O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Mikrosporidiyalar – Microsporidia tipi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Mikrosporidiyalar – Microsporidia tipi 
Mikrosporidiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi, asosan har xil bo‘g‘imoyoqdilarni, 
ba‘zan umurtkali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ga yaqin tur kiradi. 
Sporasida otiluvchi ipi bo‘lishi bilan ular qisman miksosporalilarga o‘xshab ketadi. Lekin 
miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek ko‘p hujayrali, mikrosporidiyalarning 
sporasi bir hujayrali bo‘ladi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bo‘lib, qattiq 
pust bilan qoplangan. Spora ichida spiral o‘ralgan ipchasi va ikki yadroli mo‘rtak (
sporoplazma

bor (19-rasm). 
Mikrosporidiyalarning hayot sikli ham miksosporidiyalarnikiga o‘xshash bo‘ladi. 
Sporasi oziq bilan xo‘jayini ichiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ipchasi ichak 
epiteliysiga botib kiradi. Ip bilan birga sporadan chiqqan ikki yadroli sporaoplazma epiteliy 


hujayrasiga kirib oladi. Xo‘jayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko‘payib, ko‘p hujayrali 
zanjirni yoki ko‘p yadroli plazmodiyni xrsil qiladi. Shundan so‘ng plazmodiy tanasi va zanjir 
alohida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bo‘lingandan so‘ng har qaysi hujayra ikki 
yadroli bo‘ladi. Hujayra qattiq po‘st bilan o‘ralib, spora hosil qilish jarayonida plazmodiyning 
ikkala yadrosi bir-biri bilan qo‘shiladi. Shundan keyin keladigan sporogoniya jarayonida 
yuqorida ta‘riflangan bir hujayrali sporalar hosil bo‘ladi. Spora ichidagi yadrolarning qo‘shilishi 
jinsiy ko‘payish jarayonidagi jinsiy hujayralarning qo‘shilishiga o‘xshaydi
4

Asalarilarning o‘rta ichagi epiteliy hujayralari, ba‘zan malpigi naychalari, gemolimfasi, 
tuxumdonlari va so‘lak bezlarida 
Nosema apis
parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning 
uzunligi 5-6 mkm, ichak hujayralarining yemirilishiga sabab bo‘ladi. Kasal arilar yaxshi 
ucholmaydi, kuchsizlanib ko‘pincha halok bo‘ladi. 
Tut ipak qurti nozemasi (
Nosema bombyci
) ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga 
yuqadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o‘tgan parazit qurtning hamma organlarini zararlaydi. 
N.bombyci (19-rasm) qurtlarda "qora son" (
pebrina
) paydo qiladi. Kasal qurtlarning terisi 
qoramtir dog‘lar bilan qoplanadi. Bunday qurtlarning axlati orqali tashqi muhitga juda ko‘p 
sporalar chiqarib, boshqa qurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar ko‘pincha halok bo‘ladi. 
Kuchsiz zararlangan qurtlar halok bo‘lmasdan pilla ichida g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan 
nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi. Kapalak esa zararlangan tuxum qoyadi. Shunday 
qilib, kasallik nasldan- naslga o‘tadi.
Mikrosporidiyalarning ayrim turlari baliqlar muskuli va biriktiruvchi to‘qimalarida 
parazitlik qiladi. Asalari va tut ipak qurtida 
mikrosporidozga
qarshi kurashish asosan profilaktika 
tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfektsiya qilinadi. Kuchli zararlangan oilalar 
kuydiriladi. Tut ipak qurtida pebrinani oldini olish uchun kapalak tuxumlari tekshirishdan 
o‘tkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan to‘dalardagi tuxumlar kuydiriladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish