O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori



Download 111,5 Kb.
Sana22.01.2017
Hajmi111,5 Kb.
#876
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Qarori

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashini tashkil etish to'g'risida

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 40-son, 527-modda)

«Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahallalarda ma'naviy muhit barqarorligini, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga va milliy istiqlol g'oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga ko'maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg'armasi, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, ko'p sonli mahalla faollarining Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashini 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.

2. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko'maklashish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta'sirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolar yig'inlarining ilg'or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g'oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko'maklashish;

fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashish.

3. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha hududiy kengashlari to'g'risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A. I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,

2013 yil 30 sentyabr,

267-son

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentyabrdagi 267-sonli qaroriga

1-ILOVA

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi

TARKIBI

Ikramov Adxam Ilxamovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Kengash raisi‎

Ahmedov Anvar Akmalovich‎ —‎ O'zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi, Kengash raisi o'rinbosari‎

Allaev Dolli Xakimovich‎ —‎ O'zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari, Kengash mas'ul kotibi‎

Saidov Akmal Xolmatovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi (kelishuv asosida)‎

Ortiqova Svetlana Boymirzaevna‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo'mitasi raisi (kelishuv asosida)‎

Soliev Olim Adilovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari bilan ishlash sho''basi mudiri (kelishuv asosida)‎

Abduvoxitov Abdujabbor Abdusattorovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori (kelishuv asosida)‎

Quchqorov Jamshid Anvarovich‎ — O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari‎

Turdiev Dilmurod Raxmatjonovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o'rinbosari‎

Mamatov Raxmat Toshnazarovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari‎

Mulabaev Nurmuxammad Xikmatovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o'rinbosari‎

Xalilov Furqat Kamolovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o'rinbosari‎

Salimov Umid Zakirjanovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori‎

Xolbekov Abdug'ani Jumanazarovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari‎

(lavozimiga ko'ra)‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari‎

Djalalov Fotix Xamitovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari‎

Xidirov YAshin Sohibovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vaziri o'rinbosari‎

(lavozimiga ko'ra)‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari‎

Yusupov Ortiqbek Adilovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi ‎

Turdiev Umar Tilavovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari‎

Sodiqov Kamoliddin Faxriddinovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari‎

Axmedov Olimjon YUsupovich‎ —‎ «O'zkommunxizmat» agentligi bosh direktorining o'rinbosari‎

Shermatov Sherzod Xotamovich‎ —‎ Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari ‎

Xodjaev Alisher Djuraqulovich‎ —‎ O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi‎

Hazratqulov Mamatqul‎ —‎ O'zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori‎

Nazarov Nodir Qaxxarovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Xalq banki boshqaruvi raisi‎

Xamdamov Adxam Qosimovich‎ —‎ Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori o'rinbosari‎

Parpiboeva Ozoda Abduqodirovna‎ —‎ O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari‎

Narbaeva Tanzila Kamalovna‎ —‎ O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Markaziy kengashi raisi‎

Turdiev Sodiqjon‎ —‎ O'zbekiston Fermerlari kengashi raisi‎

Ganiev Boxodir Muxtorovich‎ —‎ «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi‎

Bokiboev Erkin Juraevich‎ —‎ O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg'armasi raisi‎

Shayxov Alisher Erkinovich‎ —‎ O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi ‎

Niyazov Rustam Saynazarovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti raisi‎

Quronboev Qahramon Qo'chqorovich‎ —‎ Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi rahbari‎

Axmedov Tursun Muxitovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori‎

Ubaydullaeva Ra'no Axatovna‎ —‎ «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi direktori‎

Muxammadiev Nasriddin Misriddinovich‎ —‎ O'zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniy Markazi direktori‎

Quronov Muxamadjon ‎ —‎ Respublika Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy Markazi rahbari‎

Mamadalieva Hafiza Xoldarovna‎ —‎ «Oila» ilmiy-amaliy markazi direktori‎
Izoh: Kengash a'zolari boshqa ishga o'tgan taqdirda ana shu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Hududiy kengashlarining raislari bir vaqtning o'zida Kengash a'zosi ham hisoblanadi.


Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30sentyabrdagi 267-sonli qaroriga

2-ILOVA

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi to'g'risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi (keyingi o'rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.

Kengash fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko'maklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks o'rganish va tizimli hal qilish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta'sirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.

2. Kengash o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

3. Kengash o'z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha hududiy kengashlar (keyingi o'rinlarda Hududiy kengashlar deb ataladi) faoliyat ko'rsatadi.

Hududiy kengashlarning asosiy vazifalari, huquqlari, ularning faoliyatini tashkil etish tartibi hamda hududiy kengashlarning o'zaro hamkorligi Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar kengashlari to'g'risidagi namunaviy nizomlarda belgilanadi.

II. Kengashning asosiy vazifalari va huquqlari

5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarning amalga oshirilishiga ko'maklashish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta'sirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ilg'or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g'oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko'maklashish;

fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashish.

6. Kengash o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;

fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini ta'minlash chora-tadbirlarining amalga oshirilishiga ko'maklashadi, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining o'zaro munosabatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi;

fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli), mas'ul kotibi, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchi hamda «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbari faoliyatini rag'batlantirishga doir takliflar tayyorlaydi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur bo'lgan o'quv-uslubiy adabiyotlar, qo'llanmalarning mazmun-mohiyati, ularni nashr etish hamda tirajlarini belgilash bo'yicha tavsiyalar tayyorlaydi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning vazifalari ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan davlat organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar o'rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishiga ko'maklashadi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha takliflar tayyorlaydi va bu borada aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlaydi;

mahallani aniq yo'naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga ko'maklashadi;

«Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar ko'lamini yanada kengaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

mahallalarda tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy qadriyatlarni e'zozlash va izchil targ'ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an'analarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga ko'maklashadi;

fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va ta'sirini oshirish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi, shuningdek ularning bilim va malakasini hamda huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirishga oid chora-tadbirlarga ko'maklashadi;

barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila — mahalla — ta'lim muassasasi» hamkorlik mexanizmini kuchaytirishga doir takliflar tayyorlaydi;

mahalla institutining dolzarb masalalari bo'yicha xalqaro va respublika konferentsiyalari hamda seminarlarini tashkil etishda va o'tkazishda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

7. Kengash o'ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;

fuqarolar yig'inlarining raislari, mas'ul kotiblari, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchilari, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari malakasini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlardan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan kengash vakolatiga taalluqli zarur ma'lumot va materiallarni so'rash va olish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar bo'yicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborotlarini eshitish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga jalb etish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha Hududiy kengashlarning taklif va tavsiyalarini Kengash majlislarida muhokama qilish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy qo'llanmalarni tasdiqlash;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari raislari va faollari uchun o'quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

III. Kengash faoliyatini tashkil etish

8. Kengash uning raisi, rais o'rinbosari, mas'ul kotibi va a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Kengash tarkibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

O'zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi Kengashning ishchi organi (keyingi o'rinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.

9. Kengashga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari raislik qiladi va u Kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas'uldir.

Kengash raisining vakolatiga quyidagilar kiradi:

Kengash majlislari kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish;

Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazorat tashkil etish;

Kengash a'zolarining Kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi bo'yicha ishlarini muvofiqlashtirish;

Kengash ishchi organi faoliyatini nazorat qilish;

Kengashning samarali ishlashini ta'minlashga doir boshqa ishlarni bajarish.

10. Kengash a'zolari:

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati samarali yo'lga qo'yilishiga ko'maklashadilar;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Kengashga takliflar kiritadilar;

Kengash majlislarida ko'rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;

Kengash muhokamasiga kiritilgan masalalar bo'yicha yozma xulosalar va og'zaki tushuntirishlar beradilar;

Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini o'z vakolatlari doirasida ta'minlaydilar.

11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Kengash har yili o'z ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais o'rinbosari, mas'ul kotib va Kengashning boshqa a'zolari vazifalarini belgilaydi.

12. Kengash faoliyati bilan bog'liq yozishmalarni yuritishda xatlar Kengash raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan imzolanadi.

Kengash o'z blankasiga ega bo'ladi.

13. Kengash o'z faoliyatini doimiy asosda, o'z ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga ko'ra, lekin har chorakda kamida bir marta o'tkazadi.

Kengash raisi qarori bilan, Kengash raisining o'rinbosari yoki Kengash a'zolari yarmidan ko'pining tashabbusiga ko'ra navbatdan tashqari majlis o'tkazilishi mumkin. Kengashning navbatdan tashqari majlisini o'tkazish to'g'risidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.

14. Kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Kengash raisi bo'lmagan taqdirda majlisni uning o'rinbosari boshqaradi.

Kengash majlisi a'zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lganda vakolatli hisoblanadi.

Kengash qarorlari majlisda qatnashganlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengashning har bir a'zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo'yicha o'z fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.

Majlisni o'tqazish uchun kvorum bo'lmaganda, Kengashning yangi majlisi o'tkaziladigan sana e'lon qilinadi. Yangi majlisni o'tkazishda kun tartibini o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.

15. Kengash raisining ruxsati bilan majlisda uning uzrli sabablarga ko'ra qatnashmayotgan a'zolari o'rniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.

16. Kengash majlisiga unda ko'rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga ko'ra davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha tuman va shaharlar kengashlari hamda fuqarolar yig'inlari vakillari taklif etilishi mumkin.

17. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning o'rinbosari, shuningdek mas'ul kotib imzolaydi.

18. Kengash qarorlari Kengashning barcha a'zolariga va manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.

Kengashning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.

19. Ishchi organ:

Kengash majlislariga tayyorgarlikni va tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

Kengash faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy ma'lumotlar, jadvallar va h. k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari bo'yicha kelishuvni amalga oshiradi;

faoliyat yo'nalishlariga taalluqli materiallarni to'playdi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari bo'yicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi;

Hududiy kengashlar ishchi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ishchi organ Kengash qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

20. Kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy ma'lumotlarni taqdim etadi.

21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi bo'yicha Kengash raisiga axborot beradi, rais tomonidan ma'qullangan taqdirda, kengash majlisi bo'lib o'tadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.

22. Kengash mas'ul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni o'tkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir a'zosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini ta'minlaydi.

Majlis kun tartibi o'zgargan taqdirda, Kengash mas'ul kotibi Kengashning har bir a'zosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday o'zgarishlar to'g'risida xabardor qiladi.

23. Ishchi organ Kengash ishiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari va tashkilotlardan so'rash hamda olish huquqiga ega.

24. Kengash Hududiy kengashlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi hamda Hududiy kengashlar faoliyatiga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi.

Hududiy kengashlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarning amalga oshirilishiga ko'maklashish, Hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish va uni monitoring qilish Kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Hududiy kengashlari yilning har choragida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Kengashga hisobot beradilar.

25. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Hududiy kengashlarining tarkibi hamda ularning nizomlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha hududiy kengashlari to'g'risidagi namunaviy nizomlar asosida Kengash tomonidan tasdiqlanadi.

IV. Yakunlovchi qoida



26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.




Download 111,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish