Ta‟lim va fan.
Rimda ta‘limning birinchi bosqichi maktab edi. Maktablar xususiy bo‗lib,
davlat ta‘lim jarayoniga aralash- mas edi. Maktabda ishi yurishmagan, kelib chiqishi noma‘lum
bo‗lgan kimsalar ham dars bergan. Boshlang‗ich maktabda 7-12 yoshli bolalar o‗qish-yozish,
og‗zaki sanashga o‗rgatilar, o‗qish faqat bir semestrni tashkil etgan. Keyingi o‗qish pullik edi.
O‗rta maktabda olimlar, yozuvchi va adabiy tanqidchilar (ko‗pincha ozod bo‗lgan qul -
yunonlar) grammatikani o‗qitar edilar. Boy oilalarda bolaga 7 yoshidan yollangan qul-pedagog
dars bergan. O‗smirlar 12-16 yoshda grammatika va adabiyotni o‗qitadigan maktabga
borganlar. Bundan tashqari logika, arif- metika, geometriya, astronomiya fanlari va musiqaning
ayrim unsurlarini o‗rganganlar. 16 yoshdan o‗smirlar notiqlik san‘ati bo‗yicha notiq
o‗qituvchilardan saboq olganlar. Notiqlik san‘ati taniqli huquqshunosning rim huquqidan
mashg‗ulotlari bilan to‗ldirilgan. Imperiya davrida o‗qituvchilar, ayniqsa, notiq-ritor- lar
professor deb aytilgan. Rimlik notiqlik o‗qituvchisi Kvinti- lian (milodiy I asr) birinchi
professor bo‗lgan va 68-yildan davlat ish haqi to‗lagan. O‗rta asrlarda professor unvoni
universitet o‗qituvchilari - doktor, magistrlarga oliy malaka unvoni sifatida berilgan.
Antik davrda notiqlik maktablari mashhur bo‗lib, 15-16 yosh- li qobiliyatli o‗quvchilar
notiqlik san‘atini o‗zlashtirganlar. Im- periya davrida siyosiy notiqlarga o‗rin qolmagani uchun
notiq- lik maktablari faxrli va daromadli kasb bo‗lgan advokatlarni tayyorladi. Rim
imperiyasining madaniy markazlari Rim, Aleksandriya, Pergam, Rodos, Afina va Massiliya
shaharlari edi. Bu shaharlarda kutubxonalar, teatrlar va maktablar mavjud edi. Har bir
shaharning o‗z madaniy muhiti bo‗lib, Rim shahri madaniyati inshootlariga taqlid qilinib,
hashamli jamoa in- shootlari barpo qilingan.
Tabiiy fanlar rivojlanib, qator ilmiy asarlar yozildi. Texnik bilimlarning nazariy asoslari
yaratildi. Vitruviyning 10 jildli «Arxitektura to‗g‗risida», Sekst Yuliy Frontinning «Akveduklar
to‗g‗risida», Aleksandryalik Geronning «Mexanika» asarlari- da texnika sohasining nazariy
asoslari tavsiflandi. Tiniq shi- sha kashf etilib, shishasozlik sohasi rivojlandi. Binolarni isi- tish
tizimi yaratildi. Qurilishda sement kashf qilinib, qishloq
xo‗jaligida suv tegirmonlari, vintli press va hosilni o‗radigan mexanizm ixtiro qilindi.
Strabonning 17 jildli «Geografiya»si, Pomponiy Melaning «Yer tuzilishi to‗g‗risida» nomli 3
jildli kito- bi, Klavdiy Ptolemeyning «Geografiya bo‗yicha yo‗riqnoma» nomli 8 jildli asari,
Kvintilinning «Notiqni o‗qitish» 12 jildli notiqlik nazariyasi to‗plami, Kolumellaning
astronomiya bo‗yicha «Qish- loq xojaligi to‗g‗risida» nomli 12 jildli asarlari fan taraqqiyoti-
ning katta yutuqlari edi. I asr o‗rtalarida Katta Pliniy (24-79-yil- lar) o‗zining 37 jildli
«Tabiatshunoslik» asarini yozdi. Bu asar ensiklopedik mazmunda bo‗lib, fizika, geografiya,
botanika, zoologiya, mineralogiya va boshqa fanlar bo‗yicha ma‘lumotlar beradi. Fiziolog
Klavdiy Galen (129-199-yillar) va akusher hamda pediatr Soran shuhrat qozondilar. Avl
Korneliy Sels «Fanlar» asarida dehqonchilik, ritorika, harbiy ish va tibbiyot to‗g‗risida turli
ma‘lumotlarni jamladi.
1.
Tarix. Ilk imperiya davrida tarixiy asarlar va tarjimayi hollar yozish janri keng rivojlandi.
Mil.avv. 59-yil - milodiy 17-yil- larda Paviya shahrida yashagan notiq Tit Liviy lotin tilida
«Sha- harga asos solinganidan keyingi Rim tarixi» nomli 142 jildli tarix asarini yozdi. Tit Liviy
voqealar bayonini mil.avv. 9-yilgacha olib bordi. Yangi era boshlarida Pompey Trog «Jahon
tarixi»ni 44 jildda lotin tilida yozdi. Yana bir «Jahon tarixi» yunon tilida Yahudiya podshosi
131
Irod I ning maslahatchisi damashqlik Nikolay tomonidan 144 jildda yozildi. Asarda voqealar
mil.avv. IV asrgacha yoritilgan.
Mil.avv. I asrda Korneliy Nepot «Mashhur kishilar to‗g‗risi- da» biografik asarini yozdi.
Mil.avv. I asr oxirida galikarnaslik Dionisiy «Rim qadriyatlari» nomli tarixiy asarini yozdi.
Bizgacha bu asardan faqat 9 tasi yetib kelgan. Italiya va uning provinsiyalari tarixi va
geografiyasi to‗g‗risida qimmatli ma‘lumotlar Strabonning «Geografiya» asarida (17 kitob)
beriladi. Strabonning yana bir asari «Tarixiy yozishmalar» bizgacha yetib kelmagan.
Milodiy I asrda Velley Paterkulning «Jahon tarixi» nomli 2 jildli kitobi, notiq Valeriy
Maksimning «Mashhur ishlar va so‗zlar» nomli 9 kitobda tarixiy latifalar keltiriladi. Kvint
Kur- siy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli 10 jildli kitob yozdi. Imperatorlar
Vespasian va Titning klienti yahudiy Iosif Flaviyning 7 jildli «Yahudiya urushi tarixi», 20 jildli
«Yahudiya qadimiyatlari» asarlari sharqiy provinsiyalar to‗g‗risida boy ma‘lumotlar beradi.
Davlat arbobi, tarixchi, yozuvchi Gay Pliniy Sekund (24-79-yillar) san‘at, madaniyat va fan
soha- larida noyob ma‘lumotlar to‗plami - «Tabiiy tarix» nomli 37 jildli ensiklopedik asar
yozdi. Bu ulkan asarda 500 muallif, 2 ming kitobdan olingan ma‘lumotlar umumlashtirilgan.
Ta- rixchi Publiy Tatsit (mil.avv. 58-120 yillar) prokurator oila- sida tug‗ilgan, pretor (88 yil),
konsul (97 yil), Osiyo provinsi- yasi prokonsuli (112/113-yillar). Tatsit 16 jildli «An‘analar»,
14 jildli «Tarix» asarlarini yozdi. Bu asarlar Yuliy Klavdiy va Flaviylar sulolalarining 14 -96-
yillardagi tarixini qamragan davrni aks ettiradi. Tatsitning «Germaniya» asari german qa-
bilalarining ijtimoiy tuzumi, dini va turmushi to‗g‗risidagi ta- rixiy-geografik ocherk
hisoblanadi.
Imperator Adrianning kotibi Gay Svetoniy Trankvill (70-140-yillar) «O‗n ikki Sezar hayoti
tasviri» asarida Sezardan Domitsiangacha bo‗lgan Rim imperatorlarining biografiyasi
to‗plamini yaratdi. Tatsitning zamondoshi, 46-126-yillarda yashagan yunon yozuvchisi Plutarx
210 ta turli xil asarlar yozgan. Bizgacha ulardan 150 tasi yetib kelgan. Plutarx mashhur yunon-
rim arboblarining 50 biografiyasi, bitta makedon
-
Aleksandrning va bir fors - Artakresks I ning biografiyasini yozadi.
Makedoniyalik Appian 160-165-yillarda 24 jildli «Rim tarixi» asarini, Rim senatori Dion
Kassiy Koksian (155-235-yillar) yunon tilida 80 jildli «Rim tarixi»ni yozdi. Dion Kassiyning
bu kitobidan 25 jildi va ko‗p sonli parchalar bizgacha yetib kelgan. Dion Kassiyning kichik
zamondoshi Gerodian «Markdan keyin imperator hokimiyati» (Mark Avreliyning o‗limidan
so‗ng Gor- dian III hukmronligigacha, 180-238-yillar) 8 jildli tarix kitobini yunon tilida yozdi.
Mashhur davlat arbobi Gay Yuliy Sezar (mil.avv. 100-44-yil- lar) Rim tarixiga oid bir necha
asarlar yozdi. Bizgacha uning faqat «Galliya urushlari to‗g‗risidagi yozuvlar» (7 kitob) va
«Fuqarolik urushi to‗g‗risidagi yozuvlar» (3 kitob) asarlari yetib kelgan. Tarixiy monografiya
janrining asoschisi Gay Sal- lyustiy Krisp (mil.avv. 86-35-yillar) keksalik paytida «Katilina
fitnasi to‗g‗risida», «Yugurta urushi to‗g‗risida» hamda mil. avv. 78-67-yillar voqealarini
qamrab olgan «Tarix» asarini yozgan.
III-IV asrlarning ikkinchi yarmida Rim tarixshunosligi tush- kunlikka yuz tutdi. IV asrda
«Imperatorlar tarixi yozuvchilari» nomi bilan II-III asrlar imperatorlari biografiyalari to‗plami
paydo bo‗ldi. Bu to‗plam materiallarida Antoniylar boshqaruv davridan imperiyaning
yemirilish davriga o‗tishi yaqqol ko‗rsa- tiladi. So‗nggi mashhur Rim tarixchisi Ammian
Martsellin (330-400-yillar) edi. Uning kelib chiqishi yunon bo‗lib, lotin ti- lida «Faoliyat»
nomli 31 jildli tarixiy asarini yozdi. Bu asar Tatsit «Tarix»ini davom ettirib, 96-378-yillardagi
voqealarni o‗z ichiga oladi. IV asrda so‗nggi imperiya davrining siyosati va mafku- rasi tarixi
bo‗yicha imperatorlarga maqtovlar, notiq Libaniyning nutq va xatlari paydo bo‗ldi. IV asrda
xristian tarixshunosligi- ning shakllanishi boshlandi. Xristian cherkovi tarixi bo‗yicha
«Cherkov tarixlari» lotin va yunon tilida paydo bo‗ldi. Ularning orasida kesariyalik taniqli
tarixchi va ilohiyotshunos Yevse- viyning «Buyuk Konstantin tarjimayi holi» va «Cherkov
132
tarixi» asarlari alohida o‗rin tutadi. Rimning parokandalik davri sa- bablarini xristian
tarixchilari ham o‗z nuqtayi nazarlari bo‗yicha yoritdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |