O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2.
 
II triumvirat. Respublikaning qulashi. 
Sezarni o‗ldirib, fitnachilar o‗zlarini yo‗qotib 
qo‗ydilar. Ular tiraniyaga qarshi kurash va boshqarishning respublika tuzumini qayta tiklash shi- 
ori ostida harakat qildilar. Lekin senatorlar ozodlikning tikla- nishini olqishlash o‗rniga vahimaga 
tushib qochib ketdilar. Hech qanday rejaga ega bo‗magan fitnaning faol ishtirokchilari Brut va 
Kassiy shahardan qochishga majbur bo‗ldi. Sezarning eng yaqin do‗stlaridan biri, mil.avv. 44-
yildagi konsul Mark An- toniy Rimning amaldagi xo‗jayiniga aylandi. Antoniy Sezarning 
merosxo‗ri sifatida marhumning uyidan uning arxivi, 100 mln sestersiy miqdoridagi pul 
mablag‗ini o‗zlashtirib oldi. Sezarning dafn qilish marosimi dabdabali qilib o‗tkazildi. 
Dafn marosimi arafasida Sezar vasiyatida o‗zining bosh me- rosxo‗ri qilib, asrandi o‗g‗li, 
singlisining 18 yoshli farzandi Gay Oktavian Furinni belgilagani ma‘lum bo‗ldi. Antoniy 
aholining turli guruhlari o‗rtasida o‗z mavqeyini mustahkamlash uchun faol harakat qildi. 


109 
Senatga yon berdi. Sezarning veteranlariga suyanishni ko‗zlab, ularga qonun bilan yer ulushi 
berdi. O‗z hokimiyatini kuchaytirish uchun boy Galliya provinsiyasini o‗z ixtiyoriga o‗tkazdi. 
Senat Sitseron boshchiligida unga qarshi muxolifatga o‗tdi. Boshda Antoniy Gay Yuliy Sezar 
Okta- vianga mensimasdan qaradi. Oktavian senat bilan vaqtincha- lik ittifoq tuzdi. Respublika 
tarafdori bo‗lgan mashhur notiq va konsul Sitseron yangi tiran Mark Antoniyga qarshi 
Oktavianni qo‗llab-quvvatladi. Shu vaqtda respublika tarafdorlari bo‗lgan Brut va Kassiy Bolqon 
yarim orolida katta harbiy kuch to‗pladi- lar. Mil.avv. 42-yil kuzida Makedoniyadagi Filipp 
shahri yaqi- nida triumvirlar qo‗shinlari bilan senat respublikasi tarafdor- lari qo‗shinlari 
o‗rtasida ikki jangda respublikachilar yengildi. 
Fuqarolar urushining oxirgi bosqichi boshlandi. Senatning topshirig‗i bilan Oktavian Mark 
Antoniyga qarshi urush boshladi. Mil.avv. 43-yil aprelida Mutina yonidagi jangda Antoniy 
yengildi. Legionerlar Oktavianga imperator unvonini berdi- lar. Antoniy esa respublika dushmani 
deb e‘lon qilindi. Antoniy yengilgach, senat g‗alabani bayram qildi. Sitseron bosh- chiligidagi 
senat oligarxiyasi Oktavianning o‗z mutlaq hokimiyatini o‗rnatishiga yo‗l bermaslikka urindilar. 
Oktavianning kon- sul bo‗lishiga qarshi chiqdilar va unga qo‗shin qo‗mondonligini topshirishga 
buyruq berdilar. Oktavian esa qo‗mondonlikni topshirmadi. Antoniyni ta‘qib qilmadi. Aksincha, 
Mark Antoniy va Sezar tarafdorlaridan bo‗lgan Lepid bilan o‗zaro shartnoma 
tuzdi. Ularning ittifoqi II triumvirat (Bononi shahri yaqinida mil.avv. 43-yil) nomi bilan ma‘lum. 
Bu ittifoq I triumviratdan farq qilgan holda xalq yig‗inida rasmiy tasdiqlandi. Triumvirlar 
kelishuviga binoan Oktavian mil.avv. 41-yil 19-avgustida konsul etib saylandi. Italiyada ular 
o‗zlariga qarshi bo‗lgan respublika tarafdorlarini ta‘qib ostiga oldilar. G‗oliblar proskripsiya 
ro‗yxatiga nafaqat o‗zlarining dushmanlari bo‗lgan senatorlar- ni, balki boy bo‗lgan rim 
fuqarolarini ham kiritdilar. Ular Sulla davridagi proskripsiyadan hajmi va shafqatsizligi bilan 
oshib tushdi. E‘lon qilingan proskripsiya natijasida minglab odamlar, birinchi navbatda, taniqli 
respublikachi Sitseron halok bo‗ldi. 
Respublikachilar tor-mor etilgach, Brundiziyda Oktavian va Antoniy triumvirlar o‗rtasida 
provinsiyalar yangidan taqsimlan- di: Oktavianga G‗arbiy provinsiyalar Illiriya bilan birga 
berildi, Antoniy sharqdagi provinsiyalarga ega bo‗ldi, Lepedga Afrika qoldirildi. Shartnoma 
sulolaviy nikoh bilan mustahkamlandi. Antoniy Oktavianning yaqinda beva qolgan singlisi 
Oktaviyaga uylandi. Pompeyning o‗g‗li Sekst Pompey dengizda qaroqchilik qilib, Rimga oziq-
ovqat keltirishni qiyinlashtirdi. Oktavian unga qarshi keskin urush harakatlari olib borib, bir 
necha jangda 
S.Pompeyning flotini yanchib tashladi. Italiyada Oktavianning obro‗si oshib ketdi. Mil.avv. 36-
yilda Antoniy Parfiyaga yurish boshladi, lekin bu yurish natijasiz tugadi. Antoniy mil.avv. 34-
yilda Armanistonga yurish qilib, arman podshosini xoinlik- da ayblab qatl qildi. Shundan so‗ng 
Kleopatra podsholar podshosi deb e‘lon qilindi. Uning o‗g‗illari mustaqil hisoblangan yoki rim 
provinsiyalari tarkibiga kirgan podsholiklarni Antoniy- dan sovg‗aga oldilar. Antoniy va 
Kleopatra ma‘lum bir siyosiy maqsadlarni ko‗zlagan edilar. Antoniy Misr podsholigining katta 
boyliklari parfiyaliklarga qarshi harbiy yurish uyushti- rish imkoniyatini beradi deb hisobladi. 
Kleopatra Ptolemeylar podsholigini mil.avv. III asr boshlaridagi chegaralarda tiklashni orzu 
qilgan edi. Rim hukmron tabaqalar Antoniyning faoliyati- ni Rimning manfaatlariga zid 
hisobladi. Oktavian rimliklarning Antoniyga nisbatan dushmanlik kayfiyatini yanada kuchayti- 
rishga harakat qildi. Oktavian Rimga qaytib, Antoniyga qarshi zimdan kuch to‗play boshladi. Tez 
orada triumvirlardan biri Lepid Sitsiliyada hokimiyatni qo‗lga olishga urindi, lekin uning 
qo‗shinlari Oktavian tomoniga o‗tib ketdi. Natijada Lepidning siyosiy faoliyati tugallandi. Lepid 
oliy pontifik lavozimiga ega bo‗lgani uchun Oktavian uning hayotini saqlab qoldi. Shundan so‗ng 
Lepid Rimda hech qanday siyosatga aralashmay, mil.avv. 12-yilgacha yashab, 77 yoshida vafot 
etdi. Italiya va uning atro- fidagi hududlarda o‗z hokimiyatini mustahkamlagan Oktavian raqibi 
Antoniyga qarshi urushga jiddiy tayyorlana boshladi. 
Mark Antoniy Misrga jo‗nab ketdi va u yerda malika Kleopat- raga uylandi. U mutlaq 


110 
hukmdor sifatida sharqdagi Rimning yer-mulklariga egalik qildi. Mil.avv. 32-yilda rimliklar 
Misrga qarshi urush e‘lon qildilar. Antoniy tarafdorlaridan tozalan- gan senat uni «respublika 
dushmani» deb e‘lon qildi. Oktavian 250 jangovar kema, 80 ming legionerlardan iborat quruqlik- 
dagi qo‗shinga, Antoniy esa 100 ming piyoda askar, 12 ming otliq va 500 kemaga ega edi. 
Mil.avv. 31-yil 2-sentabrda Epir qirg‗og‗idagi Aksiy burni yonida dengiz jangi bo‗lib, bu jangda 
Antoniy floti yengildi. Mil.avv. 30-yilda Oktavian Suriya va Misrga yurish qildi va hech qanday 
qarshiliksiz Aleksandriya shahrini egalladi. 
Jangda yengilib, hokimiyatdan ajralgan, umudsizlikka tush- gan Antoniy o‗zini qilichga 
tashlab o‗ldirdi. Kleopatra esa o‗lim to‗shagida yotgan eriga o‗zini o‗ldirib, uning orqasidan 
borishni va‘da qildi. Ammo buning o‗rniga u Oktavian tomoniga o‗tmoq- chi bo‗ldi. Faqat g‗olib 
Oktavian uni kishanlab, Rimga olib borish niyati borligini bilib qolib, o‗zini o‗ldirdi. 
Aytishlaricha, malika o‗zini zaharli ilonlarga chaqtirib o‗ldiradi. Oktavianning buyrug‗i bilan 
Sezar va Kleopatraning o‗g‗li Sezarion hamda An- toniyning Fulviyadan bo‗lgan katta o‗g‗li 
Antullni o‗limga hukm qildilar. Antoniyning qolgan 9 bolasini uning sobiq xotini Ok- taviya 
(Oktavianning singlisi) o‗z tarbiyasiga oldi. Ptolemeylar sulolasi 300 yilga yaqin hukmronlik 
qilgan Misr Rim provin- siyasiga aylantirildi. Shu bilan Rimda fuqarolar urushining fojiali davri 
tugadi. Sezarning asrandi o‗g‗li Oktavianning Rim O‗rtayer dengizi davlatiga uzoq hukmronlik 
yillari boshlandi (mil.avv. 30-yildan-milodiy 14-yiligacha). 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish