Davlat va huquq nazariyasi
ASSIMENT
KIRISH
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Bunday hollarda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va maʼqullash uchun Senatga yuboriladi. Shuningdek, Senat tomonidan maʼkullanib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilgan qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Senat tomonidan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan qaytarishining huquqiy tomonlarini qonunchilik hujjatlari asosida yoritib bering va qaytarilgan qonunning Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish tartibini atroflicha muhokama eting. Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurligi to‘g‘risidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.Senatning qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi11 Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.1
Senatda kelishuv komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi mumkin.
.(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Kelishuv komissiyasining Senatdan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida, Senat majlislari oralig‘idagi davrda esa uning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar.2
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi.Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan senatorlar va Qonunchilik palatasi deputatlarining alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.Kelishuv komissiyasi o‘z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
Xulosa Senat va Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Senat va Qonunchilik palatasiga topshiriladi.Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odatdagi tartibda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
ASOSIY QISM
Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma’qullamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun qayta ko‘rib chiqish uchun bevosita Qonunchilik palatasiga yuboriladi.12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishda ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi.
Mas’ul qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun yuzasidan xulosa beradi.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Agar Senat rad etgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning e’tirozlarini hisobga olgan holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi3
Senat tomonidan va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z etirozlari bilan qaytarishning huquqiy tomonlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to’g’risidagi Qonunida batafsil yoritib berilgan.Unda 23-modda. Qonunning Senat qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishiQonun Senatga kelib tushganidan keyin Senat Raisi uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradigan mas’ul qo‘mitani belgilaydi.Qonunni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari asosida mas’ul qo‘mita qonun yuzasidan xulosa qabul qiladi.
24-modda. Qonunning Senat majlisida ko‘rib chiqilishi Senat mas’ul qo‘mitaning xulosasini olganidan keyin qonunni muhokama qiladi va uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Ovoz berish ochiq yoki yashirin bo‘lishi mumkin.Ovoz berishning shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Senat tomonidan Senat majlisida hozir bo‘lgan cenatorlarning ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi.4
25-modda. Kelishuv komissiyasiSenat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan ko‘rsatilgan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli.
Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi.
Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi.
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil
26-modda. Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilgan qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasida odatdagi tartibda qayta ko‘rib chiqilishi lozim va u ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Senat ilgari rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda uni kelishuv komissiyasining tahririda ma’qullamasa, qonun rad etilgan hisoblanadi va u Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak.
27-modda. Qonunni imzolash va uni e’lon qilish
Senat ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunning Senatda qayta ko‘rib chiqilishi5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun Senatga qaytadan kiritilgan qonunni Senat ko‘rib chiqib, uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon Qonun chiqarish parlament faoliyatining eng asosiy yoʻnalishi boʻlib, bu orqali qonun chiqaruvchi hokimiyat organi davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini tartibga soladi, ularga oʻz taʼsirini oʻtkazadi.
Qonunchilik jarayoni oʻz mohiyatiga koʻra parlamentning qonun chiqarish funksiyasini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakli boʻlib hisoblanadi. Qonunchilik jarayoni – bu davlat rahbari, parlament va qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan tartibda qonun loyihala¬rini tayyorlash, koʻrib chiqish va qabul qilish, maʼqullash, imzolash va eʼlon qilishdan iborat faoliyati hamda bu borada yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar tizimidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun Senatga qaytadan kiritilgan qonunni Senat ko‘rib chiqib, uni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak busi huquqi subyektining qaroriga binoan loyiha huquqiy va boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologiya va oʻzga) ekspertizalardan oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar qonun loyihasining ekspertizalari natijalari boʻyicha tegishli xulosa taqdim etadilar.
Ekspertlar sifatida qonun loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Qonun loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan yoki ekspertlarning xulosalarida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga egadir.
Taʼkidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilayotganda qonun loyihasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbu¬si huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizalari davomida ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlillarni amalga oshiradi.
Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran, oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik
tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlishi zarur. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
Qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha tegishli barcha ishlar yakunlangach, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishda ishtirok etadi.
Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi. Bir vaqtning oʻzida ularning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin.
7 Konstitutsiyaviy huquq DARSLIK
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
– qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
– oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek, qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan, deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
– oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan, deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati;
– xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjat-larining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻlla-nishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadval;
– moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
– davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Qonunchilik jarayonining navbatdagi bosqichi – qonun loyihalarini koʻrib chiqish va qabul qilish boʻlib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida amalga oshiriladi.
Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasi Kengashi huzurida tuzilgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va Qonunchilik palatasi Kengashi aʼzolari ular haqida xabardor qilinadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, qonun
loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmitani belgilaydi, unga va bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va masʼul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz masʼul qoʻmita qonun loyihasi yuzasidan oʻz xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Masʼul qoʻmita qonun loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan (deputatlar guruhlaridan) fikrlar va takliflarni toʻplab, Qonunchilik palatasi Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinmaydi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinayotganda, uning Kengashi qonun loyihasini palata majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi. Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi unga ilova qilingan materiallar bilan Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga yuboriladi.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishga tayyorlash masʼul qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaga oʻz fikrlari va taklif¬larini taqdim etadi.
Masʼul qoʻmita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining dastlabki tarzdagi muhokamasini oʻtkazadi, agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, qonun loyihasi olingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida unga:
Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini;
masʼul qoʻmitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan xulosasini;
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik palatasi Kengashi koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari taklif etilgan holda oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmita taqdim etgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishda uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinadi. Bunda maʼruzachi birinchi va keyingi oʻqishlarda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart. Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda, uni birinchi oʻqishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobil variantlari kiritilgan taqdirda, ular bir vaqtda koʻrib chiqiladi. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi. Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan hisoblanadin qilinishi kerak
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun oʻn kun ichida Senatga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chogʻida taqdim etilgan materiallar yuboriladi.Qonunni maʼqullash bosqichi bevosita Oliy Majlis Senati tomonidan amalga oshiriladi. Xususan, Senatga kelib tushgan qonun roʻyxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni koʻrib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qoʻmitaga topshiriladi. Masʼul qoʻmita tegishli xulosa tayyorlaydi va unda qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi tavsiya ifodalangan baho aks ettiriladi. Qonunni rad etish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosada masʼul qoʻmitaning qonunni rad etish zarur, deb hisoblashining vajlari bayon etiladi. Masʼul qoʻmitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.Senatning majlisida qonunni koʻrib chiqish maʼruzachining masʼul qoʻmita xulosasini oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Koʻrib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibida senatorlar soʻzga chiqishlari mumkin.Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan maʼqullanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni maʼqullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etish vajlari koʻrsatiladi. Unda bir vaqtning oʻzida qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisidagi, shuningdek, kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda koʻrib chiqil. adi.Qonunchilik jarayonining yakuniy bosqichi – bu qonunni imzolash va eʼlon qilishdir. Konstitutsiyaning 84-moddasiga muvofiq, ushbu vakolat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishlidir. Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullangan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻn kun ichida yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun oʻttiz kun ichida imzolanadi va eʼlon qilinadi.
Xorijiy davlatlarning konstitutsiyaviy huquqiga koʻra, vakolatli organ tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan qonunning davlat boshligʻi tomonidan Konstitutsiya yoki qonunda belgilangan muddatda rasmiy bosma nashrda eʼlon qilinishi promulgatsiya (lotincha “promulgatio” – eʼlon qilish) deb yuritiladi . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli
.Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi va eʼlon qilinishi kerak.
XULOSA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; qonunga oʻz eʼtirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli Qonunchilik hokimiyati – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shakllanishiga, Senatning bir qismi (16 ta senatorni)ni tayinlash va Senat raisi nomzodini taqdim etish bilan taʼsir qilsa, Prezidentning Konstitutsiya qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, Oliy Majlis faoliyatini, uning palatalarini tarqatib yuborish bilan toʻxtatish vakolatining mavjudligi Prezidentning Qonunchilik hokimiyatiga nisbatan ustuvor mavqeini koʻrsatadi. Prezident vakillik hokimiyati hisoblanuvchi viloyat, Toshkent shahar, kengashlarini ham tarqatish yuborishi mumkin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etish vajlari koʻrsatiladi. Unda bir vaqtning oʻzida qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisidagi, shuningdek, kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |