Ma’ruzaning mazmuni:
Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning harakatlanish
organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko‘p kipriklardan iborat. Ayrim infuzoriyalarda
kipriklar hayotning ma‘lum bir davrida hosil bo‘ladi. Iinfuzoriyalar sitoplazmasida bitta katta
vegetativ yadro –
makronukleus
va
bitta yoki bir nechta kichik generativyadrolar –
mikronucleuslar
bo‘ladi. Katta yadro vegetativ, kichik yadrolar esa generativ bo‘ladi. Ularning
jinsiy ko‘payishi boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Qonyugatsiya deb ataladigan bunday
kupayish ikkita infuzoriyaning bir-biriga yaqinlashuvi, ular o‘rtasida muvaqqat bog‘lanishning
hosil bo‘lishi va yadrolar almashinuvi tariqasida boradi. Ko‘pchilik infuzoriyalar dengizlarda va
chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqla hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib
yashovchi turlari ham bor. Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli
infuzoriyalar va so‘ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |