O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Sphinx ligustri
) yuragi 
tinch holatda bir daqiqada 60-70 marta, uchganida 140-150 marta qisqaradi. 
Hasharotlarning gemolimfasi gazlarni tashishda ishtirok etmaydi; faqat oziq moddalar va 
modda almashinuv mahsulotlari tashiydi. Shu sababli hasharotlar qonida eritrotsitlar yoki shunga 
o‘xshash qon elementlari va gemoglobin ham bo‘lmaydi. Gemolimfa esa rangsiz, sarg‘ish yoki 
yashil tusda bo‘ladi. Faqat, xironomidlar lichinkasi gemolimfasida gemoglobin bo‘lganligi 
sababli qoni qizil bo‘ladi. Hasharotlar gemolimfasida fagotsitar hujayralar - gemotsitlar bo‘ladi. 
Bir qancha hasharotlar gemolimfasi tarkibida zaharli moddalar bor. Ayrim qo‘ng‘izlar 
(xon qizi, malhamchi qo‘ng‘iz) oyoq bo‘g‘imlaridagi teshiklaridan gemolimfasi mayda tomchi 
holida chiqib turadi. Zaharli gemolimfa hasharotlarni boshqa yirtqich hayvonlarga yem bo‘lib 
ketishdan saqlab qoladi. 
Ayirish sistemasi. Hasharotlar ayirish sistemasi o‘rta ichak bilan orqa ichak chegarasida 
joylashgan malpigi naychalaridan iborat. Bu naychalar orqa ichak o‘simtalaridan iborat bo‘lib, 
ektodermadan kelib chiqqan. Ularning soni bir juftdan bir necha yuz juftgacha, 
to‘g‘riqanotlilarda 120; pardaqanotlilarda 150 juftgacha yetadi. Shira bitlari va ayrim tuban 
hasharotlarda malpigi naychalari bo‘lmaydi. Ko‘pchilik hasharotlarda malpigi naychalari devori 
muskullar bilan taminlangan bo‘lib, qisqarish xususiyatiga ega. Naychalarning tana bo‘shlig‘ida 
osilib turgan qismining uchi berk, ikkinchi uchi esa o‘rta ichak bilan orqa ichak chegarasida 
ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Almashinuv mahsulotlari siydik kislotasi tuzlari holida 
gemolimfadan naychalarga u yerdan ichak bo‘ shlig‘iga tushadi. U yerda suv rektal bezlari 
yordamida gemolimfaga qayta so‘riladi. Ichakda siydik kislotasi kristallanib, ovqat qoldiqdari 
bilan birga anal teshigidan chiqib ketadi. Ayirish sistemasining bu xususiyati quruqlikda, 
ayniqsa, quruq iqlimda suvni tejab sarflashga yordam beradi. Nam joyda yashaydigan yoki 
suyuq oziq bilan oziqlanadigan hasharitlar ayirish sistemasi siydik tarkibidagi suvni qayta shimib 
olish xususiyatiga ega bo‘lmaydi. 
Hasharotlarning yog‘ tanasi ham ayirish vazifasini bajaradi. Yog‘tanasi ichki organlar 
orasida joylashgan g‘ovak to‘qimadan iborat. Unda modda almashinuv mahsulotlari tarkibidagi 
siydik kislotasi qattiq modda holda to‘planadi, lekin organizmdan tashqariga chiqarib 
yuborilmaydi. Shuning uchun yog‘tanani "to‘plagich buyrak" deyish mumkin. Lekin yog‘ 
hasharotlar uchun qo‘shimcha oziq hisoblanadi. Shu sababda yog‘ metamorfoz orqali 
rivojlanadigan hasharotlarning katta yoshdagi qurtlarida va uzoq muddat och yashash 
xususiyatiga ega bo‘lgan hasharotlar (to‘shak qandalasi) yaxshi rivojlangan. Ulardagi yog‘ 
metamorfoz jarayonida yoki oziq tanqisligida sarflanadi. Ko‘ pchilik hasharotlar yuragi ikki 
yonida joylashgan yurakoldi hujayralar - nefrotsitlar ham ayirish funktsiyasini bajaradi. 
Nefrotsitlar tana bo‘shlig‘idagi yot moddalarni yutish xususiyatiga ega bo‘lgan 
fagotsitar 
organlar
hisoblanadi. Ayrim tuban hasharotlar (tizanurlar, to‘g‘riqanotlilar) yuragi ostidagi 
amyobasimon hujayralar ham qattiq zarrachalarni fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. 
Shu‘lalanuvchi hasharotlarlarning shu‘lalanuvchi organlari yog‘ tana tarkibidagi lyutserin 
moddasi kislorodli muhitda maxsus ferment ta‘sirida oksidlanishi tufayli yog‘du chiqaradi. 
Nerv sistemasi. Hasharotlarning nerv sistemasi boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga o‘xshash 
qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan. Markaziy nerv sistemasi halqumusti nerv tugunlaridan hosil 
bo‘lgan bosh miya, halqumosti nerv tuguni va qorin nerv zanjiri hamda nerv tugunlaridan iborat. 


Bosh miya uchta bosh bo‘imlari gangliylarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, prototserebrum, 
deytotserebrum va tritotserebrum bo‘limlaridan iborat (150-rasm). Prototserebrum ikki yonida 
ko‘zlarni boshqaradigan bir juft ko‘rish bo‘laklari joylashgan. Deytotserebrum moylovlarni idora 
qiladi. Uning ostki qismi maxsus hidlov bo‘laklarini hosil qiladi. Bosh miyaning uchinchi 
bo‘limi tritotserebrumdan yuqori labga nervlar chiqadi. Halqumosti nerv tuguni mandibula, 
maksilla va pastki lab bo‘g‘imlariga mos keluvchi uch juft gangliylarning qo‘shilishidan hosil 
bo‘lgan. Undan yuqori va pastki jag‘lar, pastki lablarga uch juft nervlar chiqadi. 
Hasharotlarning murakkab hulq-atvori prototserebrumdagi zamburug‘simon tana bilan 
bog‘liq. Bosh miyaning bu qismi jamoa bo‘lib yashovchi arilar, termitlar va chumolilarda 
ayniqsa kuchli rivojlangan. Hatto bir turning har xil tabaqalariga tegishli bo‘lgan individlar bosh 
miyasining zamburug‘simon o‘simtasi turli darajada rivojlangan. Masalan, zamburug‘simon tana 
ishchi chumolilarda boshqa individlarga nisbatan kuchli rivojlangan. 
Qorin nerv zanjiri uchta ko‘krak va sakkiztagacha qorin nerv tugunlaridan iborat. 
Ko‘pchilik hasharotlarda ayrim qorin nerv tugunlari qo‘shilib ketganligi sababli ularning soni 
ancha qisqaradi. Ba‘zan qorin va ko‘krak gangliylari qo‘shilib, yaxlit ko‘krak nerv massasini 
hosil qiladi; qorin bo‘limida esa faqat nervlarning o‘zi saqlanib qoladi. Odatda lichinkalarning 
qorin nerv tugunlari soni voyaga yetgan hasharotlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Masalan, asalari 
lichinkasida qorin nerv tuguni 10 ta, voyaga yetganida esa 6 ta bo‘ladi. 
Hasharotlar nerv sistemasining bosh va halqumosti nerv markazlarida neyrosekretor 
hujayralar joylashgan. Hujayralarning neyrosekretlari aksonlar orqali gemolimfaga oqib keladi. 
Neyrosekretlar rivojlanish, moddalar almashinishi, tullash jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadigan 
bezlar faoliyatini idora qiladi. 
Sezgi organlari. Hasharotlarn

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish