O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

3.
 
Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi. 
Mil.avv. I asrda Italiyada ittifoqchilar urushi 
bo‗lib o‗tdi. Rimning italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan birga, harbiy xizmatning barcha 
majburiyatlarini o‗tab, bundan hech qanday yengillik, foy- da olmadilar. Provinsiyalarda 
shaharlarning katta qismi ma- halliy ishlarda bir qism o‗z-o‗zini boshqarish huquqidan («sosi 
-
ittifoqchilar») foydalanar edilar. Bunday shaharlar qatorida keng avtonomiyadan 
foydalanuvchi erkin shaharlar ham bor edi. Rim provinsiyalarini bunday boshqarishda «bo‗lib 
tashla va hukmronlik qil» («dividt et impera») siyosatidan foydalandi- lar. Dehqonlar yerga 
egalik qilish kafolatlariga muhtoj edilar. 
Yersiz dehqonlar va qo‗shinda harbiy xizmat muddatini o‗tagan veteranlar yer ulushi olish, 
shahar plebey esa turli xayr-ehson, oziq-ovqat mahsulotlarini tekin olish ilinjida edilar. 
Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega bo‗lishga harakat qildilar. 
Respublikaning I asrlarida Rim davlat hokimiyati ittifoqchilarning ancha qismiga Rimga ko‗chib 
o‗tib, uning fuqarolari bo‗lish huquqini berdi. Vaqt o‗tishi bilan bunday im- koniyatlar cheklandi. 
Rimning O‗rtayer dengizi davlatiga aylani- 
Rimda Italiya aholisiga past nazar bilan qarash an‘anasi kuchaydi. 
Xalq tribuni Appuley Saturnin mil.avv. 103-yilda rim aho- lisiga favqulodda arzon narxlarda 
rim fuqarolariga davlat tomonidan non sotish to‗g‗risidagi qonunni o‗tkazdi. Saturnin dasturida 
G.Mariy veteranlarini yer bilan ta‘minlashni ham ko‗zda tutdi. Nobillarning qattiq qarshiligiga 
qaramay, Satur- ninning agrar qonuni qabul qilindi. G.Mariy siyosiy hokimiyat- ga erishish va 


101 
yangi konsullikga saylanish uchun populyarlar- ni qo‗llab-quvvatladi. Saturnin qonuni qabul 
qilingan bo‗lsa-da, uni amalga oshirish mumkin bo‗lmadi. Demokratik harakatning keng 
ko‗lamga aylanib ketishi suvoriylarni qo‗rqitib yubordi. Natijada suvoriylar nobilitet bilan 
birlashdi. Mil.avv. 100-yildagi siyosiy kurash qurolli to‗qnashuvga aylanib ketdi. G.Mariy ham 
nobil- lar tomoniga o‗tdi va senatdan favqulodda vakolatlar olib, qo‗zg‗o- lonni bostirdi. Saturnin 
agrar qonuni mayda va katta yer egaligi o‗rtasidagi kurashning yangi bosqichi bo‗ldi. 
Italiyadagi vaziyat juda keskin edi. Yetarlicha siyosiy tajribaga ega bo‗lgan nobillarning ba‘zi 
bir vakillari faqat o‗z vaqtida o‗tkarilgan islohotlar norozilikni oldini olishi mum- kin deb hisobl 
ar edilar. Bu islohotlarni o‗tkazish tashabbusi bilan mil.avv. 91-yilda xalq tribuni lavozimiga 
saylangan op- timat Kichik Liviy Druz chiqdi. U Rim fuqarolari va italiya- liklarning keng 
qatlamlariga suyangan holda senat obro‗ini mustahkaml ash, shu bilan bir vaqtda kuchayib 
ketayotgan suvoriylarni zaiflashtirish maqsadini ko‗zladi. U bir necha qonun loyihalarini taklif 
qildi: 
1.
Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish. 
2.
Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan jamoa yer- larida Rim fuqarolari 
koloniyalarini tashkil qilish. 
3.
Senatorlarning sud komisiyasiga provinsiya noiblari suiis- te‘mollari to‗g‗risidagi ishlarni 
berish, shu bilan birga, senatni 300 suvoriy bilan to‗ldirish. 
4.
Eng kambag‗al fuqarolarga arzon non sotishni ko‗paytirish. 
Birinchi qonun loyihasi keskin qarshilikka uchradi. Ittifoqchilar to‗g‗risidagi masala 
muhokama qilinadigan xalq ken- gashidan bir kun oldin Liviy Druz o‗ldirildi. 
Liviy Druzning o‗ldirilganligi, uning qonun loyihasi rad etil- ganligi haqidagi xabar Rimga 
qarshi ittifoqchilarning urushini keltirib chiqardi (mil.avv. 91- 88-yillar). Katta yer egaligining 
o‗sishi Italiya aholisi foydalanib kelgan yerlarni okkupatsiya qilinishiga olib keldi. Italiya aholisi 
rim fuqaroligini olish uchun kurashdi. Rim bu urushga bor kuchini to‗pladi. Eng yaxshi 
sarkardalar Gay Mariy, Lutsiy Korneliy Sulla, Litsiniy Krass va hatto ozod qullar ham qo‗shinga 
safarbar qilindi. Urush davomida rimliklar yon berishga majbur bo‗ldilar. Rim fuqa- roligini 
barcha italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va umbrlarga berish to‗g‗risidagi qonun 
qabul qilindi. Keyin esa ikki oy davomida qurolini topshiradigan qozg‗olonchi ittifoqchi- larga 
ham fuqarolik va‘da qilindi. Faqat shundan keyingina qo‗zg‗olonchilar o‗rtasida ajralish 
boshlandi. Urushni oxiriga- cha davom ettirmoqchi bo‗lgan mars va boshqa qabilalarning shahar 
va qishloqlari kultepaga aylantirildi. Ittifoqchilar urushi qator muammolarni hal qildi. Urush 
quyidagi asosiy natijalar bilan tugadi: 
-
Rim rasmiy jihatdan ham jamoa-davlat sifatida yashashni to‗xtatdi; 
-
Ittifoqchi jamoalar mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruvini saqlab qolgan yagona davlat tarkibiga 
kirgan shahar-munisipiylarga aylandi; 
-
Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini o‗zlashtira oldilar. O‗z-o‗zini boshqaruvning 
bosh organi xalq yig‗ini say- lagan sobiq magistrantlar, 100 dekurionlardan saylangan senat 
(kuriya) edi. Senat a‘zolari, odatda, boy shaharliklar, o‗rta yer egalari - quldorlar edi; 
-
Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga birlashuvidan birinchi navbatda, boy 
italiyaliklar foyda ko‗rdilar. Jumladan, dekurionlar toifasi shu vaqtdan boshlab hukmron sinfning 
iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchli guruhi sifatida o‗rin egallay boshladi; 
-
Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari jamoalararo doiradan chiqib, yanada jadal 
rivojlana boshladi; 
Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya dehqonlari vete- ranlar sifatida provinsiya yerlarini 
egallash imkoniga ega bo‗l dilar. Provinsiyalarda italiyalik savdogarlar, sudxo‗rlar, ija- rachilar 
hamda hunarmandlar keng faoliyat ko‗rsata boshladilar. Eng kambag‗al italiyaliklar legionerlar 
va davlat yordamini oladigan Rim yo‗qsillari safini to‗ldirdilar. 
Rim fuqarolari sonini 400 mingdan ikki milliongacha o‗sishi ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni 
tugatmadi, balki yanada kuchay- tirdi. Ittifoqchilar urushida rimliklarning g‗alabasi juda qim- 


102 
matga tushdi. Italiya shahar va qishloqlari vayron qilindi. Juda ko‗p qurbonliklar berildi. 
Iqtisodiy tushkunlik boshlanib, pul qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi tushkunlik rim jamiyatida 
ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashuvi bilan birga bordi. Tashqi siyosat- da bu vaqtda jiddiy 
muammolar tug‗ildi. Rim respublikasi- ning og‗ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi 
Mitridat VI Yevpator Rimning Osiyodagi provinsiyalariga bostirib kirdi. Mil. avv. 88-yilda Rim 
respublikasi chuqur ijtimoiy-siyosiy tanglik va qonli tashqi urushlar davriga kirdi. Oqibatda, 
Respublika tizimi zaiflashdi, demokratik tuzumdan mutlaq hokimiyat to- moniga jadal siljish 
boshlandi. Agrar masala, Italiya shaharla- rining huquqsizligi, oddiy xalq-plebsning ahvolini 
yomonlashuvi hamda hukmron tabaqalar o‗rtasidagi kurash respublika tuzumi asoslarini 
zaiflashtirdi. Rim respublikasi o‗z halokati tomon jadal yurishni boshladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish