O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

1.
 
Sulla diktaturasining o„rnatilishi. Spartak boshchiligidagi qullar qo„zg„oloni. 
Rim 
respublikasi mil.avv. 80- yil boshlarida Italiyada ittifoqchilik urushlari tugaganidan keyin 
moliyaviy tushkunlik, savdo-hunarmandchilik degradatsiyasi va ichki siyosiy beqarorlik holatida 
edi. Shu bilan bir vaqtda Pont podshosi Mitridat VI ning Kichik Osiyo va Bolqon yarimorolini 
bosib olishi Rimni sharqda urush boshlashiga chaqiriq bo‗ldi. Mitridat mashhur shaxs bo‗lib, 
baland bo‗yli, juda katta jismoniy kuchga ega bo‗lgan. U 22 tilni bilgan, har tomonlama 
ma‘lumotli kishi edi. Mitridat VI Bosfor, Kolxida, Kichik Armanistonni bosib olib, rimliklarning 
Kichik Osiyo mulklariga bostirib kirdi. Mahalliy aholi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Kichik 
Osiyoning barcha shaharlarida uning topshirig‗i bilan bir kunda 30 ming rimlik o‗ldirildi. 


104 
Mitridatga qarshi urushda qo‗shinga qo‗mondonlik qilish uchun birdaniga ikki sarkarda da‘vogar 
bo‗ldi. Ulardan biri optimatlar yetakchisi, mil.avv. 88-yilda konsul bo‗lgan 50 yoshli Lutsiy 
Korneliy Sulla edi. Ikkinchi da‘vogar popu- lyarlarning o‗tmishdagi ittifoqchisi, 6 marta konsul 
bo‗lgan shuhratparast, 68 yoshli keksa Gay Mariy edi. 
Rim qo‗shiniga qo‗mondonlik qilish senat tomonidan Lutsey Korneliy Sullaga (mil.avv. 138-
78-yillar) topshirildi. Rimda xalq yig‗ini esa Sullani chetlatib, Sharqqa yurishga Gay Mariyni 
qo‗mondon etib tayinladi. Shu vaqtda Janubiy Italiyada turgan g‗ayratli sarkarda Sulla o‗z 
qo‗shinlariga juda katta va‘dalar berib, Rimga yurish qildi. Rim o‗zining ko‗p asrlik tarixi 
davomida birinchi bor rimlik qo‗shinlar tomonidan jang bilan egallandi. Gay Mariy Afrikaga 
yashirinishga majbur bo‗ldi. Sulla o‗z qo‗shini bilan Yunonistonga yurish qilib, Mitridat VI 
qo‗shinlarini tor-mor qildi. Shu vaqtda Rimda to‗ntarish sodir bo‗lib, hokimiyatni yettinchi marta 
konsul qilib saylangan Gay Mariy va 4 marta konsul bo‗lgan Sinna egalladilar Tez orada Mariy 
bezgak kasalligidan vafot etdi. Sulla mil.avv. 83-yilda o‗z qo‗shini bilan Janubiy Italiyaga kelib 
tushdi. Fuqarolar urushining yangi davri boshlandi. Bu urush Sullaning g‗alabasi bilan tugadi. 
Sulla hokimiyatni bosib olgach, o‗z mavqeyini huquqiy rasmiylashtirdi. U senatga murojaat 
qilib, davlatda tartib o‗rnatish uchun bir kishini favqulodda vakolatlar bilan ta‘minlash zarur- 
ligini aytdi. Komisiyalar (mil.avv. 82-yil)da oliy hokimiyat to‗g‗risida qonun qabul qilinib, 
Sullaga noma‘lum vaqtgacha diktatorlik vakolatini berdi. Qonunga ko‗ra, Sulla qonunlar 
chiqarish va boshqaruvni tashkil etish uchun cheklanmagan vakolatlarga ega bo‗ldi. Diktator 
barcha sohalarda fuqarolar hayoti va mulkiga o‗zi xohlagancha egalik qiladi; u alohida kishilarga 
oliy hokimiyatni berishi mumkin, koloniyalar barpo qilishi mumkin, tashqi siyosatni olib borishi 
mumkin, har qanday muammo bo‗yicha qonunlar chiqarishi mumkin. Ilgari diktatura muddati 
qat‘iy (6 oygacha) cheklab qo‗yilar edi. Sulla esa noma‘lum vaqtgacha diktator etib tayinlandi. 
Sulla o‗zining raqiblarini bartaraf qilish uchun proskripsiya deb nomlangan tadbirni amalga 
oshirdi. Sulla tomonidan tuzilgan, mol-mulki tortib olinishi kerak bo‗lgan va o‗zi xoin deb 
hisoblagan kishilarning alohida ro‗yxati (proskripsiya) shunday deb atalar edi. Kim bu ro‗yxatga 
tushgan bo‗lsa, u qonundan tashqari deb e‘lon qilinib, har qanday kishi uni o‗ldirishi, hatto bu 
uchun mukofot olishi mumkin edi. Shu yo‗l bilan 100 senator va 2500 suvoriy o‗ldirildi va 
ularning mulki musodara qilindi. O‗ldirilganlarning boshi forumga qo‗yildi. Hukm 
qilinganlarning mulki auksionda sotildi. Sullaning yaqinlari, uning ozod qullari va veteranlari 
katta mol-mulkka ega bo‗ldilar. G‗arazli maqsadlar, shaxsiy dushmanlik bilan ko‗pgina begunoh 
kishilar o‗ldirildi. 
Sulla bepul non tarqatishni bekor qildi, qarz foizlarini chekladi hamda mil.avv. 241-yilda 
bekor qilingan senturiy komisiyalarini qayta tikladi. Senat tarkibiga Sulla o‗z tarafdorlaridan 
bo‗lgan 300 yangi a‘zoni kiritdi. Diktator plebey tribunlari va komisiyalarning qonunchilik 
hokimiyatini bekor qilib, bu vakolatni senatga berdi. Sullaning maqsadi eski bo‗lib, patritsiy- 
plebey aslzodalarining hokimiyatini qayta tiklash edi. 
Uning davrida senatda aslzodalar hukmronlik qila bosh- ladilar. Sud hokimiyati suvoriylardan 
qaytarib olinib, senatga berildi. Sulla o‗rnatgan tartib-qoidalarning tayanchi uning ve- teranlari 
edi. Sulla o‗zining legioner veteranlariga (harbiy xizmati tugagan askarlar) Italiya shaharlari va 
qishloqlaridan proskripsiya ro‗yxati bo‗yicha qatl etilgan «yangi fuqarolarning» yerlarini 
taqsimlab berdi. Veteranlar har qanday norozilikni bostirishga tayyor turar edilar. Lekin tez orada 
mil.avv. 79-yilda ko‗plar uchun kutilmagan holda Sulla diktatorlik vakolatini o‗zidan so- qit 
qilib, hokimiyatdan chetlashdi. Diktator tuzalmas qichima kasalligiga yo‗liqqan bo‗lib, badaniga 
yiringli yara toshib ketgan va faqat suvda cho‗milib, bir oz orom topar edi. Sobiq diktator 
baliqchilik bilan shug‗ullanib, memuarlar yozdi. Sulla mil.avv. 78-yil 60 yoshida miyasiga qon 
quyilishi oqibatida vafot etdi. Sulla konstitutsiyasi yana 8 yil yashadi. 
Mohir sarkarda Sulla askarlari orasida katta obro‗ga ega edi. U xudbin, sovuqqon bo‗lib, pulga 
juda o‗ch edi. U ma‘lumotli odam bo‗lib, yunon adabiyoti va falsafasini yaxshi bilgan. Bir 
qobilyatsiz shoir Sullaga bag‗ishlangan maqtov she‘rini keltirganda Sulla unga boshqa she‘r 


105 
yozmaslik sharti bilan katta miqdorda pul berishga buyruq beradi. 
Sulla konstitutsiyasiga birinchi bo‗lib 78-yilda konsul bo‗lgan Mark Emiliy Lepid qarshi 
chiqdi. Konsullikni topshirib, Lepid qo‗shin to‗plab Rimga yurish qildi. Lekin Mars maydonidagi 
jangda yengildi. U Sardiniyaga qochib ketdi va shu yerda vafot qildi. Ikkinchi bo‗lib Sullaga 
qarshi mil. avv. 81-yil Ispaniyada noiblikni topshirgan Sertoriy chiqdi. Kvint Sertoriy iberlar 
bilan yaxshi munosabatda bo‗ldi. Ibirlar uning legionlari safini to‗ldirdilar. Sulla tartib-
qoidalariga sodiq bo‗lgan senat unga qarshi Gney Pompey boshchiligida katta qo‗shin yubordi. 
Mil.avv. 72-yil Ispaniyada Sertoriy qo‗zg‗oloni bostirildi va qatl etildi. 
Shu vaqtda Italiyani Spartak rahbarligidagi misli ko‗rilmagan qullar qo‗zg‗oloni qalqitib 
yubordi (mil.avv. 74 -71-yillar). Spartak kelib chiqishi Frakiyadan bo‗lib, Rim qo‗shinida 
yollanma askar bo‗lib xizmat qiladi va xizmatdan qochadi. Keyin esa asir olinib, gladiatorlikka 
berilgan. Spartak o‗zining jismoniy kuchi, dovyurakligi uchun ozodlikka chiqadi. Kapuya 
shahridagi Len- tul Batiatning gladiatorlik maktabiga qilichbozlik o‗qituvchisi bo‗lib ishga 
kiradi. Boshda Spartak qo‗zg‗oloniga ahamiyat berilmadi. Sarkardalik qobiliyatiga ega bo‗lgan 
shijoatli Spartak tez orada o‗z qo‗l ostida qullardan tuzilgan 120 ming kishilik qo‗shin to‗pladi. 
Bir necha bor rimliklar ustidan g‗alaba qildi. Ayniqsa, Shimoliy Italiyadagi Mutina shahri yonida 
Spartak yaxshi qurollangan ikki konsul boshchilik qilgan Rim qo‗shin- larini tor-mor qildi 
(mil.avv. 72-yil). Bu hol Rimni vahimaga tushirib qo‗ydi. 
Senat mil.avv. 72-yilda Spartakka qarshi qo‗shinga bosh- chilik qilishni favqulodda vakolatlar 
bilan eng boy quldor Mark Krassga topshirdi. Spartak tezlik bilan Rimni chetlab o‗tib, Ita- 
liyaning janubiga yurish qildi. Farazlarga ko‗ra, Spartak Sitsili- yaga o‗tishga harakat qilgan. 
Spartakning Sitsiliyaga o‗tishi- da kemalar bilan ta‘minlashga va‘da bergan Kilikiya dengiz 
qaroqchilari (piratlar) uni aldadilar. Qullar qo‗shini Bruttiya viloyatida qamalib qoldi. Krass bu 
yerda 52,5 km uzunlikdagi okop qazishga buyruq berdi. Spartak qo‗shinlari rimliklarning bu 
to‗siqlarini buzib o‗tib, Brundiziy portiga qarab harakat qildilar. U o‗z qo‗shinini kemalar bilan 
Yunonistonga olib o‗tmoq- chi edi. Tez orada Spartak qo‗shinlaridan bir necha qismlar ajralib 
ketdi. Bu Spartakning kuchini zaiflashtirdi. Krass qullar qo‗shinini ta‘qib ostiga olib, ularning 
orqasidan izma-iz bordi. Apuliya viloyatida Krass va Spartak qo‗shinlari o‗rtasida hal qi- luvchi 
jang bo‗ldi (mil.avv.71-yil). Jang boshlanishida Spartakka otini minishga hozirladilar, lekin u 
qilichini sug‗urib otni o‗ldirdi. Spartak g‗alaba qilgan taqdirda eng yaxshi otlarga ega bo‗lishi 
mumkinligi, yengilgan taqdirda hech qanday ot kerak emasligini aytdi. Jang juda shafqatsiz 
bo‗lib, rimliklar g‗alaba qildilar. Spartak va minglab qullar bu jangda qahramonlarcha halok 
bo‗ldi. Uch yil davom etgan qullar qo‗zg‗oloni bostirildi. 6 ming qul Kapuyadan Rimga 
boradigan yo‗lda xochga mixlandi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish