‗ini talab qilshi qondirildi. 
Stilixon Vizantiyaga qarshi urushda ittifoqchi sifatida foydalanish uchun Alarix bilan 
kelishmoqchi edi. Stilixon imperiyani mustahkamlashga urindi, 395-yil oxirida imperiyaning 
sharqiy va g‗arbiy qismlarini bir- lashtirib, boshqaruvni o‗z qo‗lida to‗pladi. Shu maqsadda 
german qabilalarini imperiya xizmatiga oldi. Stilixonning bu siyo- satiga qarshi bo‗lgan 
senatorlar guruhi qarshi turdi. Ammo imperator Gonoriy saroyida Stilixonga qarshi guruh 
g‗olib chiqib, Stilixon hokimiyatdan mahrum qilindi va o‗ldirildi. Stilixon o‗li- mini eshitgan 
Alarix Rimga yurish qilib, uni qamal qildi. Alarix 5 ming funt oltin, 30 ming funt kumush 
miqdorida tovon olib qaytib ketdi. Shundan so‗ng Alarix Rimni yana bir necha bor qamal qildi. 
410-yil avgust oyida qullar shahar darvozasini Alarixga ochib berdilar va varvarlar shaharni 3 
kun talon-taroj qildi. So‗ng Alarix boshchiligidagi qo‗shin janubga yurish qil- di. Yo‗lda 
kasallangan Alarix 40 yoshida vafot etdi. Vestgotlar bir necha yildan keyin (419 -yil) 
Akvitaniyada o‗z qirolliklarini o‗rnatdilar. 
Stilixonning o‗limidan so‗ng Rimni himoya qiladigan birorta sarkarda qolmadi. 407-yil 
rimliklar Britaniyadan chiqib ketish- ga majbur bo‗ldilar. Vandal, svev va alanlar 409-yil 
Ispaniyaga hujum qilib, uning alohida viloyatlarini egallab oldilar. 420 -yil vandal va alanlar 
Pireney yarim orolining janubida o‗rnashib, 429-yil Afrikaga o‗tib, Numidiya va unga qo‗shni 
hududlarning katta qismini egalladilar hamda o‗z davlatlarini tuzdilar. Vandal qiroli Geyzerix 
445-yil Italiyaga bostirib kirib, Rim shahri ni talon-taroj qildi. 449-yil Britaniyada ango-sakslar 
bosqini boshlandi. 


134 
Xunnlarning Yevropa tomon siljishi tasodifiy emas edi. Xitoyda Xan sulolasi (mil.avv. 206 -
yil - mil.avv. 221-yil- lar) xunnl ar davlatiga keskin zarba berdilar va xunnlarning Xitoyga 
hujumiga chek qo‗ydilar. Xunnlarning bir guruhi O‗rta Osiyo va shimoliy Hindiston tomon 
siljidilar. Ikkinchi guruhi esa janubiy Sibir, Ural orqali sharqiy Yevropaga yopirildi. Volganing 
quyi oqimida yashagan sarmatlarning bir qismi bo‗lgan alanlar tor-mor qilindi. Ularning bir 
qismi xunnlarga qo‗shildi, qolganlari Kavkazda boshpana topdi (ularning qoldiqlari hozirgi 
osetinlar), xunnlar Don daryosini kechib o‗tib, Karpat va Quyi Dunaygacha bo‗lgan hududlarni 
egallagan, sharqiy german qabilasi - gotlarni bo‗ysundirdi. Gotlardan bir qismi ostgotlar 
(sharqiy) xunnlarga ergashdi, vizigotlar (g‗arbiy) yana g‗arbga tomon chekindilar. Gotlarn- ing 
keksa yo‗lboshchisi Ermanarix o‗zini o‗ldirdi. 
Xunnlar Qora dengiz cho‗llaridan g‗arbga yurib, Dunay bo‗ylariga chiqdilar. Ular hozirgi 
Ruminiya, Moldaviya, Vengriya va Avstriya hududlarini birlashtirib, davlat barpo qildilar (Ho-
zirgi Vengriya-Avstriya hududida). Bu davlat taxtiga 440-yil- da g‗ayratli yo‗lboshchi Atilla 
o‗tirdi. U sharqiy Rim imperiyasi yerlariga bostirib kirdi. Imperator xunnlarga 6000 ming funt 
tilla o‗lpon to‗lab, har yili to‗lov majburiyatini oldi. Atilla ostgot- lar bilan Dunay bo‗ylab 
g‗arbga yurib, Reyn daryosini kechib o‗tdi. Ioanning vafotidan so‗ng yangi imperiya 
Valentinian III (425-455-yillar) uni talablarini bajarmaganlikda ayblab, Atilla Galliyaga 
bostirib kirdi. G‗arbiy Rim imperiyasi lashkarboshisi Aesiy jadal suratda vizigot va franklar 
bilan ittifoq bo‗lib, xunnlarga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlandi. Xunnlarga qarshi rimlik 
sarkarda Flaviy Aetsiy frank. alan, burgund, vestgot va boshqa qabilalar ittifoqini t uzdi. Hal 
qiluvchi jang Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Katalun dalasida 451 -yil iyunida bo‗lib o‗tdi. 
Har ikki tomon o‗rtasidagi qonli jangda juda katta qurbonlik berildi. Vizigotlar sardori 
Teodorix halok bo‗ldi (Got tarixchisi Iordanning ma‘lumotiga ko‗ra, bu jangda har ikkala 
tomondan 300 ming kishi halok bo‗lgan). Vizigotlar jangni to‗xtatdilar. Atilla Dunay bo‗ylariga 
qaytdi. Atilla 453-yil yana Rimga yurish boshladi. Zaiflashgan Ga‘rbiy imperiya Atillaga katta 
sovg‗a-sa- lom to‗lab, Rimni talonchilikdan saqlab qoldi. Papa Lev I xunn- 
lar oldiga elchilar boshlig‗i bo‗lib keldi. Katta sovg‗a-salomlar bilan Atilla Dunay bo‗yidagi 
poytaxtiga qaytdi. 
Atilla qarorgohida o‗zi bo‗ysundirgan qaram xalqlardan birini yo‗lboshchisining qiziga 
uylanib, katta to‗y marosimini o‗tkazdi. Nikoh to‗yi kechasi kelin Atillaning zaharlab o‗ldir - di. 
Ular Dunay daryosini ulkan to‗g‗on bilan to‗sib qo‗ydilar. Atillaning jasadini tilla tobutga, tilla 
tobutni kumush tobut ichiga, uni yana temir tobut ichiga joylashtirdilar. Xunn- lar Atillani katta 
izzat-ikrom bilan dafn qildilar. Dunayning ochilib qolgan o‗zanini qazib, tobutni uning qa‘riga 
qo‗yib, daryo to‗g‗onini buzib tashladilar. Daryo yana eski o‗zanidan oqa boshladi. 
Atillaning o‗limidan so‗ng buyuk xunnlar davlatini birlash- tirib tura olishga loyiq 
yo‗lboshchi topilmadi. Xunnlar davlati parchalanib ketdi. Bu Rim imperiyasini qutqarib 
qolmadi. Kek- sayib qolgan imperiya o‗lim talvasasida edi. Qudratli Feodosiy sulolasining 
so‗nggi vakili zaif imperator Valentinian obro‗-e‘ti- borli Aesiyni ko‗ra olmay o‗z qo‗li bilan 
uni o‗ldirdi. Valentini- anning o‗zi ham Aesiyning harbiy yaqinlari tomonidan o‗ldiril- di. 
Endilikda Rim himoyasini uyushtiradigan biror-bir kuchli sarkarda qolmadi. 
Vandallar 455-yil Geyzerix boshchiligida Rimni talon-taroj qildilar. Imperator xazinasi, 
saroy-ibodatxonalardagi barcha qimmatbaho buyumlar olib ketildi. Rim yong‗in ichida qoldi. 
Shundan so‗ng 20 yil ichida bir necha imperatorlar almash- di. Ular german qabilalarining 
sarkardalari qo‗lida o‗yinchoq bo‗lib qoldilar. Provinsiyalar bilan aloqalar uzildi, maoshsiz 
qolgan rim garnizonlari tarqalib ketdi; ilgari xavfsiz bo‗lgan rim yo‗llari mahsulot tashish va 
yurish uchun o‗ta xavfli bo‗lib qoldi; yo‗llarda german qabilalari va boshqa qaroqchi - lar izg‗ib 
yurar edilar. 
Varvar qabilalari va qirolliklari imperiya bilan hisoblash- may qo‗ydilar. Biror-bir imperator 
davlatning yemirilishini to‗xtata olmadi. Imperatorlar Ravenna shahrini doimiy qa- rorgohga 
aylantirdilar. Rim xristian cherkovi boshlig‗i papa qarorgohi bo‗lib qoldi. Afrikada o‗rnashib 
qolgan vandallar Ravenna imperatorlarining zaifligidan foydalanib, Sitsiliya, Sardiniya va 


135 
Korsikaga yurish qildilar. Ular 455-yil Italiya- ga yurish qilib, Rim shahrini 14 kun davomida 
talon-taroj qildilar. Olib keta olmagan buyumlarni vandallar yo‗q qildilar. Nodir san‘at asarlari, 
haykallar, saroylar o‗t ichida 
qolib, Galliya va Ispaniyaning mahalliy zodagonlari uzoqda- gi Ravenna imperatorlari bilan 
aloqa qilgandan ko‗ra, bosib olingan viloyatlarning amaldagi hokimlari varvar qirollari bilan 
hamkorlik qilishni afzal deb hisobladilar. 
475-
yilda 
Atillaning sobiq kotibi, patritsiy ayolga uylan- gan Orest o‗zining 14 
yoshli o‗g‗li Romul Avgustulni imperator taxtiga o‗tkazib, o‗zi hokimiyatni boshqardi. So‗nggi 
imperator - Rim shahri va imperiyasini barpo qilgan Romul afsonaviy Avgustul ismlarini olib, 
balog‗atga yetmagani uchun Avgust emas, Avgustul deb ataldi. O‗smir imperatorni rimliklar 
mazax qilib, Avgustcha deyishar edi. Amalda G‗ar- biy Rim imperiyasi tugadi. German 
qabilalari yo‗lboshchilari Italiyada to‗la hukmronlikni qo‗lga oldilar. 
476-
yil 
germanlarning skir qabilasidan bo‗lgan imperator gvardiyasi qo‗mondoni 
Odoakr Rimda hokimiyatni bosib oldi. Orest o‗ldirildi. Romul Avgustul 476-yil 23-avgustda 
taxtdan tushirilib, Neapol yaqinidagi Lukull villasiga surgun qilindi va shu yili vafot etdi. 
Odoakr G‗arbiy Rim imperiyasi impe- ratori unvoni tugatilgani to‗g‗risida senatning rasmiy 
qaro- rini olishga erishdi. Imperatorlik ramzlari Konstantinopolga yuborildi. Bu rasman 
Sharqdagi imperator hokimiyati osti- da Rim imperiyasining yaxlitligi tiklanganligini bildirar 
edi. Odoakr o‗zini Italiyaning hokimi deb e‘lon qildi. Odoakr dav- latini 493-yilda ostgotlar 
bosib oldilar, uning o‗zi o‗ldirildi. 
Antik dunyo tarixining oxirgi sahifalari Sharqiy Rim impe- ratori Yustinian (527-565-yillar) 
nomi bilan bog‗liq. U VI asr o‗rtalarida Rim huquqini kodifikatsiya qildi. Yustinian kodeksi 
qadimgi Rimda huquqning uzoq yillardagi taraqqiyotini tugal- langan holda o‗zida aks ettirdi. 
Shu bilan bir vaqtda Yustinian tomonidan antik tafakkur markazi bo‗lgan Afinadagi Platon 
akademiyasining tantanali yopilishi yangi davrning antik davr bilan ramziy xayrlashuvi bo‗ldi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish