O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

14-
 
Mavzu: Ilk Rim imperiyasi. Oktavian Avgust hukmronligi. Prinsipat. 
Reja: 
1.
 
Avgust prinsipati. 
Ko‗p yillik fuqarolik urushlaridan so‗ng, nihoyat Rimda tinchlik 
o‗rnatildi. Oktavianning eng faol raqiblari fuqarolar urushlarida halok bo‗ldi. Sezarga qarshi gu- 
ruhlarning tirik qolgan vakillari siyosiy jihatdan zaif va bo‗linib ketgan edi. Ular o‗z mavqelarini 
saqlab qolish uchun Oktavian- ga har qanday yo‗l bilan yordam berish yoki kelishishga tayyor 
edilar. Aksiy yonidagi g‗alaba natijasida 33 yoshli Oktavian (mil. avv 30-yildan - milodiy14-
yiligacha) ulkan davlatning yagona hukmdoriga aylandi. U diktatura va umrbod senzorlikdan voz 
kechdi. Hech kim uni podsholikka intilmoqda deb ayblamasligi uchun Romul nomi va dominus 
(janob) unvonini inkor qildi. 
Oktavian mil.avv. 30-yildan plebey tribuni hokimiyatiga ega edi. U mil.avv. 29-yilda senatdan 
qo‗shin qo‗mondoni, ichki va tashqi siyosat sohalarida oliy hokimiyatda egalikni bildiradi- gan 
umrbod imperator unvonini oldi. Mil.avv. 28-yil senatda navbatdagi tozalash o‗tkazilib, senat 
a‘zolari soni ming kishiga- cha yetkazildi. Senat a‘zolarining yangi ro‗yxatida Oktavianning 
nomi birinchi turar edi. Ana shundan uning prinseps senatus («birinchi» - lotin tilidan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri tarjimasi) unvoni kelib chiqdi. Respublika Rimida prinseps unvoni senatorlar ro‗y- 
xatidagi birinchi o‗rinda turgan eng hurmatli va eng keksa, odatda, sobiq senzorlardan senatdagi 
o‗rnini bildirar edi. Bu unvon faxriy bo‗lib, konsullarning so‗roviga ko‗ra prinsepsga o‗z fikrini 
birinchi bo‗lib bildirish huquqidan boshqa hech qanday alohida vakolatlar bermas edi. Rimning 
O‗rtayer dengizi havzasida yetakchilik uchun kurashi davrida ichki va tashqi siyosatga shubhasiz 
ta‘sir o‗tkazgan obro‗li kishilar prinseps- lar bo‗lgan edi (Kvint Fabiy Maksim, Sisipion Katta va 
boshqa- lar). Sulla diktaturasidan so‗ng prinsepslar oldingi ahamiyatini yo‗qotdi. Oktavian 
senatorlar ro‗yxatida o‗zini birinchi qo‗yib, go‗yoki senat prinsepsining ilgarigi mavqeyini qayta 
tikladi. Bu unvon Oktavianga o‗z fikrini birinchi bo‗lib bildirish va se- natning qaroriga ta‘sir 
qilishga imkon yaratdi. Senat unga Avgust («Xudolar ulug‗lagan») unvonini berib, uning 
hokimiyati muqaddas ekanligini ta‘kidladi. Bundan tashqari, Oktavian Avgust oliy harbiy 
hokimiyatga egaligi, umrbod konsul, xalq tribuni bo‗lganligi uchun «veto» (taqiq) huquqidan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ldi. 
Oktavian hokimiyatining moddiy asosini unga shaxsan qaram bo‗lgan provinsiyalardan 
keladigan daromadlar va senat xazinasi bilan yonma-yon ta‘sis etilgan prinseps xazinasi (fisk) 
tashkil qildi. Uning davrida respublika muassasalari - senat, konsullar, kvestorlar lavozimi saqlab 


111 
qolinib, barcha mansab- dor shaxslar ma‘lum bir muddatga saylanar edi. Avgust senat- dan 
barcha ozod qo‗yilgan qullarni chiqarib, unga Italiya mu- nisipiylari va koloniyalarining 
zodagonlarini kiritdi. O‗zining hokimiyati uchun xavfli bo‗lgan yirik yer egalari va boylarning 
ijtimoiy ahvolini turli tadbirlar bilan mustahkamladi va ularni o‗ziga moyil qildi. Oktavian 
Avgustni yana bir tabaqa suvoriylar qo‗llab-quvvatladi. Bu tabaqaga prinseps muhim imti- 
yozlarni berdi. Suvoriylar uchun 400000 sestersiy mulk senzi belgilanib, eski respublika 
an‘analari bilan bog‗lanmagan bu qatlam tarkibiga boylik orttirgan mulkdorlar kiritildi. Ba‘zi bir 
yuqori mansablar suvoriylarga berildi. Oktavian shaharning quyi qatlamlarini ham o‗z tomoniga 
og‗dirib olish uchun ularga muntazam tekin non tarqatib, tomoshalar uyushtirishni tashkil qildi. 
O‗sha davrda Rimda yashagan mln aholidan kamida 200000 kishi davlatdan bepul non olar edi. 
Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi qo‗shin edi. Oktavian davrida muntazam yollanma 
qo‗shinga o‗tish tugallandi, uning hukmronligi yillarida qo‗shin 25 legiondan tashkil topib, 
umumiy soni 250 ming kishini tashkil etdi. Qo‗shinning barcha sarkardalari shaxsan imperatorga 
bo‗ysungan, legionni propre- tor unvoniga ega bo‗lgan legat boshqargan. Oliy qo‗mondonlik 
tarkibiga harbiy tribunlar kirgan. Tribun va legatlar senatorlar toifasidan, yordamchi qo‗shin 
sarkardasi bo‗lgan qo‗shin ta‘mi- noti bilan shug‗ullanadigan prefektlar suvoriylardan bo‗lgan. 
O‗rta sarkardalar tarkibiga senturionlar kirgan. Ular yaxshi xizmat qilgan legionerlar orasidan 
olingan. Legionerlarga oy- lik muntazam to‗lab turildi. Qo‗shin professional bo‗lib, Rim fuqarosi 
harbiy xizmatga kirgan vaqtda shaxsan prinsepsga sodiqlik to‗g‗risida qasamyod qilar edi. Harbiy 
xizmat 25 yil qilib belgilandi. Provinsiyalardagi fuqarolar yordamchi qo‗shin tarkibida xizmat 
qilar edi. Lashkarboshilik qobiliyati bo‗lmagan va urushlar olib borishni yoqtirmagan imperator 
imperiyaning hududlarini kengaytirishni emas, balki mavjud bo‗lgan hududlar chegaralarini 
mustahkamlashni afzal ko‗rdi. 
Faqat milodiy I asr oxirida Oktavianning vorislari davrida Alp tog‗lari hududi va Dunay 
havzasidagi keng hududlar bosib olindi. Bosib olingan bu hududlarda Pannoniya va Mezi - ya 
provinsiyalari tashkil etildi. Imperiyaning shimoldagi che- garalari Reyn va Dunay daryolari 
o‗rqali o‗tdi. Rimliklarning Reyn va Elba daryolari havzasida o‗rnashib, german provin- siyasini 
tashkil qilishga urinishlari to‗la mag‗lubiyat bilan tugadi. Milodiy 9-yilida Xerusk qabilalari 
yo‗lboshchisi Arminiy boshchiligida Tevtonburg o‗rmonida Rimning uch legioni tor- mor qilindi. 
Oktavian sharqda urush harakatlarini olib bormadi. Parfiya bilan diplomatik aloqalar 
o‗rnatildi. Mil.avv. 20-yilda parfiya- liklar bilan tinchlik shartnomasi tuzildi. Shartnomaga ko‗ra, 
Rim qo‗shinlarini mil.avv. 53, 40 va 36-yillardagi mag‗lubiyat- lari natijasida bosib olingan 
asirlar, bayroqlar hamda garovga olingan zodagon rimliklar Rimga qaytarib berildi. Ikki davlat 
o‗rtasidagi chegara Frot daryosi bo‗yicha belgilandi. Oktavian Kichik Osiyo va Suriyaning 
sharqida Rimga qaram bo‗lgan vassal davlatlarni saqlab qoldi. 
Qo‗zg‗olonchi Galliya mil.avv. 27-yilda to‗la bo‗ysundirilib, 
4
provinsiyaga rasman bo‗lindi: Narbon Galliyasi, Lugdun Galliyasi, Belgika va Akvitaniya. 
Pireney yarim orolining shi- moliy-g‗arbida jangovar astur va kantabr qabilalari bilan mil. avv. 
28-19-yillarda og‗ir urush olib borilib, bu urush mil.avv. 19-yilda Rimning to‗la g‗alabasi bilan 
tugallandi. Shundan so‗ng Pireney yarim orolida uch provinsiya tashkil qilindi: Tarrakon 
Ispaniyasi, Luzitaniya va Betika. Rimliklar mil.avv. 25-15-yil- larda salass, ret va vindelik 
qabilalarini bo‗ysundirib, Retsi- ya provinsiyasini tashkil qildilar. Rimda urush vaqtida ochib 
qo‗yiladigan Yanus ibodatxonasi eshiklari bosh kohin sifatida Oktavianning o‗zi tomonidan 
tantanali yopildi. Bu Rimda tinchlik davri boshlanganligini bildirar edi. Quruqlik yo‗llaridagi va 
dengizdagi qaroqchilik tugatildi. 
Avgust o‗ziga shaxsan bo‗ysunadigan, uning hayoti uchun mas‘ul bo‗lgan shaxsiy qo‗riqchi - 
pretorian qismi (gvardiya)ni tuzdi. Avgust pretorian gvardiyasi sarkardasi lavozimini joriy qildi. 
Bu lavozimga suvoriylardan ikki kishi bir vaqtning o‗zi- da tayinlangan. Ularga urush 
harakatlariga boshchilik qilish, elchiliklarga rahbarlik qilish topshirilgan. Avgust davrida Rim da 
tez-tez chiqadigan yong‗inlarni o‗chirish uchun ilk bor o‗t o‗chirish qismlari tashkil etildi. 


112 
Oktavian muzokaralar olib borishga juda usta bo‗lib, senat bilan hokimiyatni bo‗lishdi. 
Provinsiyalar imperator va senat o‗rtasida taqsimlandi. Misr imperatorning shaxsiy mulki hi- 
soblanar edi. Boy va strategik jihatdan muhim bo‗lgan provin- siyalar imperatorning bevosita 
nazorati ostida bo‗lib, legatlar tomonidan boshqarilar edi. Senat ixtiyoridagi provinsiyalar ham 
amalda imperator hokimiyati nazorati ostida edi. Davlat boshqaruv apparatini tartibga s olish 
bilan birga, Oktavian Rim jamiyati va oilasini mustahkamlaydigan bir qancha qonunlarni qabul 
qildi. Qonunlarga ko‗ra, fohishabozlik, erga xiyonat va is- rofgarchilik qattiq jazolandi. Qadimgi 
Rim urf-odat va an‘anala- rini qayta tiklashga tomon yo‗l tutildi. Oila mustahkamlanib, ko‗p 
bolali oilalar rag‗batlantirildi. Senator va suvoriylarga ozod qullar bilan nikoh tuzish taqiqlandi. 
Qonunga ko‗ra, senator va suvoriylar toifasi oila qurishga majbur edilar. Qullarni ozod- likka 
chiqarish cheklandi. Vasiyat bo‗yicha ozod qilinadigan qullar soni kamaytirildi. Boshqa bir 
qonunga ko‗ra, xo‗jayin qul tomonidan o‗ldirilgan taqdirda shu vaqtda uyda bo‗lgan barcha 
qullar o‗lim jazosiga hukm qilinar edi. 
Ilk respublika davrida podsho yoki konsullar Rimda o‗zlari yo‗q bo‗lgan paytlarida 
boshqaruvni olib borish uchun o‗z o‗rin- lariga shahar prefektini tayinlar edilar. Oktavian bu 
lavozimni yana qayta tikladi. Bu lavozimga senatorlar toifasidan tayinlan- gan Avgust davridan 
Misr va boshqa provinsiyalarni boshqa- rish uchun prefektlar tayinlandi. 
Avgust qadimgi Rim diniy an‘analarini qayta tiklashga harakat qildi. Buzilgan ibodatxonalar 
qayta tiklandi. Shu bilan birga, sharqdan kirib kelgan yangi xudo va ma‘budalar ta‘qib ostiga 
olindi. Rimda magiya va astrologiya taqiqlandi. 
Oktavian harbiy qobilyati yo‗q kasalmand kishi bo‗lsa-da, 44 yil hukmronlik qildi. Uning 
hokimiyatining uzoq davom etishi- ning sababi Avgust eng avvalo diplomat edi. U hokimiyat 
uchun kurashayotgan turli guruhlar o‗rtasida turib, o‗z murosachilik siyosatini olib bordi. 
Hokimiyatini mustahkamlash uchun har qanday vositani ishga soldi. O‗ziga foydali bo‗lgan 
kishilarni o‗z atrofiga to‗pladi. U milodiy 14-yilida Nola shahrida 76 yosh- da vafot etdi. 
Svetoniyning yozishicha, o‗limidan oldin Oktavian o‗z do‗stlaridan u hayot komediyasida o‗z 
rolini yaxshi o‗ynagan yoki o‗ynamaganini so‗ragan. U hashamat va dabda ba bilan dafn etildi. 
Senat qarori bilan ilohiy deb tan olindi. Uning hokimiyatini birinchi xotini Liviyaning birinchi 
nikohi- dan bo‗lgan o‗g‗li Tiberiy Klavdiy Neron (14-37-yillar) egalladi. Yangi prinsepsning 
hokimiyatga kelishi hech kimning e‘tiroziga sabab bo‗lmadi. Chunki boshqaruvning yangi shakli 
amalda o‗z samarasini ko‗rsatdi. Imperiya davrida Rimda taxt vorisli- gi to‗g‗risida biror-bir 
rasmiy hujjat yo‗q edi, lekin imperator hokimiyati tan olingani uchun imperatorning hokimiyatni 
o‗z merosxo‗riga tayinlashiga hech kim qarshilik qilmadi. 
Tiberiy shijoatli lashkarboshi va qobiliyatli boshqaruvchi edi. Boshda Tiberiy Oktavianning 
siyosiy yo‗li va qoidalarini davom ettirib, senat bilan to‗la kelishuv asosida davlatni bosh - qardi. 
Tiberiy komisiyalardan saylov va sud funksiyalarini olib senatga berdi. U iqtisodiy jihatdan 
tejamkorlik siyosatini olib bordi (o‗zidan keyin xazinada 2 mlrd 700 mln sestersiy qoldir- di). 
Provinsiyalar boshqaruvini yaxshilashga urindi va jamiyat ma‘naviy hayotini sog‗lomlashtirishga 
harakat qildi. Eskicha turmush tarzidan voz kechishni istamagan hukmron tabaqa barcha 
islohotlarga norozilik bildirib, passiv qarshilik ko‗rsat- di. Tiberiyga qarshi fitna uyushtirildi, 
lekin u fosh bo‗lib qoldi. Imperator 26-yilda Rimdan Kapri oroliga ko‗chib o‗tdi va 10 yil shu 
yerda yashadi. 77 yoshli kasal imperatorni 37-yil mart oyi- da pretor prefekti Makron bo‗g‗ib 
o‗ldirdi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish