o‘tlari bilan oziqlanadi. Ularning og‘iz teshigi doimo ochiq bo‘lganidan
oziq halqumga
to‘xtovsiz kelib turadi. Tufelka halqumiga suv oqimi bilan zarralar oziq uchun yaroqli bo‘lmasa
ham kelaveradi.
Suv oqimi bilan kelgan zarrachalar halqumning tubiga cho‘kib qoladi. Bu cho‘kmaga
endoplazmadan biroz suyuqlik ajralishi bilan hazm vakuoli hosil bo‘ladi. Oziqqa to‘lgan vakuola
halqumdan ajralib, endoplazmaga o‘tadi va sitoplazma oqimi bilan tana ichida aylanib yuradi.
Endoplazmada bir qancha vakuollar bo‘lishi mumkin. Vakuollar harakati davomida
endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta‘sirida oziq hazm bo‘ lib, sitoplazmaga so‘riladi. Hazm
bo‘lmaydigan oziq qoldiqlari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chiqarish teshikchasi
— poroshitsa orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi.
Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuolalari 1,5—2 daqiqada hosil bo‘lib turadi Dastlab
hazm vakuolasi ichidagi muhit kislotali, hazm bo‘lish jarayonining
keyingi davrlarida ishqoriy
bo‘ladi. Bu ko‘p hujayrali hayvonlar ichidagi oziq moddalarning hazm bo‘lish jarayoniga
o‘xshab ketadi. Tufelka hayoti davomida to‘xtovsiz oziqlanadi.
Aksariyat ko‘ pchilik infuzoriyalar ektoplazma va endoplazmasi chegarasida qisqaruvchi
vakuolalari bo‘ladi. Ayrim sodda tuzilgan vakillarida vakuola xuddi amyoba xivchinlilarga
o‘xshash oddiy pufakchadan iborat. Lekin ko‘pchilik infuzoriyalarning
qisqaruvchi vakuolalari
ancha murakkab tuzilgan sistemani hosil qiladi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolalari
tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan. Har qaysi vakuola markaziy rezervuardan va
rezervuar atrofida joylashgan 5—7 ta yig‘uvchi naylardan iborat. Rezervuar juda ingichka
naycha orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Sitoplazmadan ajralayotgan suyuqlik dastlab
yig‘uvchi naylarda to‘planadi. Ular qisqarganda suyuqlik rezervuarga o‘tib, uni to‘ldiradi.
So‘ngra
rezervuar qisqarib, suyuqlik naycha orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yig‘uvchi
naylar va rezervuar faqat suyuqlikka to‘lgan davrdagina aniq ko‘rinadigan bo‘ladi. Odatda
oldingi va keyingi vakuolalar galma-galdan qisqarib turadi. Tufelka vakuolasining pulsatsiya
sikli uy haroratida 10— 15 soniya davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit infuzoriyalarning
qisqarish vakuola pulsatsiyasi ancha past bo‘ladi. Qisqaruvchi vakuolalar osmoregulyatsiya
vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik infuzoriyalar kislorod miqdori har xil bo‘lgan
muhitda hayot
kechira olishi mumkin. Masalan, odatda kislorodga boy muxitda hayot kechiradigan tufelka, bu
gaz juda kamayib ketgan muhitda ham bemalol yashay oladi. Lekin bu jarayonda aerob
moddalar almashinuvi anaerob almashinuv (glikoliz)ga o‘tadi. Ayrim infuzoriyalar (masalan,
kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay
oladi. Kislorod ular uchun zaharli hisoblanadi.
Yadro infuzoriyalarda 2 xil bo‘lib, bitta katta yadro - makronukleus va bitta yoki bir
necha kichik yadrolar esa mikronukleuslar deyiladi. Tufelkaning bitta katta va bitta kichik
yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining o‘rtasida joylashgan. Infuzoriyalar makronukleusi har
xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelka), taqasimon (suvoyka), zanjirsimon (karnaycha)
bo‘ladi. Ko‘pchilik infuzoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidli bo‘ladi.
Makronukleus xromosomalari replikatsiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega.
Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi boyicha informatsion va boshqa RNKlar
sintez qilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlanadi.
Mikronukleus
yumaloq yoki tuxumga o‘xshash bo‘ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez
bo‘lmaydi, lekin mikronukleuslar xromosomalari replikatsiya xususiyatiga ega. Mikronukleus
xromosomalari irsiy belgilarni tashuvchi substrat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: