Men uchun Facebook doim odamlarni anglatgan



Download 498,52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2022
Hajmi498,52 Kb.
#419863
Bog'liq
Mark Zuckerberg haqida



"Men uchun Facebook doim odamlarni 
anglatgan": Mark Sukerbergning biznes 
qoidalari 
#UzbGeek
 
Facebook asoschisi Mark Sukerberg insoniyatning umumiy maqsadi va bilimlar 
iqtisodiyoti haqida so‘zlaydi, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarni deb odamlar real hayotda 
muloqot qilmay qo‘yganidan norozi bo‘layotgan tanqidchilarning tanbehlariga javob 
beradi. 
Sukerbergda autizmning yengil versiyasi hisoblangan Asperger sindromining ba’zi 
belgilari kuzatilmoqda. Aytishlaricha, unda odamlar bilan muloqot qilish bilan bog‘liq 
muammolar bor — bu ayniqsa o‘zi va boshqalar his-tuyg‘ularini ifodalashda yaqqol 
seziladi. Shunisi qiziqki, Sukerberg aynan butun dunyo odamlariga tanishish imkonini 
berish orqali boyigan. Lekin shu bilan birga, uning ishlanmasi tufayli biz ertadan 
kechgacha o‘z gadjetlarimizga termulib o‘tiramiz va hozir o‘zaro muloqotlarimizning 
katta qismi real hayotda kechmayapti. 
Qanday bo‘lmasin, Mark Sukerberg - dunyoning eng yosh milliarderlaridan biri. Uning 
biznesi allaqachon do‘stona yozishuvlar uchun ijtimoiy tarmoq darajasiga ko‘tarilgan. 
Facebook — ulkan shaxsiy ma’lumotlar bazasi, o‘tgan bahorda Cambridge Analytica 
bilan bog‘liq mojaro vaqtida bunga hamma ishonch hosil qildi. 
2013 yilda Sukerberg internet.org tashabbusi haqida e’lon qildi. Uning maqsadi — 
butun dunyo bo‘ylab milliardlab kishilarni internetga kirish imkoni bilan ta’minlash. 
"Tasavvur qiling, fermerga ob-havo haqidagi ma’lumotni yoki oddiy darsliklari 
bo‘lmagan bolalar uchun elektron ensiklopediya o‘qish qanchalik qiziq bo‘ladi", - 
deyiladi internet.org saytida. O‘z navbatida, tasavvur qiling, 5 milliard kishi u tufayli 
internetga kirish imkoniga ega bo‘lsa, Facebook auditoriyasi qanchalik kengayadi! 
Umuman olganda, Mark Sukerbergni yomon niyatda ayblab bo‘lmaydi. U Bill Geytsga 
tenglashmoqda: Giving Pledge tashabbusiga qo‘shildi va o‘z boyligining 99 foizini "inson 
salohiyatini kengaytirish va tenglikni targ‘ib qilish"ga sarflashni rejalashtirishmoqda. 
Ko‘pchilik internetga tobelik deb ataydigan narsani esa bilimlar iqtisodiyoti qurilishi deya 
izohlaydi. Forbes bizning odatlarimizni o‘zgartirgan va onlayn-hayot asosichilaridan biri 
bo‘lgan Mark Sukerbergning qiziqarli fikrlaridan parchalar keltirdi. 


Men uchun Facebook doim odamlarni anglatgan. Ko‘pchilik buni ermak, qisqa 
muddatli mashg‘ulot deb hisoblagandi, shu bois men uni shunchaki yordamchi dastur 
deb atadim. Shu bilan birga, men tarmoqni yaratish va munosabatlar o‘rnatish - odamlar 
uchun asosiy mashg‘ulotlardan biri ekani hamda bu qisqa muddatli ermak emas, barcha 
zamonlar uchun dolzarb vosita ekanini ko‘rsatishga harakat qildim. Jamoani 
boshqarayotganingizda qandaydir ulkan maqsadni ko‘zlash kerak emas, shunchaki 
foydali va uzoq muddatli ixtiro qilish kerak. 
Bizning avlod kimlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi? Bizning avlod o‘n millionlab ishchi 
o‘rinlari avtomatlashtirilgan tizimlar, haydovchisiz avtomobillar va yuk mashinalariga 
almashishiga guvoh bo‘ladi. Biroq bizda busiz ham birgalikda amalga oshiradigan 
imkoniyatlar mavjud. Har bir avlodning o‘z loyihasi bo‘ladi. Inson Oyga chiqishi uchun 
300 ming kishi ishlagan. Millionlab ko‘ngillilar butun dunyo bo‘ylab bolalarni 
poliomiyelitdan qutqarishgan. Millionlab kishilar Guver to‘g‘oni va boshqa katta 
loyihalarni qurishgan. Bu loyihalar nafaqat ularda ishtirok etgan odamlar uchun 
maqsadga aylangan, balki butun mamlakatimizga buyuk ishlar qila olishimiz uchun faxr 
tuyg‘usini bergan. Endi esa bunday ishlarni qilish navbati bizga keldi. Ehtimol "Men 
qanday qilib to‘g‘on qurish yoki biror loyihaga millionlab kishilarni jalb qilish 
mumkinligini bilmayman", deb o‘ylayotgandirsiz. Biroq bir sir bilan bo‘lishishga ijozat 
bersangiz: biror ishga qo‘l urilganda uning nima bilan tugashini hech kim bilmaydi. 
G‘oyalar bizga to‘liq tayyor shaklda kelmaydi. Ularning ustida ishlasakkina aniqlik yuzaga 
keladi. Siz shunchaki boshlashingiz kerak. Agar men boshlash oldidan odamlarni qanday 
birlashtirish haqida bilganimda hech qachon Facebook'ni yo‘lga qo‘ymasdim. 


Filmlar va pop-madaniyat bizga bu qanday ishlashiga doir noto‘g‘ri tasavvur beradi. 
Bizga birdaniga kelgan g‘oya - xavfli yolg‘on. Agar biz vaziyatni oldindan ko‘ra bilmasak, 
bunday stereotip o‘zimizni noto‘g‘ri tutishga majbur qiladi. Bu yaxshi g‘oyaga ega 
kishilarga ish boshlashga yo‘l bermaydi. 
Innovatsiyalar haqida so‘zlovchi filmlarda yana nima noto‘g‘ri, bilasizmi? Hech kim 
matematik formulalarni shisha oynaga yozmaydi, bunaqasi yo‘q. 
Idealist bo‘lish yaxshi, biroq odamlar sizni tushunmasligiga tayyor turing. Katta 
vizioner konsepsiyalar bilan ishlovchi har qanday insonni hatto haq bo‘lsa-da, kun kelib 
ahmoqqa chiqarishlari mumkin. Murakkab muammolar kompleksi bilan ishlovchi har 
qanday kishini bu muammolarni umuman tushunmaslikda ayblashlari mumkin, holbuki 
barchasini oldindan bilishning iloji yo‘q. Tashabbus bildirayotgan har qanday kishini 
biror ishni haddan tashqari tez bajarayotgani uchun tanqid qilishadi, chunki doim sizning 
amaldagidan sekinroq harakat qilishingizni istovchi kishilar topiladi. 
Jamiyatda biror katta ish qilmaymiz, chunki xatoga yo‘l qo‘yishdan qo‘rqamiz. Biroq 
agar hech narsa qilmasak, biz ba’zi narsalar noto‘g‘ri ekanligini rad etgan bo‘lamiz. 
Haqiqat shundaki, qilayotgan barcha ishlarimiz kelgusida qandaydir muammolarga duch 
keladi. Ammo bu sizni yangi ish boshlashdan to‘xtatmasligi kerak. 
Nimani kutyapmiz? Bizning avlod uchun nima umumiy buyuk ish bo‘la olishi borasida 
bir qarorga keladigan vaqt keldi. Sayyorani yo‘q qilishimizga qadar iqlim o‘zgarishini 
to‘xtatish va millionlab odamlarni quyosh batareyalari ishlab chiqarish va ulardan 
foydalanishga jalb etishga qanday qaraysiz? Barcha kasalliklarni davolash va o‘z sog‘lig‘i 


hamda genomi haqida ma’lumot bilan bo‘lishuvchi ko‘ngillilarni jalb qilishga-chi? Bugun 
biz kasal bo‘lishning oldini oluvchi dori vositalarini izlashga emas, allaqachon kasallikka 
chalingan kishilarga 50 baravar ko‘p mablag‘ sarflayapmiz. Bu bema’nilik. Biz bu 
vaziyatni tuzatishimz kerak. Demokratiyani har bir inson onlayn ovoz bera oladigan 
darajada modernizatsiya qilishga nima deysiz? Har bir inson ta’lim olish imkoniga ega 
bo‘lish uchun ta’limni personallashtirishga-chi? Bu bizning qo‘limizda. Keling, jamiyatda 
har bir insonning o‘z roli bo‘lishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilaylik. 
Muhim loyihalarga kirishib, har bir inson o‘z maqsadini his qilish uchun birinchi 
qadamni tashlaymiz. Ikkinchi qadam — tenglikni qayta ko‘rib chiqish va har bir insonga 
o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishi uchun erkinlik berish. Ota-onalarimizning aksariyati butun 
kareralari davomida barqaror ishda ishlashgan. Bugun kompaniya ochishimiz yoki unda 
ishlashimizdan qat’i nazar, barchamiz tadbirkormiz va bu ajoyib. 
Biz barchamiz faqat g‘oya yaxshi bo‘lgani yoki ko‘p ishlaganimiz uchungina 
muvaffaqiyatga erishmaganimizni bilamiz. Omadimiz kelgani uchun ham muvaffaqiyatga 
erishganmiz. Agar men butun vaqtimni dasturlashtirishga bag‘ishlash o‘rniga oilamni 
qo‘llab-quvvatlashim kerak bo‘lganida barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Hatto 
Facebook inqirozga yuz tutsa ham, ishlarim joyida bo‘lishiga ishonchim komil 
bo‘lmaganida, men hozir bu yerda turmagan bo‘lardim. To‘g‘risini aytish kerak, 
qanchalik omadimiz kelganini barchamiz yaxshi bilamiz. 
Bizning mahsulotlarimiz ezgu maqsadlarda ishlatilishiga ishonch hosil qilishni 
istayman. Kunimga yakun yasayotib, kimdir meni nimadadir ayblashi haqida 
o‘ylamayman. Facebook'da hammasi mutlaqo to‘g‘ri va yaxshi bo‘lishi mumkin emas. Bu 


odamlar. Odamlar undan yaxshi maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham 
foydalanadi. Biz ana shu yaxshilik yoki yomonlikning tarqalishi uchun javobgarmiz, shu 
bois yomonlikni kamaytirish yo‘lida imkon qadar harakat qilyapmiz. 
Texnologiyalar insonlar imkoniyatlarini oshiradi. Odamlarning ijobiy va salbiy jihatlari 
bor. Men texnologiyalar insonlar imkoniyatlarini yaxshilashiga ishonaman. Umuman 
olganda, odamlar yaxshi ekaniga ishonaman, shunday ekan, texnologiyalar ijobiy ta’sirga 
ega bo‘ladi. 
Qiziq bir tadqiqot bor. Unga ko‘ra, bir amerikalikning qiyin vaziyatda murojaat qilishi 
mumkin bo‘lgan o‘rtacha uch yaqin do‘sti bor. Shuning uchun men kompaniya ichida 
jamoa tuzdim va savol berdim: "Insonning o‘rtacha yana bir do‘sti paydo bo‘lishiga 
erisha olamizmi?" Gap shunchaki odamlar avvaldan biladigan kishilar bilan bog‘lanishga 
yordam berishda emas, chin ma’noda ularning hayotida muhim o‘zgarish qilishda. 
Imkon qadar tezroq o‘qib o‘rganish — kompaniyamiz strategiyasi asoslaridan biri. Bu 
"Okey, shu tariqa biz eng yaxshi messenjerni quramiz yoki shunday qilib biz eng yaxshi 
yangiliklar lentasini tuzamiz" singari har qanday aniq strategiyadan muhimroq. Odamlar 
bizga aytgan gaplar bilan imkon qadar tezroq o‘rganuvchi moslashuvchan kompaniya 
qurish lozim. 
Facebook'da muhandislarimiz, begona kompaniyalar va foydalanuvchilarga katta 
erkinlik taqdim etamiz. Ular o‘zlari kerak deb hisoblagan ishlarini qilishi mumkin va biz 
ularga ishonamiz. Mening g‘oyalarim va takliflarim hamda xodimlar va tashqi 
foydalanuvchilar o‘rtasida muvozanat mavjud. O‘ylashimcha, ma’lum bir darajadagi 
chetlashuv muhim. 
Menejment san’ati ajoyib qarorlar uchun superboshqaruvchini jalb qilishda emas, 
odamlarga o‘zingiz rozi bo‘lmagan ishlarni ham qilishga imkon berishdadir. Zero bu 
ijodiy jarayonni rivojlantirishga turtki beradi, odamlar esa qandaydir yangi ishga qo‘l ura 
olishi mumkinligini his qilishadi. Eng qizig‘i, bu muvaffaqiyat olib kelishi mumkin, hatto 
siz dastlab buni qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lsangiz ham. 
Har qanday inson o‘tirib, biror nima ixtiro qilishi hamda uni butun dunyo bo‘ylab 
millionlab kishilar bilan bo‘lishishi mumkinligi juda zo‘r va buning uchun deyarli hech 
narsa kerak emas - faqat dasturiy kod va texnologiya. 
Agar siz ishni 13 yil ilgari yotoqxonadan boshlagan bo‘lsangiz, ijtimoiy tarmoqni 
yaratish to‘g‘ri g‘oya bo‘lgan. 10 yil avval, hoynahoy, ijtimoiy aloqalar uchun mobil ilova 
yaratish to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Hozir o‘ylashimcha, yanada maxfiy muloqot uchun jihoz 
yaratish ahamiyatli bo‘lar edi. 
Doim aytaman - faqat o‘zingiz yollangingiz kelgan odamlarni ishga yollang. Muqobil 
sayyorada men bunday odamlarga ishlashni o‘zim uchun sharaf deb bilgan bo‘lardim. 


Fikrimcha, bu qandaydir tashqi mentorlarga ega bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga 
ega. 
Tadbirkorlar qilishi kerak bo‘lgan eng qiyin narsa — o‘zlariga juda yoqadigan narsani 
tanlash, uning ustida ishlash, lekin ishga tushgunga qadar unga to‘liq "sho‘ng‘imaslik". 
Har bir yangi texnologiya borasida xavotirlanish odamlarga xos. Tanqidchilar biz bir-
birimiz bilan gaplashish o‘rniga shu texnologiyaga ko‘p vaqt ketkazayotganimizdan 
tashvishlanishadi. Bu bizni yolg‘izlantiradi. Biroq odamlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra 
ijtimoiy. Aslida agar texnologiya bizga bir-birimizni yaxshiroq tushunishga yordam 
bermasa, u yaxshi ish bermaydi va muvaffaiyatga erishmaydi. Ilk kitoblarni misol qilish 
mumkin. Ishonch bilan aytishim mumkinki, o‘sha davrda ham odamlar "Bir-birimiz bilan 
gaplashish mumkin bo‘lgan bir vaqtda kitoblarning bizga nima keragi bor?" deyishgan. 
Boshqa bir insonning tajribasiga chuqur sho‘ng‘ish uchun o‘qish kerak, shundaymi? 
Gazetalar, telefonlar yoki televizorlar bilan ham xuddi shunday. Tez orada virtual reallik 
(barchani birlashtiruvchi) shu texnologiyaga aylanadi. 
Bizning kelajagimiz - bu bilimlar iqtisodi. Agar biz barchani tarmoqqa ulasak, ham 
ularning, ham o‘zimizning hayotimizni yaxshilaymiz, zero biz ularning g‘oyalari va 
samaradorligidan yutamiz. Barchaga ulanish imkonini berish — bu bilimlar iqtisodi 
poydevori. Bu shunchaki qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lgan ish emas - bu fundamental 
va zarur qadam. Manba: xabardor.uz 
|UZ|Marketing
 

Download 498,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish