Koktsidiyalar (Coccidiida) turkumi.
Koktsidiyalar hayvonlarning ichagi, jigari, buyragi
va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Tanasi dumaloq yoki oval
shaklida. Jinssiz va jinsiy ko‘payishi doimo to‘g‘ri gallanib turadi. Jinssiz ko‘payishi ko‘p marta
bo‘ linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya deb ataladigan ikkiga bo‘linish orqali sodir bo‘ladi.
Koktsidiyalarning hayot sikli xilma-xil bo‘lib, ayrim turlari faqat bitta xo‘jayinda parazitlik
qiladi, sporogoniya davri batamom yoki qisman tashqi muhitda o‘tadi. Xo‘jayin almashtirib
rivojlanadigan koktsidiyalarning jinssiz ko‘payishi bitta xo‘jayinda, jinsiy ko‘payishi va
sporogoniyasi boshqa bir xo‘jayinda sodir bo‘ladi.
Quyida Eimeria, Toxoplasma
va
Sarcocystia
urug‘lariga mansub bo‘lgan koksidiyalarning hayot siklini ko‘rib chiqamiz.
Eymeriya urutining juda ko‘p turlari har xil umurtqali hayvonlar, xususan quyonlar,
echkilar, qoylar, yirik shoxli mollar va uy parrandalarida parazitlik qiladi. Hayvonlar
koktsidiyalarning ootsistalarini suv yoki yem orqali yuqtiradi. Ootsistalar juda kichik bo‘ladi.
Quyon eymeriya ootsistalari uzunligi 12 mkm dan 35 mkm ga yetadi. Har bir ootsistada 4 tadan
sporoblast (sporotsista)lar bor. Har qaysi sporotsista ichida esa 2 tadan ingichka
chuvalchangsimon harakatchan sporozoitlar bo‘ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan
ootsistalar va sporotsistalar qobig‘i yemirilib, sporozoitlar ichak bo‘shlig‘iga chiqadi.
Sporozoitlar faol harakatlanib ichak, jigar, oshqozonosti bezi hujayralariga kirib oladi va
oziqlanib o‘ suvchi davr - trofozoitlarga aylanadi. Trofozoitlar tez o‘sadi; yadrosi ko‘p marta
ketma-ket bo‘linib, ko‘p yadroli shizontlarni hosil qiladi. O‘z navbatida shizont ham bo‘linib,
ko‘p sonli
merozoitlarni
hosil qiladi (14-rasm).
Ko‘p marta bo‘linish orqali jinssiz ko‘payish
shizogoniya
deyiladi. Shizogoniyada hosil
bo‘lgan merozoitlar ichak bo‘shlig‘iga chiqib, qo‘shni hujayralarga kirib oladi va jinssiz
ko‘payish yana takrorlanadi. Natijada parazitlar soni keskin oshadi. Jinssiz ko‘payish 4-5 marta
takrorlangandan so‘ng merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo‘la boshlaydi.
Buning uchun hujayralarga kirib olgan merozoitlar gameta hosil qiluvchi gamontlarga aylanadi.
Ulardan bir qismi (makrogamontlar) bo‘linmasdan o‘sib, makrogameta –tuxum hujayralarni
hosil qiladi. Ikkinchi qismi (mikrogamontlar)ning yadro va sitoplazmasi ko‘p marta bo‘linib,
mayda mikrogametalar (spermatozoidlar)ni hosil qiladi. Spermatozoidlar tanasi cho‘ziq, ikkita
uzun xivchini yordamida faol harakat qiladi. Spermatozoidlardan biri tuxum hujayrasiga kirib,
uning yadrosi bilan qo‘shilishi natijasida urug‘lanish (
kopulyatsiya
) sodir bo‘ladi. Zigota
mustahkam qobiq ishlab chiqarib, ootsistaga aylanadi. Ootsistaning bundan keyingi rivojlanishi
organizmdan tashqarida boradi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo‘linib, har qaysi
yadro bo‘lagidan to‘rttadan sporoblastlar hosil bo‘ladi. Qattiq pust bilan o‘ralgan sporoblastlar
sporalar, yoki sporotsistalar deyiladi. Har bir sporaning yadrosi yana bo‘linib, ikkitadan
sporozoitni hosil qiladi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo‘lib qoladi.
Ootsistalar hayvon ichagiga tushganida ulardan sporozoitlar chiqadi va rivojlanish yana qaytadan
boshlanadi.
Koksidiyalar orasida eymeriya urug‘i vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta
ziyon keltiradi. Koksidiyalar oaydo qiladigan kasallik
koksidioz
deyiladi.
Eimeria magna,
E.intestinalis
va boshqalar quyonlarda juda xavfli koksidioz paydo qiladi. Kasal yosh quyonlar
ko‘pincha ularning yoppasiga qirilib ketadi.
E.tenella
jo‘jalarni qirilib ketishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Bir necha tur koksidiyalar
(E. zurni,
E.smithi)
yirik shoxli mollar, ayniqsa buzoqlarga
katta ziyon keltiradi.
E.bovis
qoramollarda qonli ichburug‘ paydo qiladi. Baliqchilik
xo‘jaliklariga karp koksidiyasi -
YE.safesh
ziyon yetkazadi.
Toksoplazma (Toxoplasma gondii)
qushlar, sutemizuvchilar va odamda jigar, taloq, miya,
qon tomirlari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Parazit dastlab 1908 yilda fransuz olimlari
tomonidan kemiruvchilarda topilgan. Uzoq vaqt davomida uning systematik o‘rni noma‘lum
bo‘lgan. Faqat, 1970 yilda Daniya, Angliya va AQSH olimlari parazit hayot siklini
o‘rganishgandan so‘ng uni koksidiyalar turkumiga mansub ekanligi aniq bo‘ldi.
Toksoplazma hujayra ichida parazitlik qiladi; xo‘jayin almashtirish orqali rivojlanadi (15-
rasm). Hayvonlar parazit sistasini yutib, yoki kasal hayvonlarni yeb zararlanadi. Parazit yo‘ldosh
orqali ham embrionga o‘tadi. Toksoplazmaning jinsiy ko‘payishi mushuk organizmida
kuzatilgan. Mushuklar parazitni kemiruvchilardan yuqtiradi. Mushuk organizmida parazitning
hayot sikli, boshqa koksidiyalar singari jinsiy ko‘payish va sporotsistalar hosil bo‘lishi bilan
tugallanadi.
Toksoplazma har xil ta‘sir ko‘rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmasligi;
boshqalari esa juda ta‘sirchanligi tufayli halok bo‘lishi mumkin. Odamga toksoplazma bilan
zararlanishi uy hayvonlari, asosan mushuklar bilan bog‘liq. Odatda parazit mushuklarda ko‘p
uchraydi. Lekin ular kasal bo‘lmasdan parazitni tashuvchi bo‘lib qoladi. Toksoplazma odatda
limfa, nerv va ko‘zni shikastlaydi. Odam va sutemizuvchilar embrioni ona qornida
zararlanganida bola niobud bo‘lishi yoki uning ayrim organlari og‘ir jarohatlanishi mumkin.
Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go’sht sporalilari
uy hayvonlari (qora mollar,
cho‘chqalar, parrandalar) va bir qancha yovvoyi hayvonlar muskullarida parazitlik qiladi. Ular
go‘shtda 0,5-5 mm uzunlikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida yuzlab chuvalchangsimon bir
yadroli merozoitlar bo‘ladi (16-rasm). Ularning hayot sikli koksidiyalarga o‘xshaydi; lekin ikkita
xo‘jayinda rivojlanadi. Yirtqich hayvonlar (mushuk, it) va odam asosiy xo‘jayin bo‘lib, ular
organizmida parazitning jinsiy bo‘g‘imlari rivojlanadi. Go‘sht sporalilari bilan zaharlangan
hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari kam seziladi. Ayrim hollarda organizmda parazit juda
tez ko‘payib ketganida kasallanish alomatlari paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |