Pashshatutarlar tuproq ustida ochiq yashashga moslashgan; ko‘zlari yaxshi rivojlangan
murakkab fasetkali ko‘ zlarga o‘ xshab ketadi. Ular kechasi faol ov qiladi. Erkaklari
spermatoforini urg‘ochilarining ko‘z o‘ngida ochiq joyga qo‘ yadi. Urg‘ochisi uni olib, jinsiy
teshigiga joylashtiradi. Urg‘ochisi bittadan tuxum qo‘ yib, o‘zi bilan olib yuradi. Yosh naslida
oyoqlar soni to‘liq bo‘lmaydi.
O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz va boshqa O‘rta Yer dengizi havzasida 2-3 sm kattalikdagi
oddiy pashshatutar (Scutigera coleoptrata) keng tarqalgan. Bu hayvon xonadonlarda ham
uchraydi. Kechasi pashshalarni ovlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: