Skolopendralar kunduzi pana joylarga bekinib olib, faqat tunda ovga chiqadi. Yassi tanasidagi
uzun oyoqlari harakatlanish va o‘ljasini tutish uchun xizmat qiladi. Qorin tomoni har ikki
bo‘g‘imida bir juftdan nafas teshiklari bor. Skolopendralar har xil hasharotlar va ular
lichinkalari bilan oziqdanadi. Janubiy Amerika va Yamaykada tarqalgan gigant skolopendra
(
Scolopendra gigantea
) mayda umurtqalilar (baqalar, kaltakesaklar, qushlar)ga ham hujum
qiladi. Tuproq yuzasida yashovchi qirqoyoqlarning yaxshi rivojlangan i ikki to‘ p ko‘ zlarbo‘
ladi. Doimo tuproq ichida yashovchi ko‘r qirqoyoqlilarning ko‘ zlari bo‘lmmaydi.
Erkak skolopendralar ham ko‘ payish davrida yerosti yo‘liga tortilgan halqa to‘rlarga
spermatoforini osib ketadi. Janubda keng tarqalgan halqali qirqoyoq (
Scolopendra singulata
)
partenogenez ko‘payadi. Kirqoyoq tuxum qoyish uchun tuproqqa chuqurroq kirib, kalavaga
o‘xshab tuxumlarini o‘z tanasi bilan o‘rab oladi. Shu alfozda u bir necha hafta davomida
oziqlanmasdan yotadi. Tuxumdan chiqqan yosh qirqoyoqlilar o‘zgarishsiz rivojlanadi
16
.
Yirik skolopendralar, jumladan, halqali skolopendra ham zaharli bo‘ladi. Skolopendra
odamni chaqqanida terida shish paydo bo‘ladi; ba‘zan harorat ko‘tarilib kishi holsizlanadi.
Kasallik alomatlari bir necha kundan so‘ng o‘tib ketadi. Janubiy hududlarda 4 sm kattalikdagi
cho‘l so‘qir qirqoyog‘i uchraydi.
3.Qattiq qalqonlilar (Lithobiomorpha) turkumi.
Qattiq qalqonlilar to‘kilgan barglar va
o‘simlik qoldiqdari orasida uchraydi. Tanasi yassi, qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish tusda, o‘n beshta
bo‘g‘imdan iborat. Tashqi ko‘rinishi skolopendralarga o‘xshash bo‘ladui. Ulardan boshini
birmuncha yirikligi, uzun oyoqlari va tana bo‘g‘imlari sonini kamligi bilan farq qiladi. Ular
odatda kechasi ov qiladi. Lekin o‘zi yashinib olgan hasharotlarga kunduzi ham hujum qiladi.
Erkak qalqonli spermatoforini yog‘och va toshlar ostiga to‘ qigan to‘riga qoyadi. Urg‘ochisi
tuxumlarini butun tanasi bilan o‘rab yotadi. Tuxumdan chiqqan yosh naslining oyoqlari soni
to‘liq bo‘ lmaydi. O‘sish va tullash davomida oyoqlar soni to‘la tiklanadi.
O‘rta Osiyoda oddiy qalqondor
Lithobius forficatus
tarqalgan (140-rasm). Qattiq
qalqonlilar birmuncha past haroratda ham faol bo‘ladi. Ular erta bahorda pana joylarga
yashiringan turli zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.
4.Pashshatutarlar, ya’ni uzunoyoqlilar (Scutigeramorpha) turkumi.
Tanasi noziq, 15
juft oyoqlari bo‘ ladi. Boshqa laboyoqlilardan nafas teshigi tanasining orqa tomonda
joylashganligi, oyoqlarining juda uzun bo‘ lishi va tez yugurishi bilan farq qiladi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: