98
agrar qonun loyiha- sini taklif qildi. Bu qonun loyihasi bo‗yicha yerga egalik qilish
500 yugergacha cheklanib, agar oilada ikki voyaga yetgan o‗g‗il bo‗lsa, har bir oila 1000
yugergacha yerga ega bo‗lishi mumkin edi. Qolgan ortiqcha yer pul mablag‗i bilan
kompensatsiya qilish asosida davlatga qaytarilishi kerak edi. Yangidan
tashkil etilgan yer
jamg‗armasi 30 yuger (7,5 ga.) miqdorida chek yerga bo‗linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga
merosiy ijara huquqi- da taqsimlanishi kerak edi. Ularning egalari xazinaga uncha ko‗p
bo‗lmagan miqdorda soliq to‗lashlari lozim edi. Qishloqda- gi kichik ishlab chiqaruvchilarning
yersizlanishi va xonavayron bo‗lishini to‗xtatish maqsadida davlatdan olingan yerlarni sovg‗a
qilish yoki sotish taqiqlangan. Qonun loyihasi qabul qilindi. Is- lohotni amalga oshirish uchun
tarkibida Tiberiy va uning ukasi Gay bo‗lgan komisiya tashkil etildi. Islohotga qarshi bo‗lgan
senat tashkiliy xarajatlarga pul mablag‗i berishdan bosh tortdi. Tiberiy senatga qarshi bo‗lgan
yana bir qonunni komisiyalarda qabul qilinishiga erishdi. U agrar
komisiyaning ehtiyoji uchun
vafot etgan Pergam podshosi Attal III ning xazinasini berishga erishdi. Tiberiy Grakxning
islohotchilik faoliyatiga qarshi kuchli qarshilik boshlanib, uning dushmanlari navbatdagi
saylovlar paytida Tiberiy va uning tarafdorlarini o‗ldirdilar.
10
yil o‗tgach, islohotlar dasturini Tiberiyning ukasi Gay Grakx taklif qildi. Gay Grakx agrar
sohada emas, sud, ma‘muriy tizim, qo‗shin va pul tizimida qator
islohotlarni tizimli amalga
oshirdi. Bir qancha tadbirlar shahar plebey foydasiga o‗tkazildi (arzon non sotish) va suvoriylar
toifasidan provinsiya noiblari suiiste‘mollarini ko‗radigan sud komisiyalari tashkil etildi.
Lekin shahar plebeyning katta qismi va suvoriylar agrar is- lohotlardan manfaatdor emas
edilar. Buning ustiga provin- siyalarga qishloq xojalik koloniyalarining tashkil etilishi su-
voriylarning noroziligiga olib keldi. Gay Grakxning Italiyaning Rimdan tashqari hududlari
aholisiga fuqarolik huquqini berish niyati Rim plebsini unga qarshi bo‗lishiga sabab bo‗ldi.
Plebey o‗z imtiyozlari va o‗zlari oladigan xayr-ehsonni boshqalar bilan baham ko‗rishni istamas
edi. Gay Grakx islohotchilik faoliyati- da jamiyatning turli xil tabaqalariga tayandi.
Uning
raqiblari mil.avv. 122-yildagi saylovda uning qayta saylanishiga yo‗l ber- madilar. Ommaviy
to‗qnashuvda Gay Grakx va uning tarafdor- lari halok bo‗ldi. Uning o‗limidan so‗ng agrar
qonunni hech kim bekor qilishga botina olmadi. Lekin yerlarni taqsimlovchi komi- siya tugatildi
va yer berish to‗xtatildi. Mil.avv. 111-yildagi agrar islohot ilgari 500 yugergacha egallangan
yerlarni va islohotlar
natijasida 30 yugerlik yerlarni o‗z egalariga xususiy mulk sifa- tida qonunlashtirdi.
Islohotchi aka-uka Grakxlarning tizimli amalga oshirgan ko‗pgina
tadbirlari eng jiddiy
natijalarga olib keldi. Gay Grakx o‗limidan so‗ng, oligarxiya o‗z mavqeyini qisman tikladi.
Suvoriy- lar sud ishlarini o‗z qo‗llarida saqlab qoldilar. Agrar islohot o‗tka- zish to‗xtatildi.
Mil.avv. 121-yilda agrar islohotlar natijasida olingan yer ulushlarini begona qilmaslik bekor
qilindi. Mil.avv. 119-yilda agrar komisiya faoliyati to‗xtatildi. Mil.avv. 111-yilda plebey tribuni
Spuriy Toriy qonuniga asosan fuqarolar ijaraga olgan 500 yugergacha bo‗lgan barcha davlat
yerlari xususiy mulk deb e‘lon qilindi. Italiyada tashkil topgan 10 minglab dehqon xo‗jaliklar
o‗nlab yillar mavjud bo‗ldi. Shahar plebsiga tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori
o‗sdi. Plebey Grakxlar faoliyati senatda va siyosiy hayotda nobillarning yagona hukmronligiga
putur yetkazdi.
Aka-uka Grakxlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari
natijasida Rimda senat, suvoriylar va
barcha boy toifalarning optimatlar partiyasi va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining
populyarlar partiyasi paydo bo‗ldi. Populyarlar va optimatlar atamasini birinchi bo‗lib mil.avv.
63-yilda notiq va siyosiy ar- bob Sitseron ishlatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: