O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Miksosporalilar – 
Myxosporea s
infi. 
Miksosporalilar, ya′ni shilimshiq sporalilarga aso-
san baliqlarda, ba‘zan sudralib yuruvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular 
tabiatda hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, baliq 
chavoqlarida og‘ir kasallik paydo qilib, baliqchilik xo‘jaliklariga katta ziyon keltiradi. 


Miksosporalilar to‘ qimalar va tana bo‘ shlig‘ida yashaydi; jabralar, teri, muskullar, o‘t 
pufagi, qovuq, tog‘ay va boshqa organlarni zararlaydi. Organlar bo‘shlig‘ida uchraydigan voyaga 
yetgan miksosporalilar ko‘p yadroli amyobaga o‘xshash bo‘ladi (18-rasm). Ularning kattaligi bir 
necha mkm.dan 2 sm gacha keladi. To‘qimalarda 1-2 sm va undan ham yirikroq shishlar hosil 
qiladi. 
Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan, ko‘pincha ikki, ba‘zan 3-6 
tavaqali bo‘ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, kapsulada esa otiluvchi ip o‘rami joylashgan. 
Sporalarning tashqi tomondan qattiq pust bilan qoplangan va ko‘ pincha uzun o‘simtalari bo‘ladi. 
Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm 
qilish shirasi ta‘sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. 
Sporaning tavaqalari ochilib, amyobaga o‘xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga 
o‘tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo‘linishi natijasida ko‘p 
yadroli plazmodiy hosil bo‘ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shaklla-nadi va 
spora hosil bo‘ladi. 
Miksosporidiyalarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo‘ladi. 
Faqat spora xrsil bo‘lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo‘lib qoladi. Buning 
natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (shu jumladan, amyobasimon mo‘rtak, otuvchi kapsula 
va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo‘ladi. Faqat amyobasimon mo‘rtakning spora ichidan 
chiqishidan oldin mo‘rtak yadrolari juft-juft bo‘lib qo‘shilishi natijasida diploid yadro hosil 
bo‘ladi. Bunday jinsiy ko‘payish 
avtogamiya
deyiladi. Jinsiy ko‘payish xususiyati, hayot siklida 
yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o‘ziga xos bo‘lishi, xivchinli davrining 
bo‘lmasligi bilan miksosporidiyalar boshqa sporalilarga o‘xshab xivchinlilarga emas, balki soxta 
oyoqdilarga yaqin turadi. 
Bir qancha miksosporidiyalar baliqlarni ko‘plab nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gulmoy 
(forel) o‘stiriladigan xo‘jaliklarga miya miksozomasi (
Myxosoma serebralis
) katta ziyon 
keltiradi. Parazit yosh baliqlar tog‘ay to‘qimasini zararlab, ularning umurtqalarini qiyshayishiga 
sabab bo‘ladi. 
Aktinomiksidlar 
yoki 
aktinosporalilar 
(A
stinosporea

sinfi 
vakillari 
halqali 
chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksosporalilardan sporasining yanada 
ham murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish