O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Qon sporalilari - Haemosporidia turkumi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

 Qon sporalilari - Haemosporidia turkumi.
Qon sporalilari xo‘jayin almashtirib 
rivojlanadigan bir necha o‘nlab turlarni o‘z ichiga oladi. Ularning jinsiy ko‘payishi qon so‘ruvchi 
pashshalar ichagida, jinssiz ko‘payishi esa odam va boshqa umurtqalilar (qushlar, sutemizuv-
chilar, sudralib yuruvchilar) organizmida boradi. Pashshalar ularning asosiy xo‘jayini, odam va 
umurtqali hayvonlar esa oraliq xo‘jayini hisoblanadi. Qon sporalilarining sporogoniyasi (spora 
ichida ko‘payishi) hech vaqt tashqi muhitda emas, balki odatda pashshalar organizmida boradi. 
Bu hasharotlar sporalilarni tashuvchilar hisoblanadi. 
Plasmodium urug‘iga odamda parazitlik qiluvchi to‘rtta tur kiradi. Bu plazmodiylarning 
hayot sikli bir-biriga o‘xshash bo‘lib, quyidagicha boradi. Bezgak pashshasi (Anopheles)ning 
urg‘ochisi odam qonini so‘rganida (erkak pashshalar qon so‘rmasdan, balki gul nektari bilan 
oziqlanadi) qonga bezgak plazmodiysining juda ko‘p sporozoitlarini o‘tkazadi (17-rasm). 
Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar 
bo‘lib, tuzilishi koktsidiyalarning sporozoitlariga o‘xshaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun 
tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endotelyaysi (ichki epiteliy) hujayralariga kirib 
olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o‘taydi. Jinssiz ko‘payish (shizogoniya) natijasida 
shizontlardan juda ko‘p bir yadroli hujayralar - merozoitlar hosil bo‘ladi. Merozoitlar endi 
zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrotsitlarga kirib olib o‘sadi. Parazitning 
eritrotsitlar 
gemoglobini 
hisobida 
oziqlanib 
o‘sadigan 
davri 
trofozoidlar
deyiladi. 
Trofozoitlardan bo‘linib ko‘payuvchi shizontlar hosil bo‘ladi. O‘sayotgan trofozoitlarda 
koktsidiyalar merozoitlaridagiga o‘xshash ultratsitostom bo‘lishi aniqlangan. Shizontlar eritrotsit 
hujayrasini to‘ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi, hazm 
bo‘lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi. Har qaysi eritrotsitlardagi 
har bir shizont bo‘linib (shizogoniya) 10-20 merozoit hosil qiladi. Merozoitlar eritrotsitlarni 
yemirib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kirib oladi. Jinssiz ko‘payish yana 
takrorlanadi. 
Eritrotsitlar yemirilganida qonga melanin bilan birga zaharli almashinuv mahsulotlari 
chiqariladi. bumoddalar ta‘sirida odam tanasi harorati keskin ko‘tarilb, bezgak huruj qiladi. Bir 
necha marta 
shizogoniya
siklidan keyin parazit ko‘payishdan to‘xtaydi. Eritrotsitlarga kirgan 
merozoitlar o‘sib, shizontlar emas, endii gametotsitlar (gameta hosil qiluvchi hujayralar)ni hosil 
qiladi. Gametotsitlar ikki xil, ya‘ni birmuncha yirik - makrogametotsitlar va mayda 
mikrogametotsitlar bo‘ladi. Gametotsitlarning bundan keyingi rivojlanishi chivin (
Anopheles

tanasida davom etadi. Urg‘ochi chivin qon so‘rganida chivin tanasida makrogametotsitlar yirik 
makrogametalarga, 
mikrogametotsitlar 
esa 
bo‘linib, 
5-6 
ta 
harakatchan 
mayda 
mikrogametalarga aylanadi. Chivin ichagi bo‘shlig‘ida mikro- va makrogametalar qo‘shilishib, 
urug‘lanish sodir bo‘ladi. Hosil bo‘lgan juda harakatchan zigota 
ookineta 
deyiladi. Zigota chivin 
ichagi devorini teshib, ichakning tana bo‘shlig‘iga qaragan devoriga o‘tib oladi. Bu yerda zigota 
elastik po‘st bilan o‘ralib, ootsistaga aylanadi. Ootsista yadrosi ko‘p marta bo‘linib, 
sporozoitlarni hosil qiladi. Ootsista qobig‘i yorilgandan so‘ng sporozoitlar tana suyuqligi- 
gemolimfaga chiqadi. Gemolimfadan sporozoitlar chivin so‘lak bezlariga, so‘ngra so‘lak 
naylarga o‘tadi. Chivin chaqqanda parazitlar yana odam qoniga o‘tib, jinssiz ko‘paya boshlaydi. 
Bezgak plazmodiysi rivojlanishi davomida tashqi muhitga chiqmaydi. Shu sababdan hayot 
siklida spora hosil qilmaydi. 


Shuning uchun bu tur paydo qilgan kasallik ham 4 kunlik bezgak deyiladi. P.vivax juda 
keng tarqalgan. Uning hayot sikli 48 soat davom etadi. Bezgak ham har 3 kunda xuruj qilib 
turadi. P.falciparum parazitida shizogoniya 24 yoki 48 soat davom etadi, lekin bezgak xuruji 
uzoq davom etadi va eng xavfli hisoblanadi. P.falciparum paydo qilgan kasallik tropik bezgak 
deb ataladi. P.ovale faqat Afrikada uchraydi. 
Bezgak plazmodiysi odam qoniga o‘tgandan so‘ng dastlabki kasallik alomatlari paydo 
bo‘lguncha o‘tgan vaqt kasallikning yashirin, ya‘ni inkubatsiya davri deyiladi. Bezgak kasalligi 
inkubatsiya davri odatda 2 hafta, ba‘zan 6 oy va undan ko‘proq ham davom etishi mumkin. 
Kasallik haroratning juda tez va keskin (40° va undan yuqori) ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Bir 
ozdan so‘ng harorat yana meyorga keladi, lekin isitmalash har doim ma‘lum vaqt (24, 48 yoki 72 
soat) o‘tgandan so‘ng takrorlanib turadi. Bezgak xuruji shizogoniya natijasida hosil bo‘lgan 
merozoitlarning eritrotsitlardan qon zardobiga chiqish davriga to‘g‘ri keladi. Bezgakda kuchli 
anemiya (kam qonlilik) paydo bo‘ladi. 1mm
3
qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln dan bir 
mln gacha tushib qoladi. Kasal kishining qoni, jigari va talog‘ida melanin ko‘payib, jigari shishib 
ketadi. 
Bezgak XIX asrning oxiri va XX asrning 40-yillarigacha Kavkaz, O‘rta Osiyo, Volganing 
o‘rta va quyi qismi va Ukrainada keng tarqalgan edi. 1935 yilning o‘zida mazkur xududlarda 9 
mln. kishi bezgakka chalinganligi ma‘lum. O‘sha davrda bezgak Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo 
va Yevropa mamlakatlarida tarqalgan edi. 30-yillarda faqat Hindistonning o‘zida har yil 100 
mln.dan ortiq kishi bezgak bilan og‘rigan. Keyingi yillarda chivinlarga qarshi kurashning 
biologik usullari tobora ko‘proq yoyilmoqda. Xususan, iqlim birmuncha iliq bo‘lgan joylarda 
bezgak chivini lichinkasini yo‘qotish uchun hovuz va ko‘llarda gambuziya balig‘i 
ko‘paytirilmoqda. Shuning bilan birga bezgak chivinlariga qarshi genetik usullar ham ishlab 
chiqildi. Buning uchun erkak chivinlar yig‘ib, rentgen nuri ta‘sirida sterillangach, tabiatga qoyib 
yuboriladi. Chivinlar urg‘ochisini urug‘lantiradi, lekin urug‘langan tuxumlardan lichinkalar
chiqmaydi, yoki tuxumdan chiqqan lichinkalar normal rivojlana olmaydi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish