1. Teng kipriklilar (Holotricha) kenja sinfi
eng sodda tuzilgan, lekin keng tarqalgan va
xilma-xil turlarni o‘z ichiga oladi. Tanasi ko‘p sonli, ko‘pincha bir xil tuzil gan, ya‘ni juda kam
ixtisoslashgan kipriklar bilan qoplangan. Bakteriyalar, mayda suv o‘tlari hamda boshqa organik
zarralar bilan oziqlanadi. Didinium avlod i turlari yirtqich hayot kechiradi. Bu kenja sinfga kavsh
qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida simbioz yashaydigan (
endodiniomorfa
), shuningdek
hayvonlar va odamlar organizmida parazitlik qiluvchi (
ixtioftirius
,
balantidium
), turlari ham
kiradi. Ko‘pchilikka yaxshi ma‘lum bo‘lgan tufelka infuzoriyasi ham teng kipriklilar kenja sinfi
gimenostomatalar (
Hymenostomata
) turkumiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |