O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Bir hujayralilar filogeniyasi. 
Hayvonot dunyosi evolyutsiyasida bir hujayrali hay-vonlar 
eng avval paydo bo‘lgan va tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida bu 


hayvonlarning tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga moslanishi 
natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilarning (masalan, infuzoriyalarning) 
progressiv yo‘l bilan rivojlanishi hozir ham davom etmoqla. 
Ayrim zoologlarning fikricha sarkodalilar, xususan chig‘anoqsiz amyobalar eng qadimiy 
hayvonlar hisoblanadi. Chunki bir qancha organoidlar (og‘iz, poroshitsa, pellikula)ning 
rivojlanmaganligi, tana shaklining doimiy bo‘lmasligi hamda harakatlanish organoidining 
ixtisoslashmagan soxta oyoqlardan iborat ekanligi ularni morfologik jihatdan eng sodda 
hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Lekin 1941 yilda Pasher dastlabki organizmlar atrof muhitning 
anorganik moddalari bilan oziqlangan bo‘ lishi kerak, shuning uchun dastlabki organizmlar 
o‘simliklarga o‘xshash autotrof oziqlangan degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Keyinchalik bu fikrni 
boshqa bir qancha zoologlar ham quvvatladi. Ular fikricha ko‘pchilik sarkodalilar o‘z taraqqiyot 
sikli davomida xivchinli stadiyalarni o‘tadi. Masalan, foraminiferalar va radiolariyalar xivchinli 
gametalar hosil qiladi. Buni sarko-dalilarning qadimiy ajdodlari tuzilish belgilarining 
takrorlanishi deb tushuntiriladi. Ayrim aralash oziqlanadigan miksotrof xivchinlilarning avtotrof 
(fotosintez) oziqlanishdan osonlikcha geterotrof (saprofit) oziqlanishga o‘tishini yuqoridagi 
fikrning isboti taraqasida ko‘rsatiladi. Xivchinlilarning xivchini prokariot organizmlar 
(bakteriyalar)ning xivchini bilan tenglashtiriladi. Keltirilgan dalillarga ayeoslanib, sarkodalilar 
eng kadimgi geterotrof xivchinlilardan kelib chiqqan; xivchinlilar barcha sodda hayvonlar, shu-
ning bilan birga butun hayvonot dunyosining ajdodi hisoblanishi zarur bo‘ladi. Lekin elektron 
mikroskopda olib borilgan tekshirishlar xivchinlilarning xivchini ancha murakkab tuzilganligi, 
ular morfologik va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra prokariot bakteriyalar xivchinidan katta farq 
qilishini ko‘rsatdi. Yuqorida keltirilgan dalillar hozirgi xivchinlilar yoki sarkodalilarni barcha 
sodda hayvonlarning ajdodlari emasligini ko‘rsatadi
5

A. I. Oparin o‘zining yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi gipotezasida organik 
moddalar tirik organizmlar paydo bo‘lishidan oldin nobiologik yo‘l bilan sintez bo‘lgan deyiladi. 
Dastlabki organizmlar esa atrof-muhitdagi organik moddalarni diffuziya yo‘li bilan qabul qilib, 
oziqlangan bo‘lishi kerak. Shunga asosan xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan, 
hozirgacha saqlanib qolmagan eng tuban tuzilishga ega bo‘lgan geterotrof eukariot 
organizmlardan kelib chiqqan, deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
Xivchinlilar bir hujayrali hayvonlarning bundan keyingi evolyutsiyasida katta o‘rin 
tutgan. Infuzoriyalar kipriklarining xivchinlarga o‘xshash tuzilganligi ularni xivchinlilardan kelib 
chiqqanligini ko‘rsatadi. So‘ruvchi infuzoriyalar kiprikli infuzoriyalardan kelib chiqqan bo‘lib, 
keyinchalik o‘ziga xos oziqlanish tasirida kipriklarini yo‘qotgan. 
Sporalilar tipining kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog‘langan. Koktsidiyalar va qon 
sporalilari gametalarining haqiqiy xivchinlilarga o‘xshashligi buni isbot qiladi. Bundan tashqari 
xivchinlilar va sporalilar hayot siklida zigota reduktsiyali bo‘linish (meyoz) sodir bo‘ladigan, 
hayotining asosiy qismini gaploid xromosomalik holda o‘tkazadigan hayvonlar hisoblanadi. 
5

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish