100
Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan harbiy-siyosiy islohotlar o‗tkazildi. Islohotlar
natijasida yaxshi ta‘lim berilgan yangi qo‗shin tuzildi. Ko‗p sonli tevton qabilalari mil.avv. 102-
yil Sekstiy Akva yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Mil.avv. 101-yilda Shimoliy Italiyadagi
Vertsella yonidagi jangda kimvrlar ham tor-mor qilindi. Janglarda 150-200 ming germanlar halok
bo‗ldilar. Yana shunchasi Italiya va O‗rtayer dengizi qul bozorlarida sotib yuborildi.
Gay Mariyning bunday yutuqlarining asosiy sababi uning harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim
qo‗shini zaruriyat bilan cha- qirilgan fuqarolarning ko‗ngilli qismlaridan iborat bo‗lib, urush
harakatlari tugaganidan so‗ng ular o‗z tinch ishlariga qaytar edilar. Qo‗shinda xizmat qilish
ma‘lum miqdorda mulkka ega bo‗lgan, o‗zini qurol-yarog‗ bilan ta‘minlay oladigan fuqarolar-
ning faxriy majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan qo‗shin Rim shahar-davlati
sharoitida o‗zini oqlar edi. Endilik- da Rim O‗rtayer dengizining turli qismlarida to‗xtovsiz
urushlar olib borayotgan bir paytda harbiy majburiyat nafaqat faxriy, aksincha, og‗ir bo‗lib,
ayniqsa, ko‗ngillilarning asosini tashkil etadigan dehqonlar uchun xonavayron qiladigan
majburiyat bo‗ldi.
Gay Mariy senatdan qo‗shinga mulkiy ahvoliga qaramasdan barcha fuqarolarni qo‗shinga
yollashga ruxsat oldi. Eng kam- bag‗al shaharlik va yersiz dehqonlar davlatdan qurol-yarog‗,
harbiy xizmati uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan so‗ng yer ulushi oladigan bo‗ldilar.
Italiyaliklar va boshqa itti- foqchilar harbiy xizmatga ko‗plab jalb qilina boshlandilar. Natijada
dehqonlardan tuzilgan ko‗ngillilar qo‗shini professional qo‗shinga aylana boshlandi. Bu qo‗shin
o‗z ehtiyoj manfaatlari bilan aholini boshqa tabaqalaridan ajralib turar edi hamda ular o‗z
qo‗mondonlariga so‗zsiz va sadoqat bilan bo‗ysunar edilar. Chunki har bir legionerning taqdiri
va farovon hayoti bu sar- kardalarga bog‗liq edi. Gay Mariy qo‗shinning tuzilishi, qurolla- nishi,
jangni tashkil qilish, jangchilarning harbiy mashqlarini tashkil qilish, qismlarning tuzilishiga
taalluqli bo‗lgan qator is- lohotlarni amalga oshirdi. Rim qo‗shinida eng qadimgi davrdan bayroq
yoq edi. Asosan dala nishonlari uchun pichan tutami qistirilgan uzun tayoq ko‗tarilgan edi. Gay
Mariy qo‗shinga bur- gut tasviri tushirilgan nishon joriy etdi. Shu vaqtdan boshlab burgut tasviri
legionning ramziga aylandi, bundan tashqari har bir kogorta ham o‗z ramziga ega bo‗ldi.
Qo‗shinni qayta qurish- ning ijobiy natijalari tevton qabilalari ustidan (mil.avv. 102-yil) qilingan
g‗alabalarda yaqqol ko‗rindi. Bu ijobiy o‗zgarishlar Gay Mariyni Rimda eng obro‗-e‘tiborli
kishiga aylantirdi. Natijada Gay Mariy uzluksiz 5 yil davomida 5 marta, jami esa 7 marta mavjud
qonunlarga zid ravishda konsul qilib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: